Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Sinash uchun savollar: 
1. 
Moddalarni issiqlikdan nurlanishi haqida ma′lumot bering.
2. 
Issiqlik oʻtkazuvchanlik haqida ma′lumot bering. 
3. 
Yakka plastina metodi haqida ma′lumot bering. 
4. 
Yakka plastina metodidan foydalanib issiqlik oʻtkazuvchanligini 
aniqlaydigan qurilmani ishlash prinspini tushuntiring. 
 


85 
4-laboratoriya ishi 
QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI ISSIQLIK 
IZOLYASIYASINING FUNKSIYASI SIFATIDA ANIQLASH 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 7, 8, 9, 11, 41, 32, 47, 58.) 
 
Tajriba maqsadi: Quyosh kollektorining temperatura koeffitsiyentini issiqlik 
izolyasiyasi bilan va usiz oʻlchash. Quyosh kollektorining effektivligini baholash. 
Qisqacha nazariya: Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va oʻzi hamda 
toʻldirilgan suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi 𝜂 suv yutgan 
issiqlik energiyasining 
∆𝑄 kollektorga tushayotgan radiasion energiyaga ∆𝛦 
nisbati bilan oʻlchanadi: 
η =
ΔQ
ΔΕ
(2.18) 
Bu yerda radiasion energiya quyidagidan aniqlanadi: 
𝛥𝐸 = 𝛥𝑡 (2.19) 
bunda E radiasiya quvvati. 
Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq boʻlganda, u atrof muhitga nurlanish
konveksiya va issiqlik oʻtkazuvchanlik orqali issiqlik ajratadi. Shu yoʻqotishlar 
sababli kollektorning effektivligi kamayadi. Tajribada suyuqlikning majburiy 
sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Sistema (kollektor, quvurlar va 
bak) tomonidan yutilgan issiqlik energiyasi asosan suvda mujasamlashganligi 
uchun quyosh kollektorining temperaturasi juda yuqori boʻlib keta olmaydi. 
Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasi bilan hamda usiz qoʻllaniladi. 
Bunda bakda suvning temperaturaviy xarakteristikalari oʻlchanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling