Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Tajriba maqsadi: Spektrometr prizmasini sozlash. He-lampa bilan spektrometr 
prizmasini kalibrlash. “Noʻmalum” chiziqli spektrni oʻlchash. Noʻmalum yorugʻlik 
manbaini aniqlash. 
Qisqacha nazariya: Yorugʻlik bilan uygʻotilgan inert gazlar va metall bugʻlari 
spektral chiziqlar, ya′ni mos element uchun xarakterli boʻlgan konkret toʻlqin 
uzunliklar toʻplamini chiqaradi. Bu toʻlqin uzunliklarni aniq oʻlchash orqali, biz 
yorugʻlik manbaining xarakteri haqida asosli xulosalar qilishimiz mumkin. Bu 
spektral chiziqlarni ajratish uchun biz prizmadan foydalanishimiz mumkin. Bu 
ishda sindirish koʻrsatgichi n prizma materialiga bogʻliqligidan foydalaniladi 
(mazkur holda rangsiz shisha). 
Yorugʻlik nurlari prizmada sinib, toʻlqin uzunliklariga bogʻliq ravishda prizmada 
turli darajada ogʻadi. Spektrning koʻrinish diapazonidagi qisqa toʻlqinli yorugʻlik 
uzun toʻlqinligi yorugʻlikga qaraganda koʻproq ogʻadi.
Prizmali spektrometrda kengligi va balandligini oʻzgatirish mumkin boʻlgan 
vertikal tirqishdan S chiqqan yorugʻlik sochilgan holda tarqaladi va 𝑂
1
obyektivning linzasiga tushadi: tirqishdan ungacha boʻlgan masofa uning fokus 
masofasiga ekvivalent (95-rasmga qarang). Tirqish va linza birgalikda kollimatorni 
tashkil qiladi. Obyektivdan keyin, yorugʻlik parallel dasta sifatida R prizmaga 
tushadi, ya′ni prizmaga barcha nurlar bitta burchak ostida tushadi. Prizma 
yorugʻlikni sindiradi va har bir toʻlqin uzunlikli nur turli burchakka ogʻadi. Va 
nihoyat, ikkinchi 
𝑂
2
obyektivning linzasida ma′lum toʻlqin uzunlikli barcha 
parallel nurlar fokuslanib, obyektivning fokal tekiligida S tirqishning obrazini hosil 
qiladi. Shunday qilib, toza spektr fokal tekislikda shakllanadi va biz uni Oʻ okulyar 
yordamida kuzatishimiz mumkin. 
𝑂
2
obyektiv linza va Oʻ okulyar birgalikda 
fokuslanishi cheksiz boʻlgan astronomik teleskopni tashkil qiladi.


244 
Prizma shunday oʻrnatiladiki, spektrning oʻrtacha toʻlqin uzunliklari (500 - 600 nm 
ga yaqin) uchun nurning yoʻli simmetrik va ogʻish minimal boʻlsin. Bu oʻz 
navbatida spektral ajrata olishni oshiradi. Teleskop ogʻish burchagini oʻlchash 
mumkin boʻladigan qilib aylanma richagga oʻrnatilgan.
Teleskop burilganda, okulyar fokal tekisligida joylashgan okulyar kesishma viziri 
alohida spektral chiziqlarda boʻladi. Burchakni va shu bilan chiziqlarning nisbatan 
oʻrnini oʻlchash uchun, teleskop graduirovka aylanasi bilan birgalikda (disk 
shkalasi yarim gradus boʻlinmalari bilan) goniometr bilan ta′minlangan. Nonius 
chiziqlar oʻrnini burchak minuti darajasi aniqligida oʻlchashga imkon beradi. 
Sindirish koʻrsatgichi n bilan toʻlqin uzunligi λ orasidagi bogʻlanish chiziqli emas. 
Agar noʻmalum yorugʻlik manbaining toʻlqin uzunligini prizmadan oʻtishdagi 
ogʻish bilan aniqlansa, spektrometrni oldin kalibrlash kerak. Bunga spektral 
chiziqlari spektrning toʻliq koʻrinuvchan sohasida taqsimlangan va ma′lum boʻlgan 
lampa yordamida erishiladi. Olingan kalibrlash egriligidan foydalanib, noʻmalum 
yorugʻlik manbaining mos toʻlqin uzunliklariga tegishli spektral chiziqlarni 
aniqlash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling