Umumiy entomologiya


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1548250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Dilmurod

ADABIYOTLAR SHARHI 
Entomologiya 
(
lotincha
: — hasharotlar va ...logiya) — hasharotlar toʻgʻrisidagi fan. 
Hasharotlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ularning individual va tarixiy rivojlanishi, 
xilmaxilligi, yer yuzida tarqalishi, yashash muhiti bilan munosabatlari va boshqalarni 
oʻrganadi. Vazifasiga binoan, nazariy, yaʼni umumiy E. va amaliy E. farq qilinadi. Umumiy 
E. hasharotlar morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, etologiyasi
entomogeografiyasi, paleontologiyasi, sistematikasi va boshqalar fanlarga ajratiladi. Bu 
fanlarni oʻrganish obʼyektiga binoan, yanada kichikroq boʻlimlarga ajratish mumkin. Mas, 
sistematika tarkibida koleopterologiya — qattiq qanotlilarni, lepidopterologiya — 
kapalaklarni, mirmikologiya — chumolilarni oʻrganadi.Amaliy E.ning oʻrganish obʼyekti 
— qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va mahsulotlari zararkunandalari, odam, hayvonlar va 
oʻsimliklarning parazitlari hamda xalq xoʻjaligida va tabiatda foydali ahamiyatga ega 
boʻlgan hasharotlar. Amaliy E. ham oʻz vazifasiga binoan, oʻrmon zararkunandalari (oʻrmon 
E.si), qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari (qishloq xoʻjaligi E.si), xonaki va yovvoyi 
hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar (veterinariya E.si), odamda parazitlik qiluvchi 
(tibbiyot E.si) hamda odam foydalanadigan mahsulot beradigan tut va dub ipak qurti 
(ipakchilik), asalarni (asalarichilik) oʻrganadigan fanlarga ajratiladi.E. fani faqat 17-asrda 
gollandiya olimi Ya. Svammerdamning asalari anatomiyasiva rivojlanishi (1669), italiya 
olimlari M. Malpigining ipak qurti anatomiyasi va rivojlanishi (1686) va F. Buonannining 
hasharotlar ogʻiz organlarining tuzilishi, nemis olimi I. Gedartning hasharotlar metamorfozi 
toʻgʻrisidagi ishlari asosida shakllandi. Shved olimi K. Linney hasharotlarning zamonaviy 
sistematikasiga asos soldi. U hasharotlarning 1936 turiga tavsif berib, qanotlarining tuzilishi 
asosida ularni 9 turkumga ajratadi va binar nomenklaturani asoslab beradi. 19 -asrda ingliz 
entomologlari U. Kyorbi, J. Uestvud va J. Lebbok yana bir necha turkumlarni tavsiflab 
berishdi. Franiiya entomologi P. Laterl hasharotlarning sinf hajmidagi sistematikasini taklif 
etdi. 1831. Ch. Darvinnit "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asarining yuzaga kelishi bilan 
hasharotlar sistematikasi filogenetik asosda tuzila boshlandi. 19-asrning 2-yarmida 
hasharotlar anatomiyasi va metamorfozi toʻgʻrisida yirik ishlar paydo boʻladi. Rus olimlari 


N.P.Vagner pedogenezni (1862), A.A.Tixomirov ipak qurtida sunʼiy partenogenezni 
(1886), A.O.Kovalevskiy hasharotlarda murtak varaqdarini (1869—71), P. Marshal 
poliembrioniyani (1898) kashf etishdi.20-asr davomida dunyo entomofaunasi boʻyicha juda 
katta material toʻplandi; nazariy va amaliy E. sohasida koʻplab kashfiyotlar qilindi. 20-asr 
oxirlariga kelib hasharotlarning 1 mln.dan ortiq turi aniqlandi; turkumlar soni 40 ga 
yaqinlashdi, hasharotlar sistematikasi qayta koʻrib chiqildi va takomillashtirildi. E.da yangi 
va ancha nozik metodlar (elektron mikroskopiya, kariosistematika) va kompyuter 
texnologiyasi, sistematikada sonli taksonomiya va taksonomik taxlil qoʻllanila boshlandi 
(amerika olimi R. Sokal, rus olimi Ye.S.Smirnov va boshqalar). Hasharotlar fiziologiyasi, 
nafas olishi (daniyalik olim A.Krog), ayirish (ingliz olimi V.B.Unglsuort), sezgi organlari, 
qutblashgan nurni qabul qilish va unda moʻljal olish (nemis olimi K. Frish) va boshqalar 
masalalar keng miqyosda oʻrganila boshlandi. Hasharotlar markaziy nerv sistemasining 
gormon ajratishi (polyak olimi S. Kopets, 1917), tullash gormonlari—ekdizonlar 
(A.Butenand, 1954), hasharotlar rivojlanishini boshqaruvchi yuvenil gormon ( K. Uilyams, 
1956) kashf qilindi.20-asrning 2-yarmiga kelib hasharotlar ajratadigan va ular 
xattiharakatini boshqaradigan feromonlarning kashf etilishi (nemis olimi A. Butenand va 
boshqalar) hasharotlar xattiharakatini oʻrganishga qiziqishni kuchaytirdi. 20-asr oʻrtalarida 
asalarilar tilining kashf etilishi (nemis zoologi K. Frish) bilan etologiya E.ning yetakchi 
tarmoqlaridan biriga aylandi.Hasharotlar ekologiyasi sohasidagi dastlabki yirik tadqiqotlar 
amerika olimlari V.Shelford (1913) va R. Chempen (1931) nomi bilan bogʻliq. Nemis olimi 
G. Blunk (1922) hasharotlarning yashash muhiti bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganadi va 
ularning rivojlanishi harorat bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Norvegiya biologi K. Fegri 
(1975) hasharotlar bilan entomofil oʻsimliklar oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni 
umumlashtiradi. 
Amaliy E. sohasida tadqiqotlar 19va 20-asr chegarasida rivojlana boshladi. Dastlabki yirik 
ishlar oʻrmon, dala va poliz ekinlarining zararkunandalarini oʻrganishga bagʻishlangan edi 
(nemis olimlari Yu. Ratseburg , 1837—44; G. Nerdlinger, 1869; Kaltenx, 1874; rus olimi 
F. P. Keppen, 188184). 
Tibbiyot E.ning rivojlanishi bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinning oʻrganilishidan 
boshlandi (rus olimi V.Ya.Danilovskiy, 1888; italyan olimi E. Martini, 1923, 1941 va 


boshqalar). 
Tibbiyot 
va 
veterinariya 
E.ning 
rivojlanishida 
rus 
olimlari 
V.N.Beklemishevning bezgak chivinini oʻrganish sohasidagi ishlari, Ye.N.Pavlovskiyning 
transmissiv (hasharotlar va boshqalar boʻgʻimoyokdilar orqali tarqaladigan) kasalliklarning 
tibbiy manbaligi toʻgʻrisidagi taʼlimoti katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta Osiyo hududida, 
jumladan, Oʻzbekistonda E. sohasida tadqiqotlarni rus tabiatshunos olimi A. B. Fedchenko 
boshlab bergan. U Olay va Zarafshon boʻylab oʻtkazgan ekspeditsiyalarida ( 1868—71) 
hasharotlarning 2000 ga yaqin kolleksiyasini toʻplagan. V.F.Oshanin (1844— 45) 
Amudaryo yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni oʻrganadi. Uning "Turkiston chala qattiq 
qanotlilari faunasi zoogeofafiyasi" (1891) asarida 700 dan ortiq hasharotlar toʻgʻrisida 
maʼlumot beriladi. 1898-yilda qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini oʻrganish maqsadida 
Turkiston qishloq xoʻjaligi jamiyati qoshida "Chigirtka komiteti", 1911-yilda Toshkentda 
Turkiston entomologik stansiyasi tashkil etilib, 1925-yilda Oʻzbekiston oʻsimliklarni 
himoya qilish stansiyasiga aylantiriladi. Stansiyada qishloq xoʻjaligi zararkunanda 
hasharotlarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha bir 
qancha tadqiqotlar olib borildi (V.I. Plotnikov, V.V.Yaxontov, P.P.Arxangelskiy, 
V.V.Nikolskiy). 1929-yil gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish boʻyicha maxsus stansiya 
tashkil etilib, 1958-yilda uning bazasida Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy 
tekshirish instituti ochildi.Oʻzbekistonda tibbiyot va veterinariya E.si sohasidagi tadqiqotlar 
bezgak kasalligi qoʻzgʻatuvchisini oʻrganish bilan boshlandi. 1913-yilda Turkistonda odam 
va hayvonlar tropik kasalliklarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan ekspeditsiya hisobotida 
bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi (V.L.Yakimov). 20-
asrning 20—30- yillarida bezgak kasalligi va bezgak pashshasini oʻrganish boʻyicha keng 
miqyosda tadqiqotlar olib boriladi (N.I.Xodukin, L.M.Isayev); bezgakni tadqiq etuvchi bir 
qancha stansiyalar va Samarqand shahrida Tropik kasalliklar (hozirgi Tibbiyot 
parazitologiyasi) instituti tashkil etildi. 1920-yildan boshlab Turkiston davlat universiteti 
kafedralari qoshida entomologiya sohasidagi ishlar boshlab yuborildi (A.L.Brodskiy). Qon 
soʻruvchi ikki qanotlilarni oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston FA Zoologiya institutida olib 
borilgan ishlar ular turlari tarkibi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari va epidemiologik 
ahamiyatini aniqlashga imkon berdi (E.I.Gan, M.K. Qodirova).E. sohasida olib borilayotgan 
tadqiqotlar tufayli hozir gʻoʻza va boshqalar qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda ombor 


zararkunandalari toʻgʻrisida katta maʼlumotlar yigʻildi (V.V.Yaxontov, A. G. Davletshina), 
kuzgi va gʻoʻza tunlamining tez koʻpayib ketishini prognoz qilish metodlari ishlab chiqildi 
(K.I.Larchenko, F.M.Uspenskiy, F.N.Stepanov, S.A.Juravskaya, A. Sh.Hamroyev va 
boshqalar); gʻoʻza maysalari va ildizida zararkunandalik qiluvchi hasharotlar (R.O. 
Olimjonov), qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiralari (SM.Alimuhamedov), bogʻ va oʻrmon 
zararkunandalari (X.T.Nevskiy, M.I.Kosobutskiy, I.K. Maxnovskiy) oʻrganildi.Hozirgi 
davrda E. sohasida asosiy zʼtibor hasharotlarning xilmaxilligi, ularning noyob va yoʻqolib 
borayotgan turlarini oʻrganish, zararkunanda hasharotlar (jumladan termitlar)ga qarshi 
kurashning atrof muhitga kam ziyon yetkazadigan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Bu maqsadda har xil biologik faol preparatlar, jumladan, attraktantlar, feromonlar va jinsiy 
gormonlardan foydalanish metodlari ishlab chiqilmoqda. Oʻtonda E. sohasida tadqiqotlar 
Yaxontov V.V
(
1963) Xozirgi kunda ochiq maydonlardagi o’stiradigan qishloq xo’jalik 
o’simliklar bilan qatorida kuz, qish mavsumida issiqxonadagi o’simliklardan olinadigan 
mahsulotlar katga ahamiyatga ega. Lekin issiqhonalardagi o’simliklarni o’ziga xos 
zararkunandalari bor. Ana shu ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurash usullaridan 
foydalanish qator shart sharoitlarga bog’liq. Bunda ekinlarning turi, zararkunandalarning 
biologik xususiyatlari qo’llaniladigan agrotexnika chora tadbirlari, o’simlikning rivojlanish 
fazalari, usulni qo’llash joyi, usulning texnologiyasi, zararkunandadarning turi va soni, 
o’simliklarni zararlash darajasi va amalga oshiriladigan tadbirning iqgisodiy hamda bologik 
samarasini hisobga olish zarur. 
Viktorov V.A (1974) 
.
Zarakunandalarning rivojlanishini oldindan bilish ishlarini tashkil 
etish, kurash ishlarini aniqlash, ishlov beriladigan maydonlar hajmini aniqlash tadbiq 
etiladigan uslubinnig samarasini yanada oshiradi. Kurash chora tadbirlarini amalaga 
oshirishda quyidagi asosiy yo’nalishlarga e’tibor qaratish lozim: 
Zararli organizmlarning issiqxonadagi sharoitini xisobga olib, ularning ommaviy ko’payishi 
va rivojlashini kuzatib borish, iqgisodiy zarar yetkazadigan chegaralari darajasida ushlab 
turishdan iborat bo’lish lozim. 
Kimsanboyev X.X. va boshqalar
(
2002). Issiqxonadagi qishloq xo’jalik o’simliklarining 
o’sishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ilgor texnologiyani tadbiq etish, 


kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirish va natijada zararkunandalar xavfi eng 
kam bo’lishiga olib keladi. 
Zararkunandalar bilan zararlangan qishloq xo’jalik ekin maydonlaridan boshqa maydonga 
tarqalmasliginig oldini olish va chora tadbirlar va uslublarni ishlab chiqish zarur. 
SHunday qilib, issiqxonadagi zararkunandalarga kurashning ilmiy asoslangan uslubi. 
qishloq xo’jalik ekinlari xosilini saqlab qolish, oziq ovqat uchun sifatli xosil yetkazishda 
yetakchi rol o’ynaydi. 
Deyarli barcha agrotexnika chora tadbirlari zararli hasharotlar ko’payishining oldini olishga 
qaratilgan bo’lishi kerak. SHu bilan birga ayrim xollarda agrotexnika usullari bilan ham 
zararkunandalarni butunlay nobud qilish mumkin . 
Zararkunandalarannig tez ko’payishi va zarari juda ko’plab tashqi omillarga bog’liq bo’lib, 
bularga yetarli oziqa o’simligining bo’lishi va ularning zarar keltirish darajasini 
kamaytirishga qaratilgan. Issiqxonadagi tashkiliy xo’jalik chora tadbirlari zararkunandani 
ko’payishi oldini olish, ularni rivojlanishini oldindan bilib borishi, xavf soladigan 
maydonlarni belgilash va ularni yo’q qilish masalalarini hal etish talab qilinadi. Tashkiliy 
xo’jalik tadbirlari ekin turlari, navlari va duragaylarni ilmiy asoslangan holda 
rejalashtirishni o’z ichiga oladi va davlat miqyosidagi tadbirlari qatoriga kiradi.
Xo‘jaev Sh.T. (1978) ma’lumotiga ko‘ra makajo‘xori maydonlarida ko‘llanilgan kimyoviy 
muddatlar 14-15 s/ga cha xosildordikni oshiradi. Hozirgi davrda makkajo‘xori tunlamining 
o‘simliklarda aniqlash va kurash chorasini muddati va turini belgilash uchun feremon 
tutqichlar yaratib amaliyotda keng ko‘llanidmoqda. Alimuxammedov S.N. va boshqalar 
(1991) ta’kidlashicha bu usul 1986-1988 yillarning xar birida O‘zbekistonda 400-500 ming 
tagacha ishlatiladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan shu davrlarda bu g‘oya muximdir.
Entomologlar bizning mamlakatimiz va qo’shni hududlar faunasini o’rganishga katta hissa 
qo’shdilar. Ularning ichida birinchi navbatda prof. V.V.Yaxontov, prof. R.O.Olimjonov, 
M.Narziqulov, A.G.Davletshinalarni tilga olish kerak. Ular o’zlarining klassik ishlari bilan 
fanda katta fond qoldirdilar. Masalan, V.V.Yaxontov “O’rta Osiyodagi qishloq xo’jalik 
o’simlik mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash” nomli kitobini 
yozdi(1953). Bu kitob haligacha o’z qadrini yuqotgani yo’q. 


A.G.Davletshina esa “Hayvonlar hayoti” nomli ko’p tomli kitobida shiralarni yoritish bilan 
bu fanga o’z hissasini qo’shgan. Bu yerda S.G.Bronshteyn ishlarini ham unutmaslik kerak. 
U sabzavot ekinlarida zararkunanda o’simlik hisoblangan “shumgiya” o’simligiga qarshi 
kurashning biologik metodini ishlab chiqdi. 
U birinchidan bo’lib bu zararkunandalarga qarshi fitomiza pashshasini keng miqiyosida 
ishlatgan. Bundan tashqari Zarafshon sharoiti uchun g’o’zaning ko’pgina 
zararkunandalariga qarshi itegral kurash tizimini o’tkazishning nazariy asosini yaratdi. 
O’zbekitonda tibbiy entomologiya rivojlanishida o’zining yuksak hissasini qo’shgan yirik 
olimlardan biri L.M.Isayev hisoblanadi (1886-1964). L.M.Isayev boshchiligida O’rta 
Osiyoda malyariya, leyshmanioz, gelmintoz va qaytalama tifga qarshi katta muvaffaqiyatli 
ishlar olib borildi. Bundan tashqari og’ir gelmintoz rishtaning manbasi yo’qotildi. Hozirgi 
kunda O’zbekistonda entomologiyaning rivojlanishi davom etmoqda. Uning rivojlanishida 
oliy o’quv yurtlarida va ilmiy tadqiqot istitutlarida faoliyat olib borayotgan olimlar o’z 
hissasini qo’shib kelmoqda Entomologiya so’zi grekcha “entomon”- hasharot, “Logos”-fan 
so’zidan olingan bo’lib, hasharotlar dunyosini o’rganadi. Hozirgi vaqtda jadal 
rivojlanayotganligi sababli entomologiya bir qator mustaqil fanlarga bo’lib o’rganiladi - 
umumiy entomologiya qishloq xo’jalik entomologiya va hokazo. 
Umumiy entomologiya nazariy fan hisoblanib yuqorida sanab o’tilgan fanlarning asosi 
hisoblanadi. Qolganlari o’zining vazifasi, o’simliklar, uy hayvonlari, odam uchun zararli 
hasharotlarga qarshi kurashishning ilmiy ishlab chiqarilgan metodlariga ega. 
Entomologiyaga yaqin fanlardan biri bu asalarichilk va ipakchilik hisoblanadi.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish tarixida dramatik voqyeyalaridan biri 1945-46 
yillarda yangi sintetik insektisid DDTning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishining 
boshlanishi hisoblanadi. DDTning boshqa mavjud bo’lgan insektisidlardan farqli ravishda 
(xlorli uglevodorodlar guruhiga mansub) juda past dozalarda ham yuqori samara bergan va 
juda barqaror edi. Shuning uchun hasharotlarni kirish uchun sarflanadigan harajatlar 
kamaydi. Lekin bir necha yillar o’tgandan so’ng DDT va boshqa insektisidlar ta’siriga 
chidamli zararli hasharotlar liniyalari paydo bo’lgan. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling