Umumiy fanlar


Fermentni tashuvchi bilan bog‘lanish kuchini oshiruvchi usullar


Download 115.14 Kb.
bet12/15
Sana02.11.2023
Hajmi115.14 Kb.
#1740393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivla-fayllar.org

Fermentni tashuvchi bilan bog‘lanish kuchini oshiruvchi usullar.
Oldindan modifikatsiya qilingan tashuvchilarga immobilizatsiya qilish
Tashuvchining oldindan modifikatsiya qilish adsorbsiya kuchini keskin oshirishga olib keladi. Bundan tashqari, ferment molekulasi atrofida maxsus sharoitlar yasash hisobidan, oldindan modifikatsiya qilingan tashuvchida immobilizatsiya qilingan fermentni katalitik xususiyati ham ortib boradi.
Buning ustiga, oldindan modifikatsiya qilmaslik adsorbsiya qilingan fermentni faolligini butunlay yо‘qolishigacha olib kelish mumkin. Masalan, agar fermentni mо‘tadilligi nordon sharoitda past bо‘lsa, silikagelga sorbsiya qilingan fermentni faolligi butunlay yо‘qoladi, chunki, silikagelni satxi nordon muhitga ega (rN=4,0).
Bunday sharoitda, immobilizatsiyadan oldin silikagelni ma’lum rN ga ega bо‘lgan buferda fermentni mо‘tadil rN ga tо‘g‘ri kelgan rN da saqlab turish lozim bо‘ladi.
Xuddi shunday muammo, faol markazida metall saqlaydigan fermentlar bilan ishlaganda kelib chiqadi. Bunga sabab, ba’zi bir tashuvchilar о‘zlariga metall ionlarini tortib olish qobiliyatiga egalar. Bunday tashuvchilarda adsorbsiya qilingan fermentlar, о‘z faol markazidagi metalni chiqib ketishi hisobidan faoliyatlarini yо‘qotishlari mumkin. Bu holni bartaraf etish uchun, tashuvchini maxsus metall ionlari saqlagan eritmalarda uzoq vaqt ushlab turish va shu tufayli uni metall ioniga nisbatan bо‘lgan ehtiyojini qondirish mumkin bо‘ladi.
Tashuvchilarni metall ionlari bilan tо‘yintirish adsorbsiya yо‘li bilan immobilizatsiya qilishni mо‘tadillashtirishda ham ishlatiladi. Tashuvchi sirti metall ionlari bilan tо‘yintirilganda (buning uchun Ti, Zn, Sr, V va Fe ishlatiladi), fermentni sorbsiya qilish xususiyati ortadi, bunga sabab metall ioni ferment bilan tashuvchi orasida kо‘prik bо‘lib xizmat qilishidir. Immobilizatsiyaning bu usuli, sellyuloza, neylon shisha filtr qog‘oz kabi tashuvchilardan foydalanganda yaxshi natijalar berishi isbotlangan.
Oldindan modifikatsiya qilingan fermentlarni immobilizatsiya qilish
Ionalmashuvchi tashuvchilarga adsorbsiya yо‘li bilan immobilizatsiya qilishda izoelektrik nuqtasi va rN –mо‘tadilligi bir-biriga yaqin bо‘lgan fermentlar bilan ishlanganda qator muammolar paydo bо‘ladi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi mustahkam bog‘lanish faqatgina, izoelektrik nuqtadan uzoqroq bо‘lgan rN da, ya’ni fermentni katalitik xususiyati past bо‘lgan sharoitda amalga oshiriladi.
Shuning uchun, ham fermentni oldindan modifikatsiya qilish, ya’ni ferment molekulasiga yangi ionogen guruhlar (polikislotalar, karboksimetil, sellyuloza, yantar kislotasi va x.k.) kiritish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Masalan, L-ximotripsin xlortriazinli rang bilan aralashtirilganda, uni izoelektrik nuqtasi ishqoriy tomonga siljishi, va shu tufayli ferment kо‘pgina tashuvchilarga adsorbsiya bо‘lishi, oqibat natijada esa katalitik faolligi saqlanib qolishi isbotlangan.
Boshqa bir misol, L-ximotripsinni KM-sellyuloza bilan modifikatsiya qilinganda, ferment neytral rN muhitida DEAE-sellyulozada yoki DEAE-sefadeksga faolligi saqlangan holda immobilizatsiya bо‘ladi.

Download 115.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling