Umumiy fizika kafedrasi
Download 0.99 Mb.
|
Mehnat xavfsiz.labor. S.U. 2023
Asosiy tushunchalar
Aralashma temperaturasi: Turli temperaturali suvlar aralashmasining θtemperaturasini aniqlaymiz. Sovuq suv t1 temperaturadan θ ga isiganda olgan issiqlik miqdori (4) Issiq suv t2 temperaturadan θ gacha isiganda olgan issiqlik miqdori: (5) Issiqlik balans tenglamasini tuzamiz. Agar turli temperaturali ikki modda bir biriga tutashtirilsa, issiqlik almashinuvi jarayonidan keyin bu moddalar orasidagi temperaturalar farqi nolga teng bo’ladi. Aralashmaning temperaturasini aniqlash uchun quyidagi qoida qo’llaniladi: (6) bu yerda с- moddaning solishtirma issiqlik sig’imi; m1 va m2 ularning massalari; mosravishda ularning temperaturalari, θ- esa aralashmaning umumiy temperaturasi.Turli temperaturali moddalarni aralashtirish bo’yicha tajribalarda issiq jismdan berilgan issiqlik miqdori, sovuq jism olgan issiqlik miqdoriga teng. Ko’rilayotgan holda, issiq suv bergan issiqlik miqdori Q1, sovuq suv olgan issiqlik miqdoriga Q2 teng, ya’ni Q1 = Q2. Agar suvning solishtirma issiqlik sig’imi c ma’lum bo’lsa, unda turli massali suv aralashmasining temperaturasi (6) formula yordamida quyidagi formula bo’yicha hisoblanishi mumkin: c= 4,19 kJ/(kgK) ( 7) Tajriba qurilmasi 1-rasmda ko’rsatilgandek tajriba qurilmasini tayyorlang. 1-rasm. Suv aralashmasi temperaturasini tajribada aniqlash qurilmasi 2-rasm. Tajriba qurulmasi. Ishni bajarish tartibi 1. Dyuar idishini toroziga qo’ying va uni bo’sh holatda torting. 2. Unga temperaturasi 600 gacha qizdirilgan,m2=0,1 kg massali suv quying. 3. Oldin sovuq suvning temperaturasini t1 aniqlang va keyin kalorimetr ichidagi suvning temperaturasini t2 aniqlang 4. Kalorametrga m1=0,15 kg massali sovuq suv qo’shing. 5. Suvni aralashtiring va aralashmaning temperaturasini θ o’lchang. 6.Tajribani sovuq suv va issiq suv massalarining boshqa nisbatlari uchun qaytaring. 7. Tajribani 3-4 marta takrorlang va ularning xatoliklarini hisoblang. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling