Umumiy doc


 - §. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINI LOYIHALASH


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

21.2 - §. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINI LOYIHALASH 
BOSQICHLARI 
YAngi sanoat ob’ektlarini qurish va mavjud korxonalarni qayta qurish loyiha 
asosida amalga oshiriladi. Loyiha texnikaviy hujjatlarning kompleksidan iborat 
bo‘lib, bularga ob’ektni qurish yoki qayta qurish zaruriyatini prinsipial tarzda 
asoslovchi yozuvlar, nostandart uskunalarni tayyorlash uchun lozim bo‘lgan, 
shuningdek, hamma turdagi qurilish – montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish 
uchun kerak bo‘lgan hisoblashlar va chizmalar kiradi. 
Qurilayotgan ob’ektning murakkabligiga qarab loyiha ma’lum qismlardan 
iborat bo‘ladi. Loyihada texnika – iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnika, 
elektr, avtomatika kabi qismlar bo‘lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihasining 
bir bo‘limi bo‘lgan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik rostlash 
hamda boshqarish qismini shu sohaga ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki texnologik 
loyihalash institutining avtomatlashtirish bo‘limi (guruhi) amalga oshiradi. Bu 
loyiha texnologik jarayonlarning rasional ishlashini va uskunalar ishidagi 
xavfsizlikni ta’minlovchi nazorat o‘lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va 
signalizasiya 
qurilmalarini, 
loyihalashtirilayotgan 
ob’ektda 
ishlatiladigan 
texnikaviy hujjatlarni o‘z ichiga oladi. 
Loyihalashni bajarishda loyihaning texnologik qismini tuzuvchi tashkilot va 
yoki buyurtmachi bergan topshiriq asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim vaqtlarda 
topshiriqni tuzishda avtomatlashtirish loyihasini bajaruvchi tashkilot ham jalb 
etiladi. Loyihalash topshiriqlariga quyidagilar kiradi: a) loyihalashtirilayotgan 
ob’ektning tarkibi, texnologik jarayonning qisqacha bayoni, qurilma va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


608 
uskunalarning harakteristikasi; b) atrof – muhitning xarakteristikasi ko‘rsatilgan 
holda nazorat qilinadigan va rostlanadigan kattaliklarning natijasi; v) nazorat qilish 
va rostlashda ruxsat etilgan xatolar va asboblarning funksional belgilari (ko‘rsatish,
yozish, integrallash, signalizasiya va boshqalar). 
Nazorat, avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarini loyihalash maxsus 
ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash 
bosqichida boshqarishning texnologik ob’ektlari (BTO) mufassal tahlil qilinishi 
kerak. Bunda tahlil tizimi bo‘lishi, ishlab chiqarish jarayonini texnik jihozlash va 
texnologiya, xomashyo va tayyor maxsulot sifati, jarayonni boshqarishni tashkil 
etish nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko‘zda tutish lozim. Tahlil jarayonida aniq 
ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari o‘rganiladi, jarayonni ifodalovchi 
kattaliklar aniqlanadi, ular orasidagi o‘zaro bog‘lanish topiladi. 
BTOning joriy holatini (21.1-rasm) quyidagi kattaliklar belgilaydi: 
dastlabki mahsulotlar (xomashyo yoki oldingi texnologik jarayon maxsuloti) va 
energetik oqimlarning sifati hamda miqdorini ifodalovchi kirish X
1
, X
2
, ..., X
p
kattaliklar; 
qaralayotgan jarayonning holatini (temperatura, sarf, bosim) va xossalarini 
(zichlik, qovushqoqlik, rN) ifodalovchi chiqish u
1
, u
2
, . . . u
p
kattaliklar; 
U
1
, U
2
,…. U
p
rostlovchi ta’sirlar, ular yordamida texnologik rejim tutib 
turiladi. 
Х
1
У

Х
2
У

Х
3
У

U
1
U
2
U

21.1–расм. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling