Umumiy embriologiya asoslari
JINSIY HUJAYRALAR (GAMETALAR)
Download 418 Kb.
|
Umumiy embriologiya asoslari
JINSIY HUJAYRALAR (GAMETALAR)
Jinsiy hujayralarning yoki gametalarning 2 xil turi tafovut etiladi - erkaklar va ayollar jinsiy hujayralari. Ular bir-birlaridan ham morfologik, ham fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi. ERKAKLAR JINSIY HUJAYRASI-SPERMATOZOIDNING TUZILISHI Spermatozoidning boshchasi, bo`yni, tana qismi va dumchasi tafovut qilinadi (31-rasm). Spermatozoidning boshchasi uncha katta bo`lmagan zich yadro va sitoplazmaning yupqa qavatidan tashkil topgan. Boshchaning oldingi yarmida g`ilofcha (akroblast) joylashib, uning ichida bevosita boshchaning oldingi uchida akrosoma (yunon. acron - ustki, soma - tanacha) zich tanacha shaklida yotadi (32-rasm). Akrosoma urug`lanish uchun zarur tuzilma bo`lib, u o`zida ko`p miqdorda tuxum hujayra qobig`ini yemiradigan gialuro nidaza fermentini saqlaydi. Spermatozoidning bo`yin qismida, yadroning orqa qutbi sohasida proksimal sentriola joylashib, u silindrsimon shaklga ega. Urug`lanish vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraga o`tadi va urug`langan tuxum hujayraning yoki zigotaning bo`linishida ishtirok etadi. Yadrodan birmuncha uzoqda bo`lgan distal sentriola ikki bo`lakdan iborat. Uning tayoqchasimon ko`rinishga ega bo`lgan birinchi yarmi bo`yin chegara sini hosil qiladi va undan spermatozoidning tanasi orqali dumchasiga o`tuvchi o`q ip boshlanadi. Distal sentriolaning halqasimon shaklga ega bo`lgan ikkinchi bo`lagi esa tana oxirida joylashadi. Shunday qilib, spermatozoidning tanasi distal sent-riolaning tayoqchasimon va halqasimon bo`laklari orasida joylashgan tuzilmalardan iborat. Bu yerda o`q ip atrofida spiral holatda mitoxondriyalar joylashadi. Spermatozoidning tana qismida oksidlanish fermentlarining yuqori aktivligi aniqlangan. Bu qismda glikogen, fosfatlar, shuningdek, ko`p miqdorda ATF saqlanadi. ATFning bo`lishi va mitoxondriyalarning ko`pligi tana qismining spermatozoidni energiya bilan ta’minlab turishidan dalolat beradi. 31-rasm. Erkak jinsiy hujayralari- spermatozoidlar. Sperma suyuqlig`ining surtmasi. 0b. 40, ok. 10. 1-boshcha; 2-dum qismi . Spermatozoidning dumchasi asos va oxirgi bo`laklarga bo`linadi. Dumchaning asosi faqatgina o`q iplardan va uni o`rab turuvchi adenozintrifosfataza (ATF-aza) fermentini tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyalarda sintezlangan ATF ni parchalaydi va shu yo`l bilan energiya ajralishini ta’minlaydi. Sitoplazmada o`q ip atrofida spiralsimon ko`rinishda nozik nplar joylashib, ularni kortikal spiral deb nomlashadi. Uq ip kiprikchalarning o`q ipiga o`xshash bo`lib, klassik tuzilishga ega. U gomogen matriksda joylashgan, 10 juft mikro-naychadan iborat bo`lgan tutamdir. Bunda 9 juft mikronaychalar o`q ipning periferiyasida yotsa, 1 jufti markazda joylashadi. Dumchaning oxirgi bo`limi asta-sekin to`g`ri joylanishini yo`qo tib boruvchi juda ingichka o`q ipchadan tashkil topgan. Oxirgi bo`limning o`q ipi tashqi tomondan faqatgina plazmalemma bilan o`ralgan. Urug`lanish jarayonida spermatozoidlar 3 asosiy vazi-fani bajaradi: 1) bo`lg`usi organizmga otalik genlarini uzatadi; 2) o`zining maxsus harakat apparati yordamida tuxum hujayra bilan to`qnashishni ta’minlaydi va tarkibidagi gialuronidaza fermenti yordamida tuxum hujayraga spermatozoidning boshchasi va bo`yin qismining kirishini yengillashtiradi; 3) tuxum hujayraga urug`langan tuxum hujayraning bo`linishi uchun zarur bo`lgan sentrosomani olib kiradi. 32- rasm. Spermatozoid tuzilishi. 33-22. Elektron mikrofotogramma. 33 - 19. O`rta qismining ko`ndalang kesmasi. X54.000. 33-20. Tana qismining turli sohalaridan olingan ko`ndalang kesmalar. X40.000 33- 21. Dum qismining ko`ndalang kesmasi, X36.000. 33-32. Boshcha old qismining bo`ylama kesmasi. X35.000. 33-23. Boshcha-bo`yin va tananing old qismining bo`ylama kesmasi. X25.500 33-24. Tana qismining bo`ylama kesmasi X32.090. 33-25. Tananing dum qismiga yaqin sohasining bo`ylama kesmasi. x48.000. 1-hujayra qobig`i; 2-akrosoma; 3-akrosoma qalpoqchasi; 4-subakrosomal bo’shlik; 5 - yadro; 6- yadro qobigi; 7-yadroning orqa qismi; 8- o’zgargan proksimal sevtriola; 9- distal sentriola; 13 - markaziy mikro-naychalar; 11-periferik mikronaychalar; 12-tashqi zich firillalar; 13-bo`ylama o`q; 14-tolali plastinkaning cheti; 15-mitoxondriyalar (Rodindan). Turli hayvonlarning spermatozoidlari bir-biridan kattaligi va asosan boshchasining tuzilishi bilan farq qiladi. Odam spermatozoidining uzunlgi 60 mkm ga teng. Spermatozoidning siljishi uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidn minutiga 1-2 mm tezlik bilan harakat qiladi. Bachadon bo`ynidan to tuxum yo`lining oxirigacha bo`lgan oraliqni spermatozoid taxminan 3 soat mobaynida bosib o`tadi. Spermatozoid yashashga o`ta chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug`donda va uning ortig`ida ular oylab tirik saqlanadi, murdada esa ular o`zining harakatchanligini 2-3 kungacha saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, ya’ni termostatda urug`lantirishga qobiliyatli holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin. Ularning uzoq muddat yashashi muhitning pHiga, temperaturaga, urug` suyuqlig`idagi spermatozoidlarning kontsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog`liq. Download 418 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling