Umumiy fizika kursidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv qo‘llanma


Download 0.71 Mb.
bet12/32
Sana09.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#258488
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot

TEBRANISH VA TO‘LQINLAR

Har qanday takrorlanuvchi jarayonga tebranish deyiladi. Teng vaqtlar ichida takrorlanadigan tebranishlarga davriy tebranishlar deyiladi. Ichki kuchlar ta’siri tufayli vujudga keladigan tebranishlarga erkin tebranishlar deyiladi. Tashqi kuchlar ta’sirida vujudga keladigan tebranishlarga majburiy tebranishlar deyiladi.

Tebranma harakat tenglamasi sinus yoki kosinus qonuniga buysunadigan tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi.

Garmonik tebranishlar: yoki garmonik tebranish tenglamasi.

xm – A - tebranuvchi nuqtaning muvozanat holatidan maksimal siljishiga amplituda deyiladi.

Tebranish tezlikning proeksiyasi:

Tebranish tezlanishining proeksiyasi:

Tebranish davri va chastotasi: ;

T- bir marta to‘la tebranish uchun ketgan vaqtga davr deyiladi.

; n – tebranishlar soni.

Matematik mayatnik davri va chastotasi:



-siklik yoki doiraviy chastota deyiladi.

Prujinali mayatnik davri va chastotasi:

To‘lqin energiyasi:

Deformatsiyalangan jismning potensial energiyasi:

To‘lqin uzunligi va tezligi:

Tovush intensivligi:

Odam qo‘log‘i 17-20000 Gs chastota intervalida eshitadi.

Tebranma harakatning muhim turlaridan biri elektromagnit tebranishlardir. Bunday tebranishlarning vujudga kelishi uchun asosiy shart davriy o‘zgarib turuvchi elektr va magnit maydon mavjudligidir.

O‘zaro bog‘liq bo‘lgan va biri ikkinchisi uchun manba bo‘la oladigan elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan maydon elektromagnit maydon deyiladi.

Elektr va magnit maydonlarning davriy ravishda o‘zgarib, biri ikkinchisi bilan almashinib turish hodisasi elektromagnit tebranishlar deyiladi.

Elektromagnit tebranishlarni tebranish konturida vujudga keltirish va kuzatish mumkin.

Ketma –ket ulangan kondensator va induksion g‘altakdan iborat sistema tebranish konturi deyiladi.



Kondensator zaryadi va uning qoplamalaridagi potensiallar farqi yoki konturdagi tok bitta to‘la davriy o‘zgarishi uchun lozim bo‘lgan vaqt oralig‘i erkin,ya’ni xususiy elektromagnit tebranishlar davri deyiladi.

Agar aktiv qarshilik bo‘lmasa, konturning to‘la energiyasi kamaymaydi va tebranish cheksiz uzoq davom etadi. Bunday tebranishlar so‘nmas elektromagnit tebranishlar deyiladi. So‘nmas elektromagnit tebranishlarning davri quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bu formula Tomson formulasi deb ataladi. Bu erda L –g‘altakning induktivligi, S – kondensatorning sig‘imi.

Matematik mayatnikning tebranish davri mayatnikning massasiga va amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagani singari , elektromagnit tebranishlarda ham tebranish davri zaryadga yoki potensiallar farqiga bog‘liq emas.

Elektromagnit tebranishlar chastotasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qanday konturda aktiv qarshilik mavjud. Shu sababli, tebranish energiyasining ma’lum qismi issiqlik energiyaga aylanadi buning natijasida tebranma harakat so‘nadi.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling