Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Kerakli asbob va jihozlar:
1. Quyosh kollektori (389 50) – 1ta 2. Quvvati 1000 W, och tusli choʻgʻlanma lampa (450 72) – 1ta 3. Suv nasosi STE2/50 (579220) – 1ta 4. Boshqariladigan past kuchlanishli kuchlanish transformatori S (521 35) – 1ta 5. Uzunligi 100 sm bir juft kabel (qizil/sariq) (501 46) – 1ta 86 6. Mobil CASSY524 (009) – 1ta 7. K tipli NiCr-Ni- Adapter S (524 067) – 1ta 8. NiCr-Ni-temperatura datchigi, 1,5 mm, K tipli (529 676) – 1ta 9. Poʻlatli oʻlchash poloskasi, 2 m (31177) – 1ta 10. Taymer (31317) – 1ta 11. V shaklsimon shtativ asosi, 20 sm (300 02) – 1ta 12. Shtativ ustunchasi 25 sm,.12 mm (300 41) – 1ta 13. Shtativ ustunchasi 47 sm, 12 mm (300 42) – 1ta 14. Shtativ ustunchasi 75 sm, 12 mm (300 43) – 1ta 15. Multi qisqichlar Leybold (301 01) – 1ta 16. Universal tutgich 0...80 mm (666 555) – 1ta 17. Plastik stakan (59006) – 1ta 18. Silikon quvurlar 5 mm ,1m (604 431) – 1ta 19. Silikon quvurlar 6 mm ,1m (604 432) – 1ta 20. Silikon quvurlar 8 mm ,1m (604 434) – 1ta 21. Bevosita ulagich, 6/8 mm (665 226) – 1ta Tajriba qurilmasi: 27-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. Nakonechniklar bilan quvurlarni ulash uchun mos silikon quvurlar va ulagichlardan foydalaning. Suv nasosini shunday ulangki, u suvni quyosh kollektorining tubidan quyosh kollektori orqali haydasin, ya′ni nasos nakonechnigini kirish kamerasining nakonechnigi bilan ulash kerak. Temperatura datchigini bevosita rezinali jipslagich yordamida quyosh kollektorining chiqish kamerasidagi, 1,5 mm qilib parmalangan teshikka oʻrnating. Temperaturani oʻlchashning bu bandi quyosh kollektorini qizib ketishining oldini olish uchun ham qoʻllaniladi. Kollektordagi suvning temperaturasi 60 °C dan ortib ketmasligi kerak. 87 27-rasm. Tajriba qurilmas Chiqish kamerasining nakonechnigini bak nakonechnigi bilan ulang. Bak chiqish nakonechnigini suv nasosining kirishi bilan ulang. Bakga 1000 ml suv quying. Bakni shunday koʻtaringki, suv nasosi orqali suvning oqib tushishi quyosh kollektoridan oʻtib, ortga bakning kirishiga qaytsin. Suv qarshiliksiz oqishi uchun, barcha quvurlar doimo toʻgʻri (burishgan va egilgan joysiz) boʻlishi kerak. Bakni shtativ ustunidagi oldindan belgilangan joyga oʻrnating. Suv nasosining elektr ta′minotini ulang va qutbga rioya qilib, taxminan 6 V kuchlanish oʻrnating. Quvur shlanglar sistemasida pufaklar yoʻqligiga amin boʻling. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling