Umumiy doc


Z-§. KOMBINASION BOSHQARUVCHI QURILMA


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
19.Z-§. KOMBINASION BOSHQARUVCHI QURILMA 
 SXEMASINI YASASH 
Agar boshqarish sxemasi diskret elementining mumkin bo‘lgan ikki holatidan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


529 
biriga mos holda bul algebrasining 0 belgisini qo‘ysak, 1 belgisini esa boshqa holatga 
mos qilib qo‘ysak, u holda bul funksiyalari nazariyasi va unga asoslangan usullar 
boshqarishning mantiqiy kombinasion sxemalarini tahlil va sintez qilish uchun 
qo‘llanilishi mumkin. Mantiqiy boshqarish qurilmasining formallashtirilgan 
tavsifidan prinsipial sxemaga o‘tish bosqichini texnik amalga oshirish deb aytamiz. 
Mantiqiy boshqarish qurilmalari amalga oshiriladigan diskret elementlarning 
ikkita asosiy – kontaktli va kontaktsiz turi mavjud. 
Kontaktli elementlar uchun bul algebrasi elementlari va qurilma holatlari 
o‘rtasida quyidagicha moslik o‘rnatiladi. Elektromagnit rele va uning kontaktlari 
asosiy kontakt elementi hisoblanadi. O belgisiga kontaktlarning ochiq (uzilgan) 
holati, 1 belgiga berk holati mos qo‘yiladi. 
So‘ng VA—YOKI—YO‘Q bazisida sxema va bul funksiyalari orasidagi 
moslikni aniqlaymiz (20.2-jadval). Sxema ishini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, normal 
ochiq kontaktlarni parallel ulash argumentlarning diz’yunksiyasini amalga oshiradi
ketma-ket ulash esa kon’yunksiyani normal berk kontakt esa inkor qilishni amalga 
oshiradi. Bu uchta sxema bazasini tashkil etuvchi bul funksiyalarini amalga oshirgani 
uchun bu sxemalarning kombinasiyasi ixtiyoriy, lekin chekli sondagi argumentli 
ixtiyoriy bul funksiyasini amalga oshirishga imkon beradi. 
CHiqishdagi birga – berk zanjir, nolga – ochiq zanjir mos kelib, bunda 
zanjirning yo‘nalishi ko‘rsatilmaydi, ya’ni biz ikki tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega 
bo‘lgan sxema bilan ish ko‘ramiz. Kontaktli elementlarga asoslangan sxemalarni 
sintez qilish faqat mazkur turdagi sxemalarga xos bo‘lgan va ba’zi hollarda tejamli va 
ishonchli sxemalarni yasashning samarali usullarini olishga imkon beruvchi bir qator 
xusuyatlar bilan ifodalanadi. 
20.2-jadval.

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling