Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Kerakli asbob va jihozlar:
1. Kalorimetrik kamera (389 29) – 1ta 2. Kalorimetrik kamera uchun qurilish materiallari (389 30) – 1ta 3. Transformator 2 12 V; 120 Vt (521 25) – 1ta 4. Datchik-CASSY 2 (524 013) – 1ta 5. CASSY Lab 2 (524 220) – 1ta 6. NiCr-Ni Adapter S, Tip K (524 0673) – 1ta 81 7. NiCr-Ni – temperatura datchigi,1.5 mm, Tip K (529 676) – 2ta 8. Biriktiruvchi simlar 19 A, 50 sm, qora, juft (501 451) – 1ta 9. Biriktiruvchi simlar 32 A, 100 cm, qora (501 33) – 4ta 10. Muz 11. Yupqa plastikli plyonka PK Windows XP/Vista/7/8 – 1ta Tajriba qurilmasi a) Quvvatni oʻlchash 26-rasm. Elektroplitkaning quvvatini aniqlash. 26-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. Odatda tajribani boshlashdan oldin, elektroplitkaning quvvatini P aniqlash kerak. Buning uchun kalorimetrik kamerani qurilish materiali plastinkasisiz qisqa vaqt ulang. Elektroplitkani kalorimetrik kameraga joylashtiring. Biroq hali transformatorni ulamang! 26-rasmda tasvirlaganidek kuchlanish va tok kuchini oʻlchash uchun transformator va kalorimetrik kamerani CASSY datchigiga (Sensor-CASSY) ulang. b) Temperaturani oʻlchash. 25-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. • Elektroplitkani kalorimetrik kameraga joylashtiring. • Qurilish materiali plastinkasini kalorimetrik kameraga joylashtirish uchun tayyorlang. • Qurilish materiali plastinkasida oʻrnatish uchun moʻljallangan aylana oʻyiqlar ichiga, issiqlik oʻtkazuvchi pastadan foydalanib, alyuminiyli kontakt disklarni 82 oʻrnating. Oʻrnatishda kontakt diskda qilingan belgi oʻyiqdagi chiziq bilan mos kelsin. • Kontakt disklarni oʻrnatishda faqat issiqlik oʻtkazuvchi pastadan foydalaning. Diqqat bilan, egmasdan, yupqa alyuminiy plastinani (qalinligi 0.3 mm) qora tarafi bilan qurilish materiali • Namunasining issiqlik oʻtkazuvchi pasta surilgan tashqi tomoniga oʻrnatib, bu ikki plastinani bir biriga qising. • Bu amalni qurilish materiali namunasining boshqa tomoni uchun ham bajaring. • Diqqat bilan, egmasdan, temperatura datchigining uchini rezinali tiqindagi teshik (diametri 1.5 mm) orqali siljiting. Uni hali kalorimetrik kameraga oʻrnatmang! • Tayyor qurilish materiali namunasini ochiq kameraga oʻrnating va temperatura datchiklarini asosga hamda namuna ustiga qoʻying. Agar qurilish materiali namunasini koʻtarishga ehtiyoj tugʻilsa, ilgakli tutgichdan foydalaning. • Adapter NiCr-Ni S dan foydalanib, 25-rasmda keltirilganidek qilib, temperatura datchigini SASSUga ulang. • Transformatorni elektroplitka bilan ulang. Hali transformatorni ishga tushirmang! • Kalorimetrik kamerani yupqa va suv oʻtkazmaydigan plastmassali plyonka (masalan, plastmassa oʻram) bilan qoplang. Muz kubiklarili sumkani alyuminiy plastinaning tepasiga qoʻying. Suv kameraga kirib ketmasligiga yoki kabellar bilan kontaktlashmasligiga amin boʻling. Eslatmalar: Sumka juda kichik boʻmasligi kerak. Muz iloji boricha alyuminiy plastina bilan zichroq kontaktlashuvi kerak. Muz kubiklari qanchalik kichik boʻlsa, qurilish materiali namunasi bilan muz shunchalik yaxshi kontaktlashadi. Sumkaga zarar yetkazmaydigan qilib joylashtiriladigan ogʻir obyekt ham foydadan xoli emas. Tajribani oʻtkazish tartibi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling