Umumiy fizika kafedrasi


Download 0.99 Mb.
bet9/21
Sana23.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1289790
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Mehnat xavfsiz.labor. S.U. 2023

Ishni bajarish tartibi:



  1. Taxta va shtativ yordamida qiya tekislik hosil qiling. (1-rasm)

  2. Qiya tekislikning balandligi va uzunligini o’lchang.

  3. Dinamometr yordamida brusokning og’irligini o’lchang.

  4. Brusokga dinamometrni ulab, uni qiya tekislik boylab yuqoriga tekis tortib boring. Dinamometr tortish kuchi ni ko’rsatadi.

  5. (5) formula yordamida qiya tekislikning F.I.K. ni aniqlang.

  6. Brusok ustiga og’irligi ma‘lum bo’lgan yuklar qoyib, tajribani 3-4 marta takrorlang.

  7. F.I.K. ning o’rtacha qiymatini va absolyut xatoliklarni, absolyut xatoliklarning o’rtacha qiymatini va / nisbiy xatoliklarni hisoblang.

  8. Tajriba natijalarini jadvalga yozing.

  9. Natijani ko’rinishda yozing.




















,
%

,
%

,
%









































Savol va topshiriqlar

  1. Mexanik ish deb qanday kattalikka aytiladi? Ish qanday birliklarda o’lchanadi?

  2. F.I.K. deb nimaga aytiladi?

  3. Quvvat va energiya deb qanday kattaliklarga aytiladi? Ularning birliklarini ayting?

  4. Kinetik va potentsial energiyalarni qoidasi va formulasini ayting?

  5. Mexanikada energiyaning saqlanish qonunini ayting?

  6. Umumiy ish va foydali ish deganda nimani tushunasiz?

  7. Qiya tekislikning F.I.K. ni qanday oshirish mumkin?

  8. Og’irlik kuchining bajargan ishi qanday?


Laboratoriya ishi №4
Suv aralashmasining temperaturasini aniqlash.
Ishni bajarishdan maqsad: Temperaturalari t1 va t2 bo’lgan, m1 va m2 massali suv miqdorlarini kalorimetrda aralashtirish va aralashmaning temperaturasini θ aniqlash.
Kerakli asbob va materiallar: 1 Dyuar idishli kalorimetr, Temperaturani o’lchash uchun raqamli аsbob-, Temperatura datchigi, O’quv laboratoriya torozisi, Menzurka, 400 ml, Saqlovchi to’r, qizdirish uchun rezistor (elektroplitka).


Ishni nazariyasi
Har qanday jismda atom va molekulalarning o‘zaro ta’siri va uzluksiz harakatlari jismning issiqlik holatiga bog‘liqdir. Jismning temperaturasi ko‘tarila borishi bilan Broun harakati, idish devorlariga ko‘rsatadigan bosim va diffuziya tezligi orta boradi.Bu esa jismning issiqlik holati molekulalarning tartibsiz harakat tezliklari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shuning uchun molekulalarning xaotik haraatiga issiqlik harakati ham deyiladi. Jismni tashkil qilgan molekulalarning har biri issiqlik harakati hisobiga kinetik energiyaga ega bo‘ladi. Ular orasida o‘zaro ta’sir kuchlari sabali jismni tashkil qilgan molekulalar potensial energiyaga ham ega bo‘ladi.Jismni tashkil qilgan molekulalarning kinetik va potensial energiyalarining yig‘indisiga jismning ichki energiyasi deyiladi. Har qanday jismning ichki energiyasi issiqlik holatiga bog‘liq bo‘lib, jismni issiqlik holatining o‘zgarishi bilan ichki energiyasi o‘zgaradi.Jismni issiqlik holatini uni temperaturasi belgilaydi. Jismning temperaturasi molekulalarning kinetik energiyasiga bog‘liq: moleklalarning kinetik energiyasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, jismni temperaturasi shunchalik yuqori bo‘ldadi.
Mexanik ish bajarmasdan jismlar bilan atrofdagi muhit orasidagi ichi energiyaning almashinishiga issiqlik almashinish deyiladi. Issiqlik almashinish jismlarning bir-biriga tegib turganda va bir-biridan ma’lum uzoqlikda bo‘lganda sodir bo‘lib, bunda jismlarning ichki energiyasi o‘zgaradi.
Jismni issiqlik almashish protsessida ichki energiyaning o‘zgarishiga berilgan yoki olingan issiqlikga issiqlik miqdori deyiladi va Q harfi bilan belgilanadi.Q issiqlik miqdori issiqlik almashinish protsessida berilgan yoki olingan energiya miqdorini belgilaydi. Issiqlik miydorini o‘lchov birligi qilib kaloriya qabul qilingan edi.
1 kaloriya deb, 1 g distillangan suvni 19,50С dan 20,50С cha isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. 1 kaloriya issiqlik miqdori 4,19 J ishga ekvivalent. 1 kal=4,19 J.
Tabiatda issiqlik almashish hodisasi issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurlanish va konveksiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tajriba ko‘rsatadiki, berilgan jismni isitish, ya’ni ichki energiyasini oshirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik Q miqdori uning qizish temperaturasi ga proporsional bo‘ladi., ya’ni
(1)
jismning boshlang‘ich va oxirgi temperaturasi. С-moddaning issiqlik sig‘imi, moddaning tarkibi va massasiga bog‘liqdir. (1) formulaga asosan moddaning issiqlik sig‘imi qo‘yidagiga teng bo‘ladi.
(2)
Moddaning solishtirma issiqlik sig‘imi esa quyidagiga teng bo‘ladi:
(3)
bu yerda с-moddaning solishtirma issiqlik sig‘imi bo‘lib, u moddaning tarkibiga bog‘liq bo‘lib, har xil moddalar uchun turlicha qiymatga ega. Moddalarning solishtirma issiqlik sig‘imi va boshqa issiqlik kattaliklarini aniqlashda kalorimetr usulidan foydalaniladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling