Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
ANIQLASH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 8, 9, 11, 44, 45, 47, 57
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariya
ANIQLASH
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 8, 9, 11, 44, 45, 47, 57.) Tajriba maqsadi: Qizdirilgan mis, qoʻrgʻoshin va shishani sovuq suv bilan aralashtirish va aralashmaning temperaturasini oʻlchash. Mis, qoʻrgʻoshin va shishaning issiqlik sigʻimini aniqlash. Qisqacha nazariya: Issiqlik oʻtkazuvchanlik. Biror metall tayoqchaning bir uchidan ushlab turib, ikkinchi uchini alangada qizdirsak, bir oz vaqt oʻtgandan soʻng ushlab turilgan birinchi uchining ham isiy boshlaganini sezamiz. Suv solingan metall idishni plita ustiga qoʻysak, avval metall idish devorlari isib, undan soʻng suv isiy boshlaydi. Shunga oʻxshagan koʻpgina issiqlik uzatilishi hodisalarini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu misollar quyidagicha tushuntiriladi. Issiqlik berilayotgan jismni yoki jism qismlarini tashkil qilgan molekulalarning harakat tezligi ortib temperaturasi koʻtariladi. Bu molekulalar tartibsiz harakatlari tufayli qoʻshni jism yoki jism qismlarini tashkil qiluvchi molekulalar bilan toʻqnashib, ularga o ′z energiyalarining bir qismini beradi, ikkinchi jism molekulalarining energiyasi ortadi. Bu holda issiqlik jismning qatlamidan qatlamiga uzatiladi. Bunday issiqlik uzatilishi issiqlik oʻtkazuvchanlik deb ataladi. Demak, issiqlik oʻtkazuvchanlik hodisasi ham molekula (atom)larning harakati tufayli sodir boʻlar ekan. Metallarning issiqlik oʻtkazuvchanligi gaz va suyuqliklarning oʻtkazuvchanligidan katta boʻladi, chunki metallarda molekulalar zich joylashgandir. Molekulalari siyrak joylashgan moddalar, masalan, gazlar, shuningdek, gʻovak moddalar issiqlik izolyatorlari boʻlib hisoblanadi. Jism qizishida yoki sovushida yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdori 𝛥𝑄 temperaturaning oʻzgarishiga 𝛥𝑇 va massaga m proporsional: 𝛥𝑄 = 𝑐𝑚 ⋅ 𝛥𝑇 (2.22) bu yerda proporsionallik koeffitsiyenti c – jismning solishtirma issiqlik sigʻimi deyiladi va uning qiymati materialning turiga bogʻliq. Mazkur tajribada pitra 93 shaklidagi turli materiallarning solishtirma issiqlik sigʻimi koeffitsiyenti aniqlanadi. Har bir hol uchun pitralar torozida tortiladi va 𝑇 1 temperaturagacha qizdiriladi, keyin massasi torozida tortib aniqlangan 𝑇 2 temperaturali suv quyiladi. Yaxshi aralashgandan keyin issiqlik almashinuvi evaziga pitra bilan suv umumiy temperaturaga erishadi 𝑇 𝑚 . Bunda pitradan ajralgan issiqlik miqdori ΔQ 1 𝛥𝑄 1 = 𝑐 1 ⋅ 𝑚 1 ⋅ (𝑇 1 − 𝑇 𝑚 ) (2.23) (bu yerda m 1 pitra massasi, 𝑐 1 - pitraning solishtirma issiqlik sigʻimi) suv yutgan issiqlik miqdoriga 𝛥𝑄 2 teng 𝛥𝑄 2 = 𝑐 2 ⋅ 𝑚 2 ⋅ (𝑇 𝑚 – 𝑇 2 ) (2.24) bu yerda 𝑚 2 – suv massasi. Bu yerda suvning solishtirma issiqlik sigʻimi koeffitsiyenti 𝑐 2 aniq, temperaturasi esa bugʻ temperaturasiga teng deb faraz qilinadi. Noʻmalum 𝑐 1 ning qiymati oʻlchangan 𝑇 𝑚 , 𝑇 2 , 𝑚 1 va 𝑚 2 ning qiymatlari boʻyicha quyidagi formula orqali hisoblanadi: 𝑐 1 = 𝑐 2 𝑚 2 (𝑇 𝑚 − 𝑇 2 ) 𝑚 1 (𝑇 1 − 𝑇 𝑚 ) (2.25) Kalorimetrning idishi ham pitradan ajralgan issiqlikning bir qismini yutadi. Demak, kalorimetrning issiqlik sigʻimi quyidagiga teng boʻladi 𝐶 𝑘 = 𝐶 2 𝑚 𝑘 (2.26) Shunday qilib, kalorimetr idishining suv ekvivalenti m k hisoblashlarda hisobga olinadi. (2.24) formula bilan hisoblangan yutilgan issiqlikning miqdori ancha aniqroq hisoblanadi 𝛥𝑄 2 = 𝑐 2 ⋅ (𝑚 2 + 𝑚 𝑘 ) ⋅ (𝑇 𝑚 – 𝑇 2 ) (2.27) va uni hisobga olgan holdagi (2.25) formula quyidagi koʻrinishga keladi: 𝑐 1 = 𝑐 2 (𝒎 𝟐 +𝒎 𝒌 ) (𝑻 𝒎 − 𝑻 𝟐 ) 𝒎 𝟏 (𝑻 𝟏 − 𝑻 𝒎 ) (2.28) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling