Umumiy doc
Kiritish- chikarish drayverlari
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Kiritish- chikarish drayverlari
Zamonaviy SCADA- tizimlar quyi sathdagi apparaturani tanlashni cheklamaydi, chunki kiritish- chiqarish drayverlari yoki serverlarning katta to‘plamini takdim etadi va quyi sathdagi yangi qurilmalarning shaxsiy dasturiy modullari yoki drayverlarini yaratishning yaxshi rivojlangan vositalariga ega. Drayverlarning o‘zi esa dasturlashtirishning standart tillaridan foydalanib ishlab tayyorlanadi. Birok masala shundaki, shtatli komplektda (Trace Mode tizimi) ishlab chikaruvchi- firma etkazib beradigan tizimning adresiga faqat kira olish spesifikasiyalarining o‘zi etarlimi yoki drayverlarni yaratish uchun maxsus paketlar (FactoryLink, In Touch tizimlari) zarurmi, yoki umuman, drayverni ishlab tayyorlashni ishlab chikaruvchi- firmaga buyurtma berish kerak. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 602 Uchinchi firmalarning ishlab chiqishlari Ko‘pgina kompaniyalar SCADA- tizimlar uchun drayverlar, Active X- ob’ektlar va boshqa dasturiy ta’minotni ishlab tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Bu faktni SCADA paketi tanlashda baholash juda muhimdir, chunki bu tizimning mutaxassis bo‘lmagan dasturchilar (programmistlar) tomonidan qo‘llanish sohasini kengaytradi (S yoki Basic tillaridan foydalanib dasturlar ishlab chiqishning zarurati yo‘q). SCADA- tizimning qiymatini baholashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: • dasturiy- apparat platformasi qiymatini; • tizimning qiymatini; • tizimni o‘zlashtirish qiymatini; • kuzatib borish qiymatini. Mezonlarning bu guruhi ko‘rsatkichlari juda ham sub’ektivdir. Bu etti marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshi, degan holatning o‘zidir. Bu guruhga quyidagilarni kiritish mumkin: • «Windows- o‘xshash interfeys» ishlanmasi muhiti interfeysining qulayligi, instrumentariy va tizim vazifalarining to‘laligi; • xujjatlashtirishning sifati- uning to‘liqligi, ruslashtirish darajasi; • yaratuvchilar tomonidan ko‘llab-quvvatlanishi- installyasiya mikdori, dilermen tarmog‘i, ta’lim, versiyalarni yangilash shartlari va h.k. Agar foydalanuvchi bu vazifani ham uddaladi, deb faraz qilinsa, ya’ni u aniq bir SCADA- tizimni tanlagan bo‘lsa, u holda keyin nazorat qilish va boshqarish tizimini ishlab tayyorlash boshlanadi, unga quyidagi bosqichlar qiradi: • Umuman avtomatlashtirish tizimining arxitekturasini ishlab tayyorlash. Bu bosqichda avtomatlashtirish sitemasining har bir uzelining funksional vazifasi aniqlanadi. • Taqsimlangan arxitekturani qo‘llab-quvvatlash mumkinligi bilan bog‘liq, «kaynoq zaxiralash» bilan uzellarni kiritish bilan va h.k. lar bilan bog‘liq masalalarni hal qilish. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 603 • Har bir uzel uchun boshqarishning amaliy (tatbiqiy) tizimini yaratish. Bu bosqichda avtomatlashtiruvchi jarayonlar sohasidagi mutaxassis arxitektura uzellarini algoritmlar bilan to‘ldiradi, ularning yig‘indisi avtomatlashtirish masalalarini hal qilishga imkon beradi. • Tatbiqiy (amaliy) tizim parametrlarining quyi sath qurilmalari (masalan, dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar- DMK) tashqi dunyo bilan (texnologik parametrlar datchiklari, ijrochi qurilmalar va b.) almashinadigan axborotga muvofiq keltirish. • Emulyasiya rejimida yaratilgan amaliy dasturni sozlash. 20- BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 1. Membrana 2. Krivoship 3. SHatun 4. Futer 5. Gietilen 6. Ftoroplast 7. Flones 8. Proosedura 9. Kontroller 10. Interfeys 11. Vizual NAZORAT SAVOLLARI 1. Ijro qurilmalarni tasnifini keltiring. 2. To‘g‘ri harakatdagi porshenli ijro qurilmasining harakat prinsipi (tamoyili). 3. Bir va ikki tomonlama harakatlanuvchi ijro qurilmalarideganda nimani tushunasiz? 4. Membranali ijro qurilmasini harakati tamoyilini gapiring. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 604 5. Membranali yuritmani statik tavsifi. 6. Aylanma harakat ijro qurilmasi . 7. Laplast ijro qurilmasining harakat tamoyili. 8. Pozisioner tarkibi va ishlashi. 9. Ikki o‘zakli rostlanuvchi klapan va uninig ish tavsifi. 10. Buriluvchi zaslonka va uning kanstruktiv tavsifi. 11. Dasturlanadigan kontroller o‘zida nimani aks ettiradi? Uning asosiy vazifasi va funksiyalari. 12. Dasturlanadigan kontrollerlar qanday begilari bo‘yicha sinflanadi? 13. Dasturlanadigan ko‘pfunksiyali kontrollerlar asosga qanday tamoyillar joylangan? 14. SHaxsiy kompyuter bazasidgi kontrollerlar o‘zida nimani aks ettiradi? 15. Lokal dasturlanadigan kontrollerlarning qanday asosiy tavsiflari bor? 16. Kontrollerlarning tarmoq komplesi qanday asosiy uzellardan tashkil topgan. 17. Taqsimlangan to‘liqmas shtabli boshqarish tizimi nima? 18. Dasturiy- texnik kompleks qanday funksional elementlardan tashkil topgan. 19. Dasturiy- texnik kompleks arxitekturasi. 20. Injenerlik stansiyasi o‘zida nimani aks ettiradi? 21. Kommunikasion server nima va uning funksiyalari? 22. Sanoat tarmog‘ining asosiy funsiyalari va vazifalari? 23. O‘zaro bog‘lanishli ochiq tizimlar modeli (OSI modeli) haqida tushuncha 24. Ijro qurimalar va datchiklar (AS interfeys) interfeysining asosiy funksiyalari. 25. HART protokolning asosiy texnik parametrlarini sanab o‘ting. 26. HART qurimalarini ulashning tuzilish sxemasining standart varianti. 27. PROFIBUS sanoat tarmog‘i tarkibiy vazifasi. 28. EtherNet sanoat tarmog‘i asosiy vasifasi va funksiyasining bajarilishi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 605 29. TJABT ning rivojlanishining asosiy bosqichlari? 30. SCADA- tizimi o‘zida nimani aks ettiradi 31. SCADA- tizimi sinflanishi 32. SCADA- tizimi umumiy sxemasi 33. SCADA- tizimni baholash mezoni. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling