Umumiy doc


IJRO ETUVCHI MEXANIZMLARNING DASTUR BILAN


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

17.2.2. IJRO ETUVCHI MEXANIZMLARNING DASTUR BILAN 
BOSHQARILISHI 
Odatda bunga o‘xshash masalalarni hal qilish obe’ktni ishga tushirish, 
to‘xtatish, ish rejimini o‘zgartirish, texnologik jarayonning biror bosqichida
ob’ektning turli mexanizmlarining harakat yo‘nalishini o‘zgartirish bilan bog‘liq. 
Bu ishlar asosan mantiqiy xarakterga ega shart-sharoitlarni, xususan:
ob’ekt 
mexanizmlarining holati, u yoki bu parametrlarning ma’lum 
qiymatlari, o‘lchash natijalari va hokazolarni taqqoslash yoki ularning borligini 
tekshirish bilan bog‘liq.
Boshqarish masalalarini hal qilish uchun zarur tez harakatni (ta’sirni)
aniqlashda ijro etuvchi mexanizmlarning vaqt doimiylarini ishga tushirish, to‘xtatish 
va boshqalarning butun ish tartibi vaqini hisobga olish lozim. Bu turdagi boshqarish 
dasturini ishga tushirish BHMdan operator tomonidan yoki yuqori darajadagi
buyruqlarga ko‘ra amalga oshiriladi. 
17.2.3. BERILGAN MEZON BO‘YICHA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI 
OPTIMALLASHTIRISH 
Optimallashtirish masalasining xarakteri texnologik jarayon (TJ) ning o‘ziga 
xos xususiyati bilan belgilanadi. Hamma TJ lar uchun umumiy narsa faqat boshqarish 
mezoni bo‘lishi mumkin. 
Agar texnologik jarayon avval tanlangan biror mezonga muvofiq bajarilsa, u 
optimal hisoblanadi. Bunda turli xil cheklanishlarni hisobga olgan holda, texnologik 
qurilmaning eng foydali ish rejimi topiladi. Optimal boshqarsh mezoni qiymatiy 
baholashga ega bo‘lishi kerak. Eng universal mezon - eng katta iqtisodiy samara 
(foyda) mezoni hisoblanadi. Amalda, jarayon sur’ati bilan birga bunday mezonni 
baholashning 
har 
doim 
ham 
imkoni 
bo‘lavermaydi. 
SHuning 
uchun, 
optimallashtirishning ko‘pincha yirik emas, balki boshqaruvchi ob’ektning 
xususiyatini 
hisobga 
olgan 
holdagi 
xususiy 
mezonidan 
foydalaniladi. 
Optimallashtirishning xususiy mezonlariga misol tariqasida qurilmaning minimal 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


494 
bekor turib qolishini, ishlab chiqarish chiqindilarini minimallashtirish, xomashyoni 
minimal sarflash (berilgan ish unumida), sifat ko‘rsatkichlarining minimal 
dispersiyasi va hokazolarni keltirish mumkin. 
Optimallashtirish masalarini hal qilish dasturi, odatda, murakkab bo‘lib, katta 
hajmdagi hisoblashlar va mantiqiy amallar bajarishni, ya’ni ko‘p qiymatdagi 
mashina vaqtini talab qiladi. SHuning uchun, bu dasturlar ishga onda-sonda, tashqi 
sharoitlarga mos bo‘lgan tegishli tuzatishlargina texnologik jarayonni optimal 
rejalashtirish sifatida amalga oshiriladi, jarayon bilan bir xil sur’atda esa faqat joriy 
amalga oshiriladi.
Optimallashtirish masalasi uchun dastlabki ma’lumotlarni tizim xotirasiga 
oldindan kiritiladi, operativ ma’lumotlar esa ob’ekt datchiklari va xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlardan keladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling