Umumiy doc


 – §. MOSLASHUVCHI AVTOMATLASHTIRILGAN


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
21.8 – §. MOSLASHUVCHI AVTOMATLASHTIRILGAN
ISHLAB CHIQARISH
Kimyo va oziq – ovqat sanoati texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimlariniva an’anaviy avtomatlashtirish tizimlariniishlab chiqish va 
joriy qilish ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal qilishga imkon berdi. Biroq bunday tizimlarning imkoniyatlari 
cheklangan. Ularni qo‘llashda ishlab chiqarish xarakteri davriy diskret va uzluksiz 
– diskret korxonalardir. Avtomatlashtirishning a’anaviy tizimlariniqo‘llash mayda 
seriyali ishlab chiqarishda, chiqarilayotgan buyumlarning nomenklaturasi ko‘p 
bo‘lganda ayniqsa murakkablashadi. Ko‘pchilik jismonan og‘ir ortish – tushirish 
ishlari, transport va shu kabi kimyo va oziq – ovqat sanoatlarida salmog‘i juda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


663 
katta bo‘lgan boshqa operasiyalar amalda avtomatlashtirilmagan. SHu bilan birga 
sexlar va korxonalarning yangi yoki sezilarli darajada yangilangan mahsulotni 
ishlab chiqarishga o‘tkazish masalasini hal qilish – borgan sari dolzarb bo‘lib 
bormoqda. Sanoat korxonalarini avtomatlashtirishdagi bu «tor joylar» sohaga ilmiy 
– texnik yangiliklarni joriy etish sur’atlarini keskin pasaytiradi. 
Bunday holatdan qutulish hisoblash texnikasini va ayniqsa mikro – va mini 
EHMlarni, atrof – muhitga va ishlab chiqarish ob’ektlariga moslanish elementlari 
bo‘lgan avtomatik manipulyatorlar va sanoat robotlarining keng joriy etilishini, 
ko‘p seriyali, ko‘p nomenklaturali, tez – tez qayta tuziladigan ishlab chiqarish 
uchun mo‘ljallangan programma bilan boshqariluvchi avtomatik ishlab chiqarish 
tizimlariniva moslashuvchi (tez – tez o‘zgartiriladigan) ishlab chiqarish tizimlari 
yoki moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlar (MAICH) ni yaratishni 
muvaffaqiyatli 
rivojlantirishga 
imkon 
beradi. 
MAICHda 
kompleks 
avtomatlashtirish va ishlab chiqarishning uzluksizligi va uyg‘unligi, mahsulotni 
ishlab chiqarishning yuqori sur’atlari bilan qo‘shib olib boriladi. 
MAICHning asosini sonli programma bilan boshqariluvchi mashinalar va 
apparatlar, sanoat robotlari va manipulyatorlar, mikro va mini EHM asosidagi 
boshqaruvchi qurilmalar tashkil etadi. 
MAICH boshqarishning yuqori darajada moslashuvida qayta sozlanishi bilan 
xarakterlanadi. Bu optimal rejalashtirishni ishlab chiqarishni texnologik 
tayyorgarlik ko‘rishni, aniq vaziyatni hisobga olib dispetcherlashni qurilmalarni 
kompleks boshqarishni kiritishga imkon beradi. 
MAICH tarkibiga (21.15-rasm) lokal avtomatlashtirish tizimlari (LAS), 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (TJABT), 
robotlashtirilgan komplekslar (RK), avtomatlashtirilgan ortish – tushirish va 
transport tizimlari (AOT va TS), xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarning 
avtomatlashtirilgan ombori (TMAO), avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi(ALT), 
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan kompleksi 
(ICHTTAK), 
xom 
ashyo 
va 
chala 
mahsulotlar 
bilan 
ta’minlashning 
avtomatlashtirilgan kompleksi (X va CHMTAK), asbob bilan ta’minlashning 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


664 
avtomatlashtirilgai kompleksi (AT AK), tashkiliy – iqtisodiy, rejalash va 
dispetcherlik boshqaruvi markazi (TIR va DBM) kiritilishi mumkin. 
21.15-rasm. MAICH ning umumlashgan blok – sxemasi. 
 
MAICHdan 
foydalanish 
qurilmaning 
ishlashi 
texnik 
– 
iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni ancha yaxshilashga, samaradorlikni keskin oshirishga imkon 
beradi. 
Samaradorlik 
manbai 
dastavval 
MAICHning 
o‘zgaruvchanligidadir. 
MAICHning texnik imkoniyatlariga mos yangi detalni tayyorlashga o‘tish uchun 
EHMga uni ishlashning tegishli yangi programmasini kiritish etarli. Bunday 
programma EHMning xotirasida bor bo‘lsa, operator uning shifrini ko‘rsatsa etarli 
bo‘ladi. SHundan so‘ng EHM MAICH ning qurilmasi orasidagi ishni eng yaxshi 
tarzda taqsimlab beradi, detallarni etkazib berish uchun MAICH qurilmasi 
elementlari orasidagi transport aloqalarini eng yaxshi tarzda belgilab beradi, barcha 
operasiyalarning sinxron bajarilishini ta’minlaydi. Buning natijasida qurilmaning 
yuklanish koeffisienti 0,85 – 0,9 gacha etkazilishi mumkin, buyumlarga ishlov 
berish davri esa an’anaviy, texnologiyaga nisbatan 2 – 3 marta qisqartirilishi, 
mahsulot tannarxi 3 – 5 marta pasayishi mumkin. 
MAICHni boshqaruvchi EHM qurilmaning yuklanishini va mahsulot ishlab 
chiqarilishini uzluksiz hisobga olib borishi mumkin. Ish natijalarini bir necha kun 
Ишлаб чиқариш жараёни 
ЛАС 
ТЖАБС 
РК 
АОС ва ТС 
Х ва ЯТМАО 
ТМАО 
АЛС 
ИЧТТАК 
Х ва ЧМТАК 
АТАК 
ТИР ва ДБМ 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


665 
mobaynida taqqoslab, o‘z – o‘zini o‘qitish prinsiplari asosida EHM yanada yuqori 
mehnat unumdorligiga erishish maqsadida qurilmani yana ham bir tekis 
yuklantirishni ta’minlab, o‘z programmasini takomillashtirib borishi mumkin. 
Qurilmada joylashtirilgan datchiklardan olinayotgan axborot asosida EHM ishdan 
voz kechishi va nosozliklarni operativ ravishda aniqlashi, operatorga qurilmaning 
ishonchliligini oshirish yo‘llarini aytib berishi, shuningdek nosoz mashinani 
o‘chirib qo‘yib, uning vazifalarini boshqa mashinalarga taqsimlab berishi mumkin. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning umumiy rivojida MAICH 
qanday o‘rin egallaydi? Buni baholash uchun bir necha asosiy bosqichlarni ajratib 
ko‘rsatish kerak. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning birinchi bosqichida lokal 
avtomatlashtirish tizimlari katta hissa qo‘shdi. Bu ishlab chiqarish jarayonida 
bevosita band bo‘lgan xodimlar sonini qisqartirishga (o‘rtacha 2 marta), ishlab 
chiqarishning sifatiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon berdi. 
Ikkinchi bosqichga ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga hisoblash 
texnikasini joriy qilishni, TJABT yaratishni. kiritish mumkin. Hozirgi paytda bu 
yo‘nalish yana ham keng tarqalmoqda. Kimyo va oziq – ovqat sanoatida TJABT 
boshqarishi uchun joriy etish maqsadida texnologik jarayonlar ilmiy asosda 
o‘rganilmoqda yoki takomillashtirilmoqda. TJABT texnologik jarayonlarning 
ishlashini optimallashtirishni va insonning ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok 
etishi ulushini bundan buyon taxminan 3 marta kamaytirishni ta’minlaydi. 
Hozir ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning uchinchi bosqichiga 
asos solinmoqda – MAICH ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda. Bu 
avtomatlashtirilgan komplekslarning qo‘llanilishi butun texnologik jarayonni to‘la 
avtomatlashtirish uchun sharoit yaratadi, bunga jarayonlarni xom ashyo bilan 
ta’minlash, tayyor mahsulotni joylash bo‘yicha yordamchi operasiyalar ham kiradi. 
Bundan tashqari, bir mahsulotni ishlab chiqarishdan ikkinchisiga o‘tishda ishlab 
chiqarishni qayta qurish avtomatlashtiriladi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra 
insonning ishlab chiqarish jarayonlaridagi ulushi (ishtiroki) taxminan 6 marta 
qisqaradi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


666 
Avtomatlashtirishning kelajagi to‘rtinchi bosqich bo‘lib, unda MAICH 
yig‘indilari asosida odamsiz texnologiya bo‘yicha ishlovchi zavod – avtomatlar 
yaratiladi. Bunda insonning bevosita ishlab chiqarishdagi ishtiroki 5% gacha, ya’ni 
20 marta kamayadi. 
MAICHni ishlab chiqishda va joriy qilishda qanday vazifalar hal qilinishi 
kerak? Ular juda kam emas ekan. SHu bilan birga MAICHni amalga oshirishda bir 
qator o‘ziga xos muammolar paydo bo‘ladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling