Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Texnik topshiriq. Ishlardan maqsad TIAga muvofiq TJABT ni yaratish 
imkoniyatlarini asoslash va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash; TJABT ni yaratish 
bo‘yicha ishlarni rejalash; loyiha ishlari uchun zarur materiallarni tayyorlash. 
Bularning hammasi ishlab chiqaruvchining ilmiy – tadqiqot ishlarini (ITI) 
o‘tkazish, avanloyihani ishlab chiqish va texnik topshiriqni (TT) ishlab chiqish 
bilan ta’minlanadi. 
ITI jarayonida BTO, informasion tizmalar va boshqarishning eng qiyin 
vazifalari boshqaruv mezoni va cheklanishlarni tanlab hamda texnologik 
jarayonning matematik modellarini va o‘lchash kanallarini tuzish bilan tadqiqotlar 
olib boriladi. 
Avanloyihani ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchi berilgan TJABT ni 
ta’minotlarning har xil turlari bo‘yicha yaratish mumkinligini tasdiqlaydi; 
tizimining eng muhim vazifalarining yoki bo‘g‘inlarining ishonchliligi tez, 
ta’sirchanligi va metrologik ko‘rsatkichlarining dastlabki hisob – kitoblarini 
bajaradi; HT vositalarining samarali yuklanishini va zarur hisoblash quvvatlarini 
baholaydi; texnik vositalar kompleksi (TVK) ni asoslab, dastlabki tanlovni 
o‘tkazadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


661 
Ishlar natijasi TJABTni ishlab chiqishga texnik topshiriq hisoblanadi – bu 
keyingi barcha ishlar uchun majburiy dastlabki hujjatdir. 
Texnik loyiha. Ishlarning maqsadi tizim bo‘yicha asosiy texnik echimlarni 
(qarorlarni) ishlab chiqish va uning smeta qiymatini aniqlashdir. 
Bu bosqichda dastlab tizimni funksional – algoritmik sintez qilish bo‘yicha 
ishlar olib boriladi, unga pirovard funksional strukturani (tuzilmani) ishlab chiqish; 
texnika bilan operativ texnologik xodimlar orasida vazifalarni taqsimlash; 
masalalarni qo‘yish va algoritmlarni ishlab chiqish; insonmashina tizimisifatidagi 
TJABTning ishlashi algoritmini ishlab chiqish; tizimining tashkiliy tuzlmasinn va 
uning TVK tuzilmasini ishlab chiqish kiradi. Keynn TJABT ta’minotining hamma 
turlari bo‘yicha qarorlar oydinlashtiriladi. 
Ishlar natijasi texnik loyiha hisoblanib, unga loyihaning funksional qismi 
hujjatlari; keyingi bosqichda tizimga butunicha ekspluatasion hujjatlarni chiqarish 
uchun zarur va etarli loyihaviy qarorlar (echimlar); qurilish loyihasining 
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» bo‘limi tarkibiga kiruvchi loyihaviy – 
smeta hujjatlari; yangi texnik vositalarni ishlab chiqishga texnik talablari bo‘lgan 
buyurtmalar loyihasi; avtomatlashtirish vositalari kompleksini (majmuasini) 
etkazib berishga texnik topshiriq; HT vositalari kompleksini buyurtma qilish uchun 
zarur hujjatlar to‘plami; maxsus matematik va informasion ta’minotlarning 
hujjatlari (bu programmalarni ishlab chiqishga doir texnik topshiriq ham 
hisoblanadi) kiradi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling