Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-laboratoriya ishi SUV ARALASHMASI TEMPERATURASINI ANIQLASH ( Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 9, 11, 42, 43, 46, 47, 58.
- Qisqacha nazariya
Sinash uchun savollar: 1. Quyosh kollektori haqida ma′lumot bering. 2. Quyosh kollektorining effektivligini tushuntiring. 3. Quyosh kollektorini qizib ketishining oldini olish uchun qanday usullar qoʻllaniladi? 4. Kollektor atrof muhitga qanday holatlarda issiqlik tarqatadi? 89 5-laboratoriya ishi SUV ARALASHMASI TEMPERATURASINI ANIQLASH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 9, 11, 42, 43, 46, 47, 58.) Tajriba maqsadi: Temperaturalari 𝑡 1 va 𝑡 2 boʻlgan, 𝑚 1 va 𝑚 2 massali suv miqdorlarini kalorimetrda aralashtirish va aralashmaning temperaturasini 𝑡 𝑛 aniqlash. Qisqacha nazariya: Jismlar va jism qismlari orasida issiqlikni bir-biriga uzatilish hodisasi issiqlik almashinuv deyiladi va u tabiatda quyidagi usullar bilan amalga oshadi: konveksiya, issiqlik oʻtkazuvchanlik va nuiianish. Bu sanab oʻtilgan issiqlik almashinuv turlari jism lar yoki jism qismlari orasida temperatura farqi boʻlgandagina amalga oshadi. Tem peratura farqi katta boiganda jarayon intensiv (jadal) ketadi. Jismlar yoki jism qismlari orasida temperatura tenglashganda issiqlik almashinuv toʻxtaydi va bu holat issiqlik muvozanati deyiladi. Konveksiya. Suyuqlik va gazlar isitilgan vaqtda issiqlik manbayiga yaqin boʻlgan qatlam tez isib kengayadi, uning zichligi kamayadi, natijada yuqoriga qalqib chiqa boshlaydi. Uning oʻm ini yuqori, sovuqroq (temperaturasi pastroq, binobarin, zichligi koʻproq) qatlam egallaydi. Bu jarayonda issiqlik suyuqlik yoki gaz molekulalarining yuqoriroq tem peraturali qatlam lardan pastroq temperaturali qatlamlaiga birdaniga siljishi bilan uzatiladi. Bu hodisa konveksiya deyiladi. Konveksiya boʻlm aganda plita ustiga qoʻyilgan idishdagi suv juda sekinlik bilan isigan boʻlar edi. Faqat suyuqlik va gazlardagina konveksiya boʻlishi mumkin. Agar turli temperaturali ikki modda bir biriga tutashtirilsa, issiqlik almashinuvi jarayonidan keyin bu moddalar orasidagi temperaturalar farqi nolga teng boʻladi. Aralashmaning temperaturasini aniqlash uchun quyidagi qoida qoʻllaniladi: 𝑐 1 𝑚 1 (𝑡 𝑛 – 𝑡 1 ) = 𝑐 2 𝑚 2 (𝑡 2 − 𝑡 𝑛 ) (2.20) bu yerda 𝑐 1 va 𝑐 2 , mos ravishda modda 1 va modda 2 larning solishtirma issiqlik sigʻimlari; 𝑚 1 va 𝑚 2 ularning massalari; 𝑡 1 va 𝑡 2 mos ravishda ularning temperaturalari, 𝑡 𝑛 esa aralashmaning umumiy temperaturasi. 90 Turli temperaturali moddalarni aralashtirish boʻyicha tajribalarda issiq jismdan berilgan issiqlik miqdori, sovuq jism olgan issiqlik miqdoriga teng. Koʻrilayotgan holda, issiq suv bergan issiqlik miqdori 𝑄 1 , sovuq suv olgan issiqlik miqdoriga 𝑄 2 teng, ya′ni 𝑄 1 = 𝑄 2 . Agar suvning solishtirma issiqlik sigʻimi 𝑐 𝑣 ma′lum boʻlsa, unda turli massali suv aralashmasining temperaturasi (2,20) formula yordamida quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi mumkin: 𝑐 𝑣 = 𝑐 1 = 𝑐 2 , 𝑐 𝑣 = 4,19 kJ/(kg ⋅K), 𝑡 𝑛 = 𝑚 1 𝑡 1 +𝑚 2 𝑡 2 𝑚 1 +𝑚 2 (2.21) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling