Umumiy fitopatalogiya va mikrobialogiya
Zamburug‟lar sistematikasi
Download 171.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Sferiales tartibiga kiruvchi zamburuģlarning
2.2. Zamburug‟lar sistematikasi
Zamburug‗larning sistematikasi. Hozirgi zamonda zamburug‗lar 2 guruhga va 6ta sinfga bo‗linadi.Tuban zambruglarga va yuksak zamburuglarga bo‗linadi. Tuban zamburuglarning tanasi yalongoch sitoplazmadan, ameboiddan yoki bir xujayrali miseliydan iborat. Yuksak zamburuglarning tanasi ko‗p xo‗jayrali miseliydan iborat. Tuban zamburuglar uchta evolyusion gruppaga bo‗linadi: 1. Bir xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar. 2. Ikki xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar. 3. Xivchinsiz va xaraktsiz spora hosil qiluvchi organizmlar Tuban zamburuglarga 3 ta sinf kiradi: 1. Xitridiomisetlar 2. Oomisetlar 3. Zigomisetlar Yuksak zamburuglarga ham 3 ta sinf kiradi: 1. Askomisetlar 2. Bizidiomisetlar 3. Deutromisetlar Xitridiomisetlar sinfi. Bu sinfga juda soda tuzilgan zamburuglar kiradi. Bu zamburuglar vegetativ tanasi ameboidan iborat. Ameboid spora hosil qilishdan oldin po‗stloq bilan qoplanadi. Ularning ko‗payishi zoosporalar orqali o‗tadi. Zoosporalar dumaloq va bitta uzun xivchinli bo‗ladi. Vegetatsiya davrida ameboid xo‗jayin o‗simlik xujayrasida yashaydi. Ameboidda bir xivchinli zoosporalar hosil bo‗ladi. Zoosporalar tashqariga chiqib o‗simlikni zararlaydi. Vegetatsiya oxirida xo‗jayin o‗simlikning zararlangan xujayralarida tinchlik davrini kechiradigan sporalar hosil bo‗ladi sistalar. Ular turli yo‗llar Bilan hosil bo‗ladi. Ayrim holda ameboid mayda sporalarga bo‗linadi, ayrim holda ameboid qalin po‗stloq bilan qoplanadi va sistaga aylanadi (kartoshka). Sista jinsiy protsess natijasida kelib chiqadi. Tinchlik davrini o‗tgan sistani yadrosi reduksion bo‗linadi va hosil bo‗lgan zigota o‗sib gaploid zoosporangilarni hosil qiladi. Zoosporangiylardan chiqqan zoosporalar Yana o‗simlikni zararlaydilar. Xitridiomisetlar – obligat parazitlar. Ular rivojlanayotgan yosh organ va to‗qimalarni va o‗simlikda uning to‗qimalarni keskin o‗sib ketishiga olib keladi (gipertrofiya). Bu sinfga kiruvchi zamburuglar 3 ta tartibga bo‗linadi: a.tartib:Plazmodioforalilar. Bu tartibga kiruvchi zamburuglarning vegetativ tanasi o‗simlikni zararlangan xujayrasida hosil bo‗ladigan ameboidan iborat. Ameboid yetilgandan so‗ng tinchlik davrini kechiruvchi sporalarga sistaga bo‗linadi. Bu tartib bitta oiladan Plazmodioforatsiya va 2 ta Plazmodiofora va Spongospora avlodlaridan iborat. 1.Plasmodiophora avlodi – bu avlodga kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi sporalar xujayin o‗simlikni xujayralarida erkin joylashgan. Plasmodiophara brassicae – karamda kila kasalligini keltiradi. Kasallangan o‗simliklarning ildizlarida shishlar hosil bo‗ladi (gipertoniya). Spongospora – avlod – bu avlod kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi sporalar zararlangan xujayralarda yopishgan holda bo‗ladi. Avlod vakili – Spongospora. Avlod vakili - Spongospora subtiraniae (kartoshkada parsha) kasalligini hosil qiladi. Bu zamburug‗ o‗simlikning yer osti qismini zararlab, tuganaklarida, ildizlarida qo‗shimcha ildizlar g‗adir – budur shishlar hosil qiladi. Oomitsetlar (Oomycetes) — zamburugʻlar sinfi (boshqa maʼlumotlarga koʻra, kenja sinf). Suvda va quruqlikda oʻsadi. Mitseliysi hujayrasiz; hujayra pusti sellyuloza va glyukandan iborat boʻlishi bilan boshqa zambu-rugʻlardan farq qiladi. Jinssiz zoospora yoki konidiya hosil qilish; jinsiy — oogamiya orqali koʻpayadi. Anteridiy koʻp yadroli, sharsimon oogoniyda 1 yoki bir nechta tuxum hujayra yetiladi. Urugʻlangan tuxum hujayralar oosporalarga aylanadi. Ulardan bahorda zoosporalar, murtak zoosporangiyli kalta oʻsish giflari hosil boʻladi. 4 ta tartibi (saprolegninsimonlar; leptomisimonlar, lagenidsimonlar, peronosporalilar), 350 turi mavjud. Tuban Oomitsetlar — saprotrof, organik moddalarga boy chuchuk suvlarda yashaydi. Koʻpchilik Oomitsetlar hayvonlar murdasi va boshqa organik krldiklarda uchraydi, ayrim turlari baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar uvildiriqlarida, kasallangan baliqchalar va itbaliklarda parazitlik qiladi. Quruklikdagi turlari yuksak oʻsimliklarning obligat paraziti, toʻqima ichida yashaydi, barg ogʻizchalaridan fahat ago-rangit (konidit) hosil qiluvchi qismi chiqib turadi. Jinsiy organlari va oosporalari ham endofit rivojlanadi. Baʼzi Oomitsetlar (mas, perenospora tokda kul, fitoftora kartoshkada chirish) kasalligini paydo qiladi. Oomitsetlar hujayra poʻstida xitin boʻlmaydigan sargʻish-yashil yoki xivchinli suv oʻtlaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Zigomitsetlar (Zygomycetes) -zamburugʻlar sinfi. Tanasi yaxshi rivojlangan koʻp yadroli mitseliy. Hujayra devori xitin va xitozan, baʼzan glyukandan iborat. Jinsiy jarayoni — zigosporalar hosil qiladigan zigogamiya (nomi shundan olingan). 75% turi geteratillik. Jinssiz koʻpayish organlari morfologik jihatdan xilmaxil. Sporalari harakatsiz, endogen usulda sporangiylarda yoki ekzogen usulda konidiylarda rivojlanadi. 4 tartib: mogʻorlar (Mucorales), endogonallar (Endogonales), entomoftorlar (Entomophtorales), zoopagallar (Zoopagales) ga 500 dan ortiq tur kiradi. Keng Tapkalgan. Tuproq va goʻngda saprotrof yashaydi, bir qancha turlari yuksak oʻsimliklar, boʻgʻimoyoqlilar va b. hayvonlar, odamlar paraziti; oziqovqat mahsulotlarida koʻpincha oq mogʻor shaklida uchraydi. Mogʻor, fikomitses va b. urugʻlarning ayrim turlaridan mikrobiologiya va oziqovqat sanoatida, entomoftoral turlaridan esa zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Askomitsetsimonlar, xal tachali zamburugʻlar (Ascomycetes) – maxsus xaltachalarda rivojlanib yeti-ladigan sporalar orqali koʻpa-yuvchi zamburugʻlar sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba‘zi turlari jinssiz yoʻl bilan turli konidial sporalar hosil qiladi. Zamburugʻ mitseliysi bir yadro (gaplofa-za) hujayrali va xaltacha hosil qiluvchi qoʻsh yadro (diplofaza) hujayrali giflardan iborat. A.ning eng sodda tuzil- gan vakillarida xaltacha bevosita zigo-taaan yetiladi; bunda giflarning ikki hujayrasi va hujayra yadrolari oʻzaro qoʻshilib, zigota hosil qiladi, zigota esa oʻz navbatida xaltachaga aylanadi. Ayni vaqtda kopulyatsiya tufayli yuzaga kelgan zigota yadrosi reduksiya yoʻli bilan ketma-ket boʻlina boradi. Shu tariqa ikki yoki uch boʻlinishdan soʻng toʻrtta yoki sakkiz-ta gaploid yadrolar, ularning yonida esa shu yadrolar soniga teng keladigan asko-sporalar hosil boʻladi. Bunda zigotadan bitta xaltacha yetiladi. Biroq koʻpchilik A.da (ayniqsa tanasidagi xaltachalari toʻda- toʻda boʻlib oʻrnashgan vakillarida) zigotadan bitta emas, bir nechta xaltacha hosil boʻladi. A. asosan tana tuzilishiga va qisman xaltacha shakliga mos holda boʻlinadi. Ular yalangʻoch xaltachalilar, ya‘ni tuban A. (Gymnoasci), mevaxalta- chalilar (Carpoasci) va lokuloaskomi-setlar (Loculoasci) deb ataluvchi uchta kenja sinfga hamda bir necha oilalarga boʻlinadi. Keng tarqalgan, koʻpchilik saprofitlar tuproqda, turli orga-nik qoldiqlarda uchraydi, oziq-ovqat mahsulotlarida koʻpayib, ularni buzadi. Lishayniklar tanasida yashaydigan barcha zamburugʻlar A.ga kiradi. Konidiya dav-rida koʻpchilik A. oʻsimlik, hayvonlarda parazitlik qiladi, sellyulozani va har xil sanoat mahsulotlarini yemirib za-rar keltiradi. A. mikrobiologiya sano-atida fermentlar, antibiotiklar va boshqa mahsulotlar olish maqsadida foydala-niladi. Bir qancha turlari (qoʻziqorin, strochok, tryufel va boshqalar)dan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Bazidiomitsetlar, bazidiyali zamburugʻlar (Basidiomycetes) — yuksak zamburugʻlar sinfi, jinsiy jarayonda maxsus jinsiy koʻpayish organlari — bazidiyalar hosil qilish xususiyatiga ega. Mitseliydagi mevali tanasi (kattaligi bir necha mm dan 1,5 m gacha) har xil shaklda. Mitseliy toʻsiqlarining oʻziga xos murakkab tuzilishi va mitseliyida yarim halqasimon harakatlar boʻlishi bilan boshqa zamburugʻlardan farq qiladi. Hujayralarning boʻlinishi tufayli yarim halqadan hosil boʻladigan hujayralarga qizlik yadrolar oʻtadi. Koʻpchilik B. geteratallik xususiyatiga ega. Ularga 3 kenja sinf va 18 tartib, shu jumladan afilloforlar (koʻpchilik isteʼmol qilinadigan va zaharli zamburugʻlar), gasteromitsetlar, qorakuya, zang zamburugʻlari va boshqa kiradi. 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Juda keng tarqalgan. Koʻpchilik turlari (qoʻziqorin, shampinon, oq zamburugʻ va boshqalar) isteʼmol qilinadi, baʼzilari (muxomor, oq poganka) zaharli. Koʻpgina B. saprotrof va oʻsimliklarning fakultativ parazitlari hisoblanadi. B. oʻsimlik qoldiqlarini parchalashda ishtirok etadi, oʻsimliklarda kasallik keltirib chiqaradi. Bir qancha turlari daraxtlar bilan mikoriza hosil qiladi. Ayrim turlari antibiotiklar ishlab chiqaradi. Daraxt tanasida uchraydigan poʻkak zamburugʻi daraxtni chiritadi. 2.3. 1-rasm. Sferiales tartibiga kiruvchi zamburug‘lar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling