Umumiy fitopatalogiya va mikrobialogiya


Download 171.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi171.7 Kb.
#1614616
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sferiales tartibiga kiruvchi zamburuģlarning

I. 
ADABIYOTLAR SHARXI 
Fitopatologiya 
fanining 
rivojlanish 
tar.ixi 
kishilik 
jamiyatida 
dehqonchilikning rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. U davrlarda ekinlarda 
kasalliklaming kelib chiqish sabablari aniq bo‘lmagan. XIX asming ikkinchi 
yarmida fransiyalik Tulan, germaniyalik de Bari, rossiyalik M. S. Voronin kabi 
mikolog olimlar ekinlardagi kasalliklami mikroskopik zamburug‘lar keltirib 
chiqarishini birinchi bo‘lib bayon qilganlar. Keyinchalik amerikalik olim E. Smit 
bakteriyalar, rossiyalik olim D. I. Ivanovskiy viruslar keltirib chiqarishini 
aniqlaganlar. Rossiyada fitopatologiya fanining rivojlanishida AA Yachevskiyning 
(1863-1932) xizmatlari 5 apr. U fitopatologiyaga oid ko‘plab aniqlagichlar, 
ma‘lumotnomalar, darsliklar va qo‘llanmalar yaratgan. Fitopatologiyadan birinchi 
darslik N. A. Naumov (1888-1959) tomonidan yozilgan. Ko‘p yillik daraxtlarda 
parazitlik qiladigan po‘kaklar (trutoviklar) A S. Bondarsev (1877-1968), zang 
zamburug‘lari V. G. Transhel (1868-1981), o‘rmon daraxtlarining kasalliklari S.1. 
Vanin (1980-1951) tomonidan mukammal o‘rganilgan. 
Mamlakatimizda 1920-yildan boshlab O‘rta Osiyo Davlat Universitetining 
qishloq xo‘jaligi fakultetida N. G. Zaprometov rahbarligida fitopatolog 
mutaxassislar tayyorlana boshlangan. Keyinchalik 1941-yilda Toshkent Qishloq 
xo‘jaligi institutida o‘simliklami himoya qilish fakulteti ochilib, unda O‘rta Osiyo, 
Afrika, Lotin Amerikasining 50 ga yaqin davlatlari uchun mutaxassislar 
tayyorlangan. Fitopatologiya fanining rivojlanishiga respublikamizning qator 
olimlari ham munosib hissa qo‘shganlar. Professor M. A. Karimov mamlakatimiz 
sharoitida beda kasalliklarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab 
chiqqan. S. S. Ramazonovaning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari bizda uchraydigan 
Verticillium turkumiga mansub zamburug‘larning sistematikasi, biologiyasi, 
tarqalishiga oid bo‘lib, uning irqlari hosil bo‘lishi qonuniyatlarini ochgan. Olima 
rahbarligida g‘o‘za, tut, mevali daraxtlar, g‘alla ekinlarining kasalliklarini 
o‘rganish borasida keng qamrovli serqirra ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. 
A. Hakimov g‘o‘za o‘simligining Yilt kasalligiga qarshi 5aprotrokurash chorasini 
ishlab chiqdi. Uning Trihoderma lignorum zamburug‘ini qo‘llash bo‘yicha ilmiy 


tavsiyalari tufayli paxta hosildorligini oshirishga va tuproqda 6 aprotroph 
zamburug‘laming ko‘payishiga imkon beradigan muammolar hal etilgan. B. A. 
Hasanov respublikamiz sharoitida g‘alla ekinlari zang kasalligining tarqalishi, 
sistematikasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. 1. Safiyazov 
g‘o‘zada Yilt kasalligini keltirib chiqaruvchi Verticillium 6aprot zamburug‘ining 
biologiyasini, hujayrasining sitofiziologiyasini va o‘zgaruvchanligini o‘rgangan, 
kasallikka chidamli navlami yaratish asosida ularga qarshi kurash choralari haqida 
tavsiyalar ishlab chiqqan. I. M. Azimjonov mevali daraxtlar va tut Yilt 
kasalligining kelib chiqishida ishtirok etgan Verticillium turkumiga mansub 
zamburug‘laming turlar tarkibini o‘rganib, kasallik iqtisodiy zararining ortib 
borishi ekologik sharoit bilan bog‘liqligini asoslab bergan. A. Sheraliyev 
mamlakatimiz sharoitida 70 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarida va 
begona 
o‘tlarda 
uchraydigan 
Fusarium 
zamburug‘ining 
sistematikasi, 
biologiyasini, tarqalishini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash choralarini ishlab 
chiqqan. 
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining fuzarioz kasalligi bu turkum vakillarining 
kompleks turlari ta‘sirida kelib chiqishini aniqlagan. Fuzarioz kasalligiga qarshi 
kurashda va chidamli navlar yaratishda kompleks turlar asosida yaratilgan 
infeksion fondan foydalanish seleksiya ishida yaxshi samara berishi aniqlangan. 
Verticillium zamburug‘ining ixtisoslashuvi masalasini o‘rganish asosida V. F. 
Idessis tomonidan bu zamburug‘larning turli oilalarga mansub o‘simliklarni 
kasallantirish xossalari aniqlangan. M. G‘. G‘ulomova tuproqda uchraydigan 
Verticillium zamburug‘ining 17 ta turini aniqlab,tadqiqotlar asosida Verticillium 
zamburug‘iga nisbatan 6 aprotroph 6 c xossaga ega bo‘lgaI} 6 aprotroph 
zamburug‘laming xossalaridan foydalanishni tavsiya etgan. M. Sh. Sa‘dullayeva 
va G. S. Bashirova Sirdaryo viloyati sharoitida tuproqda hayot kechiruvchi 
zamburug‘lar 177 turga mansubligini aniqlab, tuproq sharoitining o‘zgarishi, 
o‘zlashtirish darajasi zamburug‘ turlari tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘lishini 
isbotlaganlar. R. K. Sattorova g‘o‘zada gommoz kasalligini keltirib chiqaruvchi 
bakteriyalaming tur tarkibini o‘rgangan.Ularga qarshi kurashda 6 aprotroph 


bakteriyalaming metabolitlarini qo‘llash kasallikning zararini keskin kamaytirishda 
asosiy vosita ekanligini isbotlagan. S.T. Pessova Toshkent viloyati sharoitida 
qovunda, T.!. Pessov pomidorda uchraydigan Fusarium zamburug‘I turlari 
tarkibini va ularga qarshi kurash choralarini o‘rgangan. M. M. Xoliqova Toshkent 
viloyati sharoitida uchraydigan makromitsetlar 118 turga mansubligini aniqlab, 
ulami sun‘iy oziq muhitida o‘stirish uchun o‘rganilgan. 



Download 171.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling