Umumiy fitopatalogiya va mikrobialogiya
Sferiales tarkibiga kiruvchi zamburug‟lar
Download 171.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Sferiales tartibiga kiruvchi zamburuģlarning
2.3 Sferiales tarkibiga kiruvchi zamburug‟lar.
Sphaeriales tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanasi ko‗zasimon bo‗lib, qora va jigar ranglarda bo‗ladi. Xaltachalari silindrsimon va tugnogichsimon bo‗ladi. Bu tartib 3 ta oilani tashkil etadi. 1.Polystigmaceae; 2.Roselliniaceae; 3. Phyllachoraceae Polystigmaceae oilasi 1 ta Polystigma avlodini beradi. Bu avlod vakillarining xaltachalari uzun to‗gnogichsimon bo‗lib, sporalari rangsiz, bir xujayrali. Peritesiyalari sharsimon, stromalari etli, qizil va sargish ranglarda bo‗ladi. Masalan: P.rubrum- olxo‗rining qizil doglanish kasalligini keltiradi Poselliniaceae oilasi 1 ta Ceratostomella avlodini beradi. Bu avlod vakillarining stromalari bo‗lmaydi. Peritesiyalari esa yakka ayrim hollarda to‗p-to‗p bo‗lib joylashadi. Masalan :C.pini – daraxtlarda chirish kasalliklarini keltiradi. Phyllachoraceae oilasi 1 ta Phyllachora avlodini beradi. Bu avlod vakillarining peritesiyalari uzunchoq, silliq, qora rangli stromalarda hosil bo‗ladi. Sporalari bir xujayrali, rangsiz. Xaltachalari yelpigichsimon shakllarda bo‗ladi. Masalan: Ph.graminis – galla donli ekinlarda qora doglanish kasalliklarini keltiradi. 4.Diaporthales tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanasi ko‗zasimon bo‗lib, to‗q ranglarda bo‗ladi. Bu tartib 2 ta oilaga bo‗linadi: 1.Valsaceae 2.Gnomoniaceae. Valsaceae oilasi 1 ta Valsa avlodini beradi. Avlod vakillarining stromalari yoyilgan holda va chegarali bo‗ladi. Bu avlod daraxtlarda sitosporoz, so‗lish kasalliklarini keltiradi. Gnomoniaceae oilasiga kiruvchi zamburuglarning stromalari bo‗lmaydi. Bular 2 ta avlod beradi: 1.Glomerella; 2.Gnomonia Glomerella avlodiga kirgan zamburuglarni sporalari bir xujayrali, rangsiz bo‗ladi. Masalan: G.gossyppi - g‗o‗zaning antraknoz kasalliklarini keltiradi. Gnomonia avlodi vakillarining sporalari ko‗p xujayrali, rangsiz, urchuksimon shaklda bo‗ladi. Masalan: Marssonia juglandis - yong‗oq barglarining qo‗ng‗ir dog‗lanish kasalligini keltiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling