Umumiy doc


ALT ni ta’minlash vositalari


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

ALT ni ta’minlash vositalari 
ALT ta’minot vositalari yig‘indisi asosida amalga oshiriladi. Bunday 
vositalarga tashkiliy, metodik (uslubiy), matematik, lingvistik, programmaviy, 
informasion va texnik tam’inot kiradi. 
Tashkiliy ta’minot – loyiha tashkiloti va uning bo‘linmalari tarkibini, ular 
orasidagi bog‘lanishni, ularning vazifalarini, shuningdek loyihalash natijalarini 
ko‘rsatish shaklini belgilovchi hujjatlar to‘plamidir. 
Metodik (uslubiy) ta’minot – ALT ta’minot vositalarini tanlab olish va ishlatish 
qoidalarini, tarkibini belgilovchi hujjatlar to‘plami. Metodik ta’minot loyihalashni 
avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni belgilaydi. 
Matematik ta’minot – matematik usullar, matematik modellar va loyihalash 
algoritmlari to‘plami. 
Lingvistik ta’minot – loyihalash tillari to‘plami bo‘lib, unga atamalar va 
ta’riflar, tabiiy tilni farmallashtirish qoidalari, ALTda matnlarni qisqartirish va 
kengaytirish uslublari kiradi. 
Programmaviy ta’minot – amaliy dasturlar paketi (ADP) ko‘rinishida 
rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mashina programmalari to‘plami. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


673 
Informasion ta’minot – LAS uchun talab qilinayotgan ma’lumotlar to‘plami. 
Texnik ta’minot – o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirlanuvchi texnik vositalar 
to‘plami. ALT texnik ta’minoti dastavval EHMni o‘z ichiga oladi. ALTda EHM 
sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi mumkin. EHMning aniq 
turi ALT ierarxiyasidagi tegishli bo‘linmaning darajasi bilan, shuningdek, hal 
qilinayotgan masalalar sinfi bilan belgilanadi. 
EHM dan ALT da foydalanishning samaradorligi atrofdagi qurilmalarning 
tarkibi bilan belgilanadi. CHetdagi (atrofdagi) qurilmalarni minimal EHM 
kompleksi qurilmalariga va maxsus qurilmalarga ajratish mumkin. Qurilmalarning 
birinchi guruhiga an’anaviy chetdagi qurilmalar kiradi: magnit lentalaridagi
magnit disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari); perfolenta va 
perfokartalardan kiritish – chiqarish qurilmalari; alfavit – raqamli bosish qurilmasi; 
perfolenta va perfokartalarda ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari. 
Maxsus qurilmalarga ekranda tekstli (matnli), raqamli va grafik axborotni aks 
etish uchun alfavit – raqamli va grafik displeylar, chizmachilik avtomatlari, 
dastlabki grafik materiallarni EHMga kiritish uchun grafik axborotni kodlash 
qurilmalari kiradi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling