Umumiy doc


Tarmoq yordamining mavjud vositalari


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Tarmoq yordamining mavjud vositalari 
Hozirgi zamon avtomatlashtirish tizimlarining asosiy xususiyatlaridan biri 
ularning yuqori darajadagi integrasiyasidir. Ularning istaganida boshqarish ob’ektlari, 
ijrochi mexanizmlar, axborotni qayd etuvchi va ishlov beruvchi apparatura, 
operatorlarining ish o‘rni, ma’lumotlar bazasi serverlar va hokazo ishlatilishi 
mumkin. Ravshanki, bu turli jinsli muhitda samarali faoliyat ko‘rsatish uchun 
SCADA tizim yuqori darajadagi tarmoq servisini ta’minlashi kerak. U standart 
protokollar (NETBIOS, TCP/IP va boshqalar) dan foydalangan holda standart tarmoq 
muhitlari (ARCNET, ETHERNET va hokazo) da ishlashni ta’minlashi, shuningdek 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


600 
sanoat interfeyslari sinfidagi eng mashxur tarmoq standartlarini (PROFIBUS, 
CANBUS, LON, MODBUS va hokazo) qullab quvvatlashni ta’minlashi maqsadga 
muvofiqdir. Amalga qarab chiqilayotgan barcha SCADA tizimlari bu talablarni u 
yoki bu darajada qanoatlantiradi, faqat farqi shundaki, qo‘llab quvvatlayotgan tarmoq 
interfeyslarining to‘plami esa, albbata, har xil. 
Uchiga o‘rnatilgan buyruq berish tillari ko‘pchilik SCADA tizimlari 
o‘zgaruvchining qiymati o‘zgarishi bilan ma’lum bir mantiqiy shartning bajarilishi 
bilan klavishlar kombinasiyasini bosish bilan, shuningdek, chastotatasi berilgan 
ma’lum bir fragmentni (qismni) butun ilova yoki ayrim darchaga nisbatan bajarilishi 
bilan bog‘liq hodisalarga o‘xshash reaksiyani generasiyalashga imkon beruvchi sathli 
(darajali) ichiga o‘rnatilgan tillarga yuqori Visual Basic o‘xshash tillarga ega. 
Qo‘llab quvvatlanadigan ma’lumotlar ba’zasi 
Dispetcherlik nazorati va boshqaruvi tizimining asosiy vazifalaridan biri 
axborotga ishlov berish hisoblanadi: axborotni to‘plash, operativ tahlil qilish, saqlash, 
siqish, jo‘natish va h.k. SHunday qilib, yaratilayotgan tizim doirasida ma’lumotlar 
bazasi ishlab turish kerak.
Amalda hamma SCADA tizimlar, xususan, Genisis, InTouch, Citect ANSI 
SQL sintaksisdan foydalanadi, u ma’lumotlar bazasining turiga bog‘liq emas. 
SHunday qilib, ilovalar virtual izolyasiyalangan bo‘lib, bu ma’lumotlar bazasini 
amaliy masalaning o‘zini jiddiy o‘zgartirmasdan turib o‘zgartirishga, axborotni tahlil 
qilish uchun mustaqil dasturlar yaratishga, ma’lumotlarga ishlov berishga 
yo‘naltirilgan, ancha ishlangan dasturiy ta’minotdan foydalanishga imkon beradi.

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling