Umumiy fanlar


FERMENTLARNI IMMOBILIZATSIYA QILISHNING


Download 115.14 Kb.
bet10/15
Sana02.11.2023
Hajmi115.14 Kb.
#1740393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivla-fayllar.org

FERMENTLARNI IMMOBILIZATSIYA QILISHNING
FIZIK USULLARI
Yuqorida kо‘rsatib о‘tilganidek, fermentni immobilizatsiyasi deyilganda, uni (fermentni) qanday bir alohida fazaga kiritilishi suv fazasidan ajralib turadigan va shunday vaziyatda о‘zini asosiy xususiyati - substrat yoki effektorlar bilan aloqada bо‘lish imkoniyatidan judo bо‘lmasligi tushuniladi.
Shu aniqlikdan kelib chiqqan holda, fizikaviy immobilizatsiya qilish usullarini tоrt guruhga bоlish mumkin:


  • suvda erimaydigan "tashuvchi" larga adsorbsiya qilish;


  • gel teshikchalariga kiritish;


  • yarim оtkazgich membranalar yordamida fermentni reaksion tizimini boshqa qismidan ajratish;


  • fermentni ikki fazalik reaksion muhitga kiritish, bunday


sharoitda ferment suvda eruvchan bоladi va ikkinchi fazaga kira olmaydi.
Keltirilgan klassifikatsiya shartlidir, chunki bu usullar orasida aniq ajrimlarni о‘rnatish mumkin emas. Masalan, gel teshikchilariga kiritish usuli bilan immobilizatsiya qilishni, yarim о‘tkazgich membranalar orqali ajratib turish deb ham qarash mumkin. Shunga qaramasdan, bu klassifikatsiya fizikaviy usullar bilan immobilizatsiya qilishni bir tizimga solishda yordam bera oladi.

Adsorbsiya qilish orqali immobilizatsiya qilish, eng kо‘hna usullaridan hisoblanadi. Yuqorida aytib о‘tilganidek, 1916 yilda Dj. Nilson va E. Grifin invertaza fermentini foallashtirilgan kо‘mirda va alyuminiy gidroksidi gelida immobilizatsiya qilganlar. Xuddi shu usuldan keyinroq, 1969 yilda I. Shibata L-aminoatsilaza fermentini immobilizatsiya qilishda foydalangan. L-aminoatsilaza fermenti N-atsetil-DL- aminokislotalarni bir birlaridan ajratishda sanoat miqyosida hozirgacha ishlatilib kelinmoqda. Umuman adsorbsiya usulida immobilizatsiya qilish boshqa usullardan osonligi, vazifani tez bajarish mumkinligi, tashuvchilarni arzonligi va boshqa bir qator ustunliklarga ega bо‘lganligi uchun fermentlar muhandisligida keng qо‘llanilib kelinmoqda.



Download 115.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling