Umumiy fizika kursidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv qo‘llanma


Download 0.71 Mb.
bet9/32
Sana09.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#258488
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot

9. ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HODISASI.

MAGNIT OQIMI

Magnit maydonning muhim xarakteristikalaridan biri magnit induksiya oqimi tushunchasidir. Yuzi S bo‘lgan sirt orqali o‘tadigan magnit induksiya oqimi F deb magnit induksiya vektorining moduli, S yuz hamda B va n vektorlar orasidagi burchak kosinusining ko‘paytmasiga teng bo‘lgan miqdorga aytiladi.



,

Bunda n – sirtga o‘tkazilgan normal, S-kontur ko‘ndalang kesimining yuzi, α-kontur tekisligiga tushirilgan normal bilan magnit maydoni yo‘nalishi orasidagi burchak. Agar magnit kuch chiziqlari S yuzni perpendikulyar yo‘nalishda kesib o‘tayotgan bo‘lsa, u holda magnit oqimi



bo‘ladi, chunki cos 900 = 1.

Toroiddan o‘tuvchi magnit induksiyasi oqimi

,

Bunda N –toroid o‘ramlarining umumiy soni, l – toroidning uzunligi, S – toroid ko‘ndalang kesimining yuzi, µ - o‘zak materialining nisbiy magnit kirituvchanligi, µ0- magnit doimiysi (µ0= 12,57 10-7 gn/m).

Magnit induksiya oqimining SI sistemasidagi birligi qilib veber (Vb) qabul qilingan.

1Vb = 1Tl 1m2

1 Vb – magnit induksiyasi 1 Tl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda maydon yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda joylashgan 1 m2 yuzli yassi sirtni teshib o‘tadigan magnit oqimidir.

Elektromagnit induksiya hodisasini 1831 yilda Faradey kashf qilgan. Berk konturni o‘zgaruvchan magnit oqimi kesib o‘tsa, o‘tkazgichda induksiya E.YU.K. hosil bo‘ladi, hamda konturdan tok o‘tadi. Bunga elektromagnit induksiya hodisasi deyiladi.

O‘zgaruvchan elektr maydoni, o‘zgaruvchan magnit maydonini, o‘zgaruvchan magnit maydoni – o‘zgaruvchan elektr maydonini hosil qiladi.

Elektromagnit induksiya qonuni: Berk konturda hosil bo‘lgan E.YU.K., shu konturni kesib o‘tgan magnit oqimi o‘zgarishiga proporsional



.

Bu ifodadagi “ - ” ishora induksion tokning yo‘nalishi bu tokni vujudga keltirayotgan sababga qarshilik ko‘rsatadigan tarzda yo‘nalganligini, ya’ni Lens qoidasini aks ettiradi.

Kontur n ta o‘ramdan tashkil topgan bo‘lsa,

.

Magnit maydonida harakatlanayotgan o‘tkazgichda hosil bo‘lgan induksiya e.yu.k.



.

1833 yilda Lens induksion tokning yo‘nalishini aniqlash imkonini beruvchi qoidani taklif etdi. U quyidagicha ta’riflanadi. Berk knnturda paydo bo‘ladigan induksion tok shunday yo‘naladiki, bu tok hosil qilgan magnit induksiyaning o‘sha kontur bilan chegaralangan yuz orqali o‘tadigan oqimi magnit induksiya oqimining shu tokni yuzaga keltirishdagi o‘zgarishini kompensatsiyalashga intiladi.



Induksiya elektr yurituvchi kuchning SI dagi birligi:



SHuning uchun



kelib chiqadi. Demak, kontur yuzi orqali o‘tuvchi magnit oqim 1Vb/s tezlik bilan o‘zgarsa, konturda vujudga kelayotgan induksiya elektr yurituvchi kuchi 1V ga teng bo‘ladi.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling