8. AMPER VA LORENS KUCHLARI
Tokli o‘tkazgichga magnit maydon tomonidan qiladigan ta’sir kuchiga Amper kuchi deyiladi.
Bu erda FA - amper kuchi, B- magnit induksiyasi, l- o‘tkazgich uzunligi, I- tok kuchi, α – I bilan B orasidagi burchak. Amper kuchining yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi.
CHap qo‘l qoidasi quyidagicha: Agar chap qo‘lning 4 ta barmog‘i I tokning yo‘nalishida, V magnit kuch chiziqlarini kaftga tik kiradigan qilib joylashtirsak, 900 ga ochilgan bosh barmog‘imiz Amper kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Harakatlanayotgan zaryadli zarralarga magnit maydon tomonidan ta’sir qiladigan kuch Lorens kuchi deyiladi.
Bu erda FL -Lorens kuchi, q – zaryad, v- zarra tezligi, B- magnit induksiyasi, α – B va v orasidagi burchak.
Lorens kuchining yo‘nalishi ham chap qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. Agar chap qo‘limizning to‘rtta barmog‘imizni harakatlanayotgan musbat ( manfiy) zaryadlar harakat yo‘nalishida ochib magnit induksiyasi chiziqlari kaftimizga kiradigan (kaftimizdan chiqadigan) qilib joylashtirsak, 900 ga keriladi va bosh barmog‘imiz lorens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Lorens kuchi ish bajarmaydi, zarraning kinetik energiyasini va tezlik modulini ham o‘zgartirmaydi, faqatgina tezlik yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |