10
10-amaliy mashg’ulot. Molekulalarning temperaturalar termodinamik
shkalasi mutloq nolining fizik ma'nosini tushuntiring
Sistema temperaturasini miqdor jihatdan baholash uchun temperatura
shkalalaridan foydalanidi. Xalqaro birliklar tizi-mi (SI)da temperaturaning
absalyut termodinamik shkalasi (Kelvin shkala) ishlatiladi. Bu shkalada suvning
uchlanma nuqtasini (uchlanma nuqta deganda ayni bir moddaning qattiq, suyuq,
gazsimon fazalari o‟zaro muvozanatda bo‟ladigan temperatura tushuiniladi)
xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulushi 1 Kelvin (K) deb
qabul qilingan. SIda shved fizigi nomi bilan ataluvchi Selsiy shkalasi ham
qo‟llaniladi, normal bosim ostidagi muzning erish temperaturasi va normal bosim
ostidagi suvning qaynash temperaturasining farqini teng 100 qismga bohlingan va
uni 0,01 qismiga 1
0
S deb nom berilgan. Selsiy gradusi miqdor jihatdan Kelvin
gradusiga teng. Suvning uchlanma nuqtasining temperaturasi Kelvin shkalasida
273,16 K ga teng deb olindi va uni absolyut shkalaning etalon nuqtasi sifatida
qabul qilindi. Mazkur shkalada muzning erish va suvning qaynash temperaturalari
mos holda 273,16 K va 373,16K ga teng. Kelvin shkalasi bilan Selsiy shkalasi
orasida quyidagicha bog‟lanish bor:
T = t + 273,16
t = T - 273,16
Odatda T absolyut temperatura, t ni esa Selsiy tempearturasi deyiladi.
Shuni aytib o‟tish kerakki, ayrim mamlakatlarda boshqa temperatura
shkalalaridan ham foydalaniladi. Masalan, Angliya va AQShda Farengeyt shkalasi
(unda muzning erish temperatrurasi 32
0
, suvning qaynash temperaturasi esa 212
deb olinadi), Fransiyada Reomyur shkalasi (unda suvning muzlash va qaynash
temperaturalari mos holda O
0
R va 80
0
R deb olinadi) qo‟llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: