Umumiy fizika kafedrasi


Download 0.99 Mb.
bet7/21
Sana23.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1289790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Mehnat xavfsiz.labor. S.U. 2023

Savol va topshiriqlar

  1. Matematik mayatnik deb nimaga aytiladi?

  2. Nima uchun mayatnikning muvozanat vaziyatdan 5-6 gradus burchakka og’dirish mumkin. Undan kattaroq burchakka og’dirsak nima bo’ladi?

  3. Tajribada matematik mayatnikning tebranish davri qanday aniqlanadi?

  4. Mayatnikning tebranishlari nima uchun so’nuvchan bo’ladi?

  5. Fizik mayatnikning keltirilgan uzunligi deganda nimani tushunasiz. Nima uchun mayatnikning to’la tebranishlar sonini ko’p olish kerak?

  6. Fizik mayatnikning tebranish markazi deb nimaga aytiladi? Uni qanday aniqlash lozim.

  7. Tebranishlar deb nimaga aytiladi va ularni qanday turlarini bilasiz?

  8. Majburiy va xususiy tebranishlarga ta’rif bering.


Laboratoriya ishi №2
Qattiq jismlarning zichligini gidrostatik tortish vositasida toppish


Ishni bajarishdan maqsad: gidrostatika qonunlari bilan tanishish, qattiq jismlar zichligini gidrostatik tortish usuli bilan aniqlashni о‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: prujinali tarozi (dina­mometr), toza suvli kengroq idish, zichligi aniqlanishi lozim bо‘lgan qattiq jism bо‘laklari, ingichka ip yoki sim.


Ishni nazariyasi
Jismlar о‘zaro ta’sirlashganda ularning tezligi о‘zgaradi. О‘zaro ta’sir natijasida tezligi kamroq о‘zgargan jism tezligi kо‘proq о‘zgargan jismga qaraganda inertliroq deyiladi. Jismning inertlik deb ataluvchi bu xossasi maxsus kattalik bilan ifodalanadi. Bu kattalik- massadir. Demak, jismning massasi uning inertligini ifodalovchi kattalikdir. Massaning о‘lchov birligi sifatida platina va iridiy qotishmasidan maxsus tayyorlangan silindr massasi qabul qilingan. Bu birlik kilogramm deb ataladi. Turli materialdan tayyorlangan hajmi bir xil jismlar har xil massaga ega. Bir xil materialldan tayyorlangan har xil hajmga ega bо‘lgan jismlarning massasi hajmga tо‘g‘ri proporsionaldir. Massaning hajmiga nisbati esa hajmga bog‘liq emas va moddani xarakterlovchi kattalik bо‘lib xizmat qiladi.
Modda massasining uning hajmiga nisbatiga teng kattalik moddaning zichligi deyiladi:
(1)
bunda -moddaning zichligi. Birliklarning xalqaro sistemasida zichlik birligi qilib qabul qilingan. Qattiq jism zichligini gidrostatik tortish usuli bilan aniqlashda jismning avval havodagi og‘irligi aniqlanadi. Keyin jism suvda tortilib, uning suvdagi og‘irligi aniqlanadi.
(2)
Arximed qonuniga kо‘ra suyuqlik (yoki gaz) ga botirilgan jism о‘zi siqib chiqargan suyuqlik (yoki gaz) ning og‘irligiga teng kuch bilan pastdan yuqoriga itariladi. Bunda ya’ni jism siqib chiqargan suvning og‘irligi. Ikkinchi tomondan
(3)
bunda — suvning zichligi, — jismning yoki u siqib chiqargan suvning hajmi,
— erkin tushish tezlanishi.
(4)
—jismning massasi, — jismning izlanayotgan zichligi. (2), (3), (4) ni hisobga olib
(5)
Bundan:
(6)
(6) ifodani qо‘yidagicha yozish mumkin:
(7)
Bunda M1-jismning massasi, M2-jismni suvda tortganda muvozanatlovchi toshlar massasi.
Qurilmaning tuzilishi. Gidrostatik tortish uchun mо‘ljallangan tarozilar “K” prizmaga о‘rnatilgan shayinga ega. (1-rasm). Buning K1va K2 prizmalarga B1va B2 pallalar osilgan bо‘lib, K1, K2 va K prizmalarning qirralari bir ufqiy tekislikda yotadilar. Tarozi shayinining og‘irlik markazi tayanch nuqtalaridan pastda joylashganligi uning muvozanatini ta’minlaydi.
Tarozini ishlatish uchun A arretir bо‘shatiladi. Bunda tarozi strelkasi S tarozi shkalasi N ning о‘rta qiymatini (chapga va о‘nga bir xil qiymatlarga og‘ishi kerak) kо‘rsatishi kerak edi. Lekin prizmalar qirralari ufqiy sirt ustiga yotib, ularda ishqalanish juda kam bо‘lganligi uchun strelkaning shkala bо‘ylab tebranishi uzoq vaqt davom etadi. Har gal tarozi tortishdan oldin yuk qо‘yilmagan tarozining muvozanat vaziyatini, ya’ni N shkaladagi S strelka tо‘xtaydigan y e0 chiziqni aniqlash zarur. Bu chiziq tarozining ishlab turgan vaqtdagi nol nuqtasi analitik tarozining nol nuqtasidek aniqlanishi kerak. Nol nuqtani aniqlash uchun arretir bо‘shatilib, strelkaning о‘ngga va chapga bir necha tebranishlaridagi shkala bо‘ylab chetlanish ai lar qayd qilinadi. Bunda nol nuqta qо‘yidagi ifodadan aniqlanadi;

bu yerda a1 va a3 –shkalaning chap tomondagi chiziqlari, a2 –esa,о‘ng tomondagisi, shu usulda nol nuqta aniqlangandan sо‘ng tortishga о‘tish mumkin.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling