Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. I.V.Savelyev. “Umumiy fizika kursi”. I qism. T.O‟qituvchi. 1973 y. 7-8
betlar.
2. O.Ahmadjonov. Fizika kursi. T.O‟qituvchi. 1985 y.
9-Ma’ruza. Qanday qonunlarga bo’yso’nuvchi gaz ideal gaz deb ataladi?
Ideal gaz qonunlari.
Oldin ideal gaz deganda qanday gaz ko‟zda tutilishiga to‟xtalib o‟taylik. Ideal
gaz deb, molekulalari o’zaro elastik sharlardek to’qnashadigan, molekulalarini
o’lchamlari juda ham kichik va molekulalar ora-sida o’zaro ta’sir kuchlari
hisobga olinmaydigan gazga aytiladi.
Boyl-Mariott qonuni.
Bir-biridan mustaqil holda 1662 yilda ingliz olimi Boyl va 1667 yilda
fransuz olimi Mariott izotermik jarayon uchun quyidagi qonunni kashf etdilar:
o’zgarmas temperaturada (t = const) ma’lum massali gazni bosimi hajmga teskari
proporsional holda o’zgaradi:
PV = const
(1.1)
Turli temperaturalar uchun (13.1) formulaning grafigi giperbolalardan iborat
bo‟ladi (13.2-rasm).
Bu giperbolalarga izotermalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |