Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Grafik imkoniyatlar 
Avtomatlashtirish tizimini ishlab chiquvchi mutaxassis uchun, xuddi ishchi 
o‘rni yaratilayotgan “texnolog” mutaxassis uchun kabi grafik foydalanuvchi interfeys 
juda muhimdir. SCADA tizimlarining grafik interfeyslari funksional jihatdan juda 
o‘xshashdir. Ularning har birida animasion funksiyalarning ma’lum to‘plami bo‘lgan 
grafik ob’ektga mo‘ljallangan tahrirlagich mavjud. Foydalanayotgan vektorli grafika 
tanlangan ob’ekt ustida keng operasiyalar to‘plamini amalga oshirishga, shuningdek 
animasiya vositalaridan foydalanib, ekrandagi tasvirni tez anglab turish
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


601 
ga imkon beradi. 
SHuningdek, ko‘rib chiqilayotgan tizimlarda GUI (Graphic Users Interface) 
standart funksiyalarni ko‘llab- kuvvatlash to‘g‘risidagi masala juda muhimdir. Ko‘rib 
chiqilayotgan SCADA- tizimlarning ko‘pchiligi Windows boshqaruvida ishlayotgani 
uchun bu foydalanilayotgan GUI ning turini belgilaydi. 
Agar tizim uchun ma’lumotlarning foydalanilayotgan formatlari va prosedura 
(tadbir) interfeysi belgilangan va tavsiflangan bo‘lsa, u holda bu tizim ochiq 
hisoblanadi, bu esa unga «tashqi», alohida (mustaqil) ishlab chiqilgan kompyuterlarni 
ulash imkonini beradi. 
SHaxsiy dasturiy modullarni ishlab chiqish 
Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chikaruvchi- firmalar oldida shaxsiy 
(SCADA tizimlari doirasida ko‘zda tutilmagan) dasturiy modullarni yaratish va ularni 
yaratilayotgan avtomatlashtirish tizimiga kiritish to‘g‘risidagi masala turadi. SHuning 
uchun tizimning ochiqligi to‘g‘risidagi masala SCADA- tizimlarning muhim 
xarakteristikasi hisoblanadi. Aslida tizimning ochiqligi u yoki bu tizimli servisni 
amalga oshiruvchi tizimli (SCADA ma’nosida) chakiruvlar spesifikasiyalarining 
ochiqligini anglatadi. Bu grafik funksiyalarga, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash 
funksiyalarga va h.o.larga kirish mumkinligidir. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling