Umumiy doc


XVIII-bob. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

XVIII-bob. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING 
AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMLARIDA AXBOROTGA 
ISHLOV BERISH 
 
18.1-§. O‘LCHANAYOTGAN KATTALIKLARNING DASTLABKI 
O‘ZGARITKICHLARI (DATCHIKLARI)NI SO‘RASH CHASTOTASINI 
ANIQLASH 
Hisoblash mashinasiga axborot faqat diskret shaklida kiritilishi mumkin bo‘lib, 
bunda, har bir onda mashinaga o‘lchanayotgan har bitta parametr bo‘yicha faqat bitta 
qiymatni kiritish mumkin. Mashina o‘nlab va hatto yuzlab datchiklar bilan 
bog‘langani uchun aniq bir ikki qo‘shni datchikni ulash orasida pastdan mashinaning 
ishlab ketish tezligi bilan chegaralangan ma’lum vaqt o‘tadi. Biroq ko‘pincha bunday 
ulanish takroriyligi juda ko‘plik qiladi. Jarayonning inersionligi o‘lchamlarni ancha 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


501 
kichikroq takroriylik bilan uni topish aniqligini yo‘qotmagan holda amalga oshirishga 
imkon beradi. SHunday qilib, datchiklarni so‘rash takroriyligi, bir tomondan, 
hisoblash texnikasining texnik imkoniyatlari bilan cheklangan bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan, har bir texnologik o‘zgaruvchi o‘lchanadigan aniqlik bilan cheklanadi.
Nazorat tizimi o‘nlab va yuzlab datchiklardan o‘lchov axborotini to‘playdi va 
ishlov beradi. O‘lchanayotgan har bir o‘zgaruvchiga umumiy holda istagan paytda 
uni aniqlash aniqligiga, binobarin, uni so‘rash davriga ham turli talablar qo‘yiladi. 
SHu sababli datchiklarni prosessorga navbati bilan o‘lchovchi kommutatorlarning 
ishlash davrini baholashda o‘lchanayotgan kattaliklarning butun majmuasi 
xarakteristikalari hisobga olinishi kerak. Davriy ravishda so‘rab turiladigan 
datchiklarni bir nechta guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lib, ularning har biriga 
mumkin bo‘ladigan so‘rash davrlari diapazonlari bir-biriga yaqin bo‘lganlari kiradi. 
Bundan datchiklarning bir guruhi uchun so‘rash davrining bitta qiymatini tanlash 
mumkin bo‘lib, bu datchiklardan axborot to‘plashni tashkil etishni ancha 
soddalashtiradi. 
Kommutatorlarning izlanayotgan ish davrini baholash har bir muhim 
o‘lchanuvchi kattalik uchun bosqichli ekstrapolyasiyada hisob-kitob qilishni talab 
qiladi. Diskretlashning optimal qadamini yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan ma’lum 
o‘rtacha kvadratik xato bo‘yicha aniqlashga imkon beruvchi bir qator usullar
mavjud. Ulardan ba’zilarini qarab chiqamiz. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling