3. Potentsial maydondagi zarrachalar uchun Bolsman taqsimot qonuni va
barometrik formula.
Maolumki, tashqi ta‟sirlar bo‟lmasa biror idishdagi gaz muvozanat holatga
keladi. Uning hamma nuqtalaridagi temperatura va bosim bir xil bo‟ladi. Idishda
bir necha xil gaz aralashmasi (masalan, havo) bo‟lsa ham idishning hamma
nuqtalarida uning tarkibi bir xil bo‟ladi. Lekin gazga tashqi potentsial maydon
ta‟sir etayotgan bo‟lsa, manzara o‟zgaradi. Masalan, Yerning atrofidagi havo
qatlami (atmosfera) Yerning tortish kuchi ta‟sirida bo‟ladi. Agar Yerning tortish
kuchi ta‟sir etmaganda havo molekulalarining issiqlik harakati tufayli ular olam fa-
zosiga tarqab ketgan bo‟ladi. Agar tortish kuchi bo‟lsa-yu, molekulalarni issiqlik
harakati bo‟lmasa, barcha molekulalar Yer sirtida yupqa qatlam xosil qilib
to‟planib qolar edi. Yerning tortish kuchi va molekulalarning issiqlik harakati
borligi uchun Yer atmosferasi (havo qatlami) hozirgi ko‟rinishda mavjud. havo
molekulalarning balandlik bo‟yicha taqsimlanishiga shu ikki sabab ta‟sir
ko‟rsatadi. Molekulalarni taqsimotini ifodalovchi statistik qonuniyatni aniqlaylik.
Yer sirtining dengiz sathidan h
0
balandlikdagi
sohasida atmosfera bosimi r
o
, birlik hajmdagi
molekulalar soni n
0
bo‟lsin. Yer sirtidan h
balandlikda birlik hajmda n molekula bor deb
hisoblaylik. Atmosferaning h balandlikdagi
sohada qalinligi dh, asos yuzi S = 1м
2
bo‟lgan
tashqi slindrsimon elementar qatlamni hayolan
ajratamiz.(14.5-rasm). Bu qatlamning quyi va
2.5- rasm. yuqori asoslariga ta‟sir etadigan atmosfera bosimining
qiymatlarini mos ravishda r va r + dr deb belgilaylik.
S
b
d
a
14.4-расм .
dh
Do'stlaringiz bilan baham: |