662
bo‘lmagan tizimni yaratishda TJABTni loyihalash bir bosqichda amalga oshirilishi
mumkin.
Avtomatlashtirish vositalari majmuasining noseriyali komponentlarini
tayyorlash. Ishlardan maqsad «xususiy ishlab chiqilgan» texnik programmaviy va
informasion ta’minot komponentlarini tayyorlash.
Ish jarayonida
nostandart texnik vositalar, shu jumladan operativ –
dispetcherlik qurilmasi, maxsus
programmalar shu jumladan, komplektlab
olinadigan tayyor programmalarni bog‘lash
uchun programma vositalari;
informasion buyumlar ko‘rinishidagi informasion ta’minot qismlari ishlab
chiqiladi, tayyorlanadi va sinovdan o‘tkaziladi.
Ishga tushirish. Ishlardan maqsad amaldagi tizimni sanoatda qo‘llashga
kiritish.
Tashkiliy jihatdan tizimni joriy qilish ishlari tasdiqlangan reja – grafik bo‘yicha
bajariladi. Dastlab tizimining zarur xodimlar shtati ajratib olinishi va o‘qitilishi,
TJABTni komplektlash o‘tkazilishi va BTO qurilish
va montaj qilish ishlarini
o‘tkazishga tayyorlanishi kerak. Keyin montaj – qurilish va ishga tushirish –
sozlash ishlari, sinov ishga tushirish, qabul qilish sinovlari, kamchiliklarni bartaraf
qilish va, nihoyat, sanoatda ishlatish uchun qabul qilish ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: