. ELEKTROMAGNITEZM
Bio – Savar –Laplas qonuni bo‘yicha, I tok o‘tayotgan kontur elementi dl fazoning biror A nuqtasida kuchlanganligi
ga teng magnit maydoni hosil qiladi, bunda r – tok elementi dl dan A nuqtagacha bo‘lgan masofa, α – radius vektor r bilan dl orasidagi burchak.
Bio – Sovar – Laplas qonunini turli ko‘rinishdagi konturlarga tadbiq qilib, quyidagilarni topish mumkin:
Doiraviy tok markazidagi magnit maydonning kuchlanganligi
,
bunda R- tokli doiraviy konturning radiusi.
CHeksiz uzun to‘g‘ri o‘tkazgich hosil qilgan magnit maydonning kuchlanganligi
,
bunda a –kuchlanganlik aniqlanadigan nuqtadan tokli o‘tkazgichgacha bo‘lgan masofa.
Doiraviy tok o‘qidagi magnit maydonning kuchlanganligi
,
bunda, R – tokli doiraviy konturning radiusi va a – kuchlanganlik aniqlanadigan nuqtadan kontur tekisligigacha bo‘lgan masofa.
Cheksiz uzun solenoid va toroid ichidagi magnit maydonning kuchlanganligi
,
bunda, n – solenoidning (toroidning) uzunlik birligidagi o‘ramlari soni.
Magnit induksiyasi B magnit maydoni kuchlanganligi H bilan quyidagicha bog‘langan:
,
bunda, μ – muhitning nisbiy magnit kirituvchanligi va μ0 –magnit doimiysi bo‘lib qiymati
μ0 = 4π 10-7 gn/m = 12,57 10-7 gn/m
Magnit maydon energiyasining hajm zichligi
.
Konturdan o‘tuvchi magnit induksiyasi oqimi
Ф=BS cos .
bunda S –kontur ko‘ndalang kesimining yuzi, - kontur tekisligiga tushirilgan normal bilan magnit maydoni yo‘nalishi orasidagi burchak.
Do'stlaringiz bilan baham: |