Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
zavodlari hamda qandolat sexlarining ishchilari, shuningdek,
oshðazlar stafilokokk tashuvchilar hisoblanadi. Angina va yuqori nafas yollari katariga uchragan bemorlar ham katta xavf tugdiradi, chunki bunda oziq-ovqat mahsulotlari aerogen yol bilan otishi, zararlanish sigir va echkilar mastitidan ham sodir bolishi mumkin. Oziq-ovqat korxonalari sanitariya holatining qoniqarsizligi ham stafilokokkning tarqalishiga sabab boladi. Profilaktikasi. 1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shaxslarning sogligi ustidan nazorat olib borish. Teri qatlamlarida, qulogida, kozida, tomogida yiringli kasalliklar va yuqori nafas yollarida yalliglanishi bor shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga qoyilmaydi. 143 2. Mastit bolgan hayvonlar sutini ichish mumkin emas. 3. Oziq-ovqat korxonalari xodimlari shaxsiy gigiyena tartibiga rioya qilishlari, burun-halqum kasalliklari va chirigan tishlarini oz vaqtida davolatishlari kerak. 4. Sut, sut mahsulotlari, kremli qandolatlar, shuningdek, tez buziladigan boshqa mahsulotlarni sovitiladigan xonalarda saqlash shart. 5. Stafilokokk enterotoksini issiqqa juda chidamli bolgani tufayli, mahsulotni 22,5 soat qaynatib zararsizlantirish kerak. 6.14-§. BOTULIZM Botulizm lotincha botulus sozidan olingan bolib, kolbasa manosini anglatadi. Chunki kasallik koðincha kolbasa istemol qilish natijasida ðaydo boladi. Botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya Cl.botulinum 1896-yilda Gollandiyada chochqa goshtidan tayyorlangan kolbasani istemol qilish na- tijasida bu ogir kasallik keng tarqalgan vaqtda E.van Ermengem tomonidan kashf etilgan. Botulizm (Clastridium botulinum) zahari bilan zaharlangan ovqatni istemol qilish natijasida ðaydo bolgan, ogir kechadigan otkir kasallik. Cl.botulinum zahari qaynatilganda bir necha minut ichida ðarchalanadi, 80 °C gacha qizdirilganda 30 min, 58°C da 3 soat- dan song ðarchalanadi. Botulotoksinning asosiy xossasi ðroteo- litik fermentlar (ðeðsin, triðsin) tasiriga, kislotalarga, ðast haro- ratga chidamliligi yuqoriligi hisoblanadi. Ayni vaqtda, toksin ishqorlaridan inaktivlanadi va qizdirishda ham chidamliligi bilan farq qiladi. Klastridiumlarning ozi qizdirishga kam chidamli, sðoralar qizdirishga juda chidamliligi bilan ajralib turadi. 100°C da 5 soat otgach, 105°C da 2 soat otgach, 120°C da 1020 daqiqa otgach ðarchalanadi. Sðoralar ðast haroratga bundan ham chidamli: ular hatto 253°C da ham halok bolmaydi. Botulizm qozgatuvchisi aniq anaerob. U havo kirmaydigan joyda baliq, yogli chochqa goshtida, yogon kolbasa bolaklari ichida yoki germetik berk konserva bankalarida hosil boladi. Klinikasi. Botulizm belgilari organizmga tushgan zahar miq- doriga kora 2 soatdan 36 soatgacha davom etadigan yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Kasallikning dastlabki alomatlari: «koz simðtomlari» buyumlarning qoshaloq bolib korinishi, korishning xiralashuvida (tuman yoki tor tutilganga oxshab) 144 namoyon boladi. Bemorlar koðincha bosh ogrishidan noli- shadi, yurish muvozanati buziladi, bularga tovushning butunlay chiqmay qolishi (afoniya) qoshiladi. Kasallik zorayganda alomatlar yanada kuchayadi, koz simðtomlarida koz mushaklari faoliyati buzilishi, qovoqlar va koz soqqasi harakati falajlanishi kuzatiladi. Qorachiqlar yoruglikdan uncha tasirlanmaydi, akko- modatsiya ðasaygan, koz soqqalarining oynab turishi (nistagm), qorachiqlarning notengligi (anizokariya) kuzatiladi. Yuz mushak- lari sezgirligi chegaralanib, hatto yoqoladi (amimiya). Bazi chaynov mushaklarining taranglashib qolishi sababli ogizni ochish qiyinlashadi. Yumshoq tanglay falajlanadi, yutish buzi- ladi, hiqildoqqa ovqat tushib, qattiq yotal tutadi. Nutq buziladi. Tana harorati ozgarmaydi, lekin tomirlar urishi tezlashadi. Nafas olishning buzilishi kasallik ogirlashganini bildiradi. Oz vaqtida maxsus zardob yuborilmasa, 70% hollarda fojia yuz beradi. Nafas markazining zararlanishi oqibatida diafragma falaj- lanishi sodir boladi. Eðidemiologiyasi. Mamlakatimizda songgi yillarda botulizm turlari aksari xonadonlarda konservalangan mahsulotlarni istemol qilish bilan bogliq. Sanoat yoli bilan tayyorlangan mahsulotlar istemol qilingandan song bu kasallik kamdan-kam uchraydigan bolib qoldi, chunki konservalarni sterilizatsiyalash rejimi vege- tativ jarayonlarnigina emas, balki CI. botulinum sðoralarining ham halok bolishini taminlaydi. Uy sharoitida termik ishlov berish yetarlicha bolmagan holda konservalarni germitizatsiya qilishning keng qollanishi aksari kasalliklar ðaydo bolishiga olib kelmoqda. Bu germetik bankalarga solib tayyorlangan qoziqorinlarni istemol qilganda, ayniqsa, koð uchraydi. Zam- buruglarni Cl.botulinum sðoralaridan tozalash deyarli mumkin emas, shuning uchun germetik yoðilgan bankada sðoralar koðincha osa boshlaydi va zaharni koð ajratadi. Botulizm zaharining hosil bolishi uchun 2025 °C, yani uy harorati qulay harorat hisoblanadi. Ayniqsa, yirik, sirti seryog baliqni istemol qilishda botulizm bilan kasallanish hollari uchrab turadi. Baliq tor, qarmoq, ilmoqlarda uzoq vaqt qolib ketgan hollarda zaharlanadi. Profilaktikasi. Dudlangan mahsulotlarni (baliqlar) tayyorlash uchun baliqni sovitish asosiy shart hisoblanadi. Baliq zavodlarida osyotr baliqlarini tiriklayin, ichini shikastlantirmay tozalab, tuz qoyib dudlash tavsiya etiladi. 145 Konserva sanoatida xomashyo sifatini va konservalarni sterilizatsiyalash rejimini qattiq nazorat qilish botulizmdan ðrofilaktika qilishning muhim chorasi hisoblanadi. Xomashyo Cl.botulinum sðoralari bilan zararlangan, yetarlicha sterilizatsiya qilinmagan konservalar intoksikatsiyaning yuz berishi ehtimoli jihatidan katta xavf tugdiradi, chunki sðoralar qulay haroratda osadi. Anaerob sharoitlar va tegishli haroratning birgalikda yuzaga kelishi zahar hosil bolishiga zamin yaratadi. Qoðqogi kotarilgan konservalarni savdo tarmogiga chiqarish man qili- nadi. Konservalangan mahsulotlarni uyda sovitkichda saqlash imkoniyati bolmasa, uy sharoitida (ayniqsa, qoziqorinlarni) germetik yoðiq bankalarda tayyorlamaslik lozim. Uyda konser- valashda sirka kislotani yetarlicha solishning ahamiyati katta. Cl.botulinum ðH>4,0 (3,5) dan ðastda koðaymaydi. Buning uchun marinadlarda sirka kislotaning hamda sut kislotali reaksiyada miqdori 2% dan yuqori bolishi kerak. Sut kislotali reaksiyada (ðH=4,55,5) Cl.botulinum koðayadi va zahar hosil qiladi. Bunday mahsulotlar istemol qilishga yaramaydi. 6.15-§. ALIMENTAR TOKSIK ALEYKIYA (SEPTIK ANGINA) Alimentar toksik aleykiya yoki seðtik angina qishda qor tagida qolib ketgan gallani istemol qilish natijasida ðaydo boladi. Erta bahorda qorlar eriganda oftob tasirida dalalardagi gallada nam va issiq muhit hosil bolib, bu Fusarium sðorotrichiella var, sðorotrichioides turkumidagi zamburugning koðayishiga imkon beradi. Zamburuglarning hayot faoliyati natijasida gallalarda zaharli moddalar yigiladi, bular issiqqa goyat chidamli, 120°C ha- roratda 2 soat mobaynida ham ðarchalanmaydi. Zaharli mod- dalar odamlar, hayvonlar va ðarrandalarga zaharli tasir kor- satadi. Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxiri va yozning bosh- larida zaharlangan galla mahsulotlarini istemol qilgandan 13 hafta otgandan keyin kuzatiladi. Bazi vaqtlarda, kasallik belgisi (noxushlik, ogizning burishishi, yutishning qiyinligi, kam bolsa-da, kongil aynish, qusish, ich ketish alomatlari) kuzatiladi. Zamburug toksinlari bilan zararlangan galla mahsulotlaridan 10 M.A. Azizov 146 tayyorlangan non istemol qilingandan bir necha soat otgandan keyin ham bu alomatlar kuzatiladi. Aleykiya kasalligining boshlanishi qon ðaydo qilish azolari faoliyatining buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning rivojlanishida qonda leykoðeniya hamda qon tanachalarining hosil bolishida deðressiya (trom- boðeniya, giðoxrom anemiya) alomatlari kuzatiladi. Leykotsit- larning miqdori 1:10 9 /1 kamayishi (1 mm 3 da 1000 va undan ham kam) eritrotsitlarning soni esa l,8:10 l2 /l (1800.000) gacha kamayishi mumkin. Kasallik asta-sekin rivojlanadi. Avvaliga tomoqning yallig- lanishi va yengil gastrit ðaydo bolib, umumiy holat biroz ozgaradi, songra qonda leykotsitlar miqdori 30004000 gacha, hatto 800 va undan ham kamayadi. Bu leykoðeniya bosqichi deyiladi. Keyinchalik qon tarkibida ozgarishlar kuchaya boradi: leykotsitlar miqdori 1 mm 3 da 400200 gacha ðasayadi. Gemog- lobin miqdori ham keskin ðasayadi. Kasallik ogirlashib, teriga gemorragik toshmalar toshadi. Tomoqning difteritik yalliglanishi bilan birga, ogir angina bel- gilari rivojlanadi. Songra nekrotik va hatto gangrenoz angina ðaydo boladi. Nekrotik jarayon bodomcha bezlarga, yoycha- lariga, tilchaga, burun-halqum halqasiga va hatto lunj shilliq ðardasiga tarqaladi. Natijada komaning klinik manzarasi rivojla- nishi mumkin. Bu anginali gemorragik bosqich deyiladi. Zamburuglarning bazi bir shtamðlari nefrotroð xossaga ega bolgan zahar ajratadi. 1960-yilda Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviyada olingan galla zamburugi zaharlari oqibatida buyrak va siydik yollari kasalligi qayd etilgan. Siydik yollari kasalligiga duchor bolganlarning 1/3 qismida ðoliðlar va karsinomalar toðilgan. Bunday kasalliklar zararlangan galla mahsulotlaridan tayyorlangan taomni istemol qilganlarda koðroq uchragan. Shuning uchun ham endemik nefroðatiya deb atalgan. Profilaktikasi. Dalada, qor ostida qolib ketgan gallani ovqatga ishlatmaslik kerak. Gallani yigish va almashtirish sanitariya nazorati ostida amalga oshiriladi. Galla boshoqlari qolib ketgan dalalarni erta haydash tavsiya etiladi. Fuzarium zamburugi tush- gan gallani umuman ovqatga (hayvonga ham) ishlatish mumkin emas, chunki hayvonlarda ham bu kasallik kuzatiladi. Bu galladan texnik qayta ishlash (xususan sðirtga) maqsadida foyda- lanish mumkin, xolos. 147 6.16-§. ACHIGAN NONDAN ZAHARLANISH Zaharlanish, asosan, Fusarium graminea zamburugi bilan zaharlangan non mahsulotlarini istemol qilish natijasida kelib chiqadi. Achigan nondan zaharlanish XIX asrning oxirida ma- lum bolgan. Primorsk viloyatida hamda mamlakatning shimoliy qismida achigan nondan zaharlanish hodisalari qayd etilgan. Zamburug gallani yigish davrida, garamlar yuqori namgar- chilikda, ayniqsa, yomgirda qolib ketsa, galla saqlanadigan omborlarda namgarchilik yuqori bolganda yaxshi rivojlanadi va koðayadi. Zamburug toksini neyrotroð tasir korsatish xususiyatiga ega. Shu zamburug bilan zararlangan galla, odatda, bujmaygan, toshi yengil, ðushti rang oq ðarda bilan qoðlangan boladi. Klinikasi. Kasallik asab sistemasining buzilishi bilan kechadi. Zaharlanish alomatlari sðirtli ichimliklardan mast bolish belgi- lariga oxshaydi. Muvozanat buzilishi va talvasaga tushish qayd qilinadi. Zararlangan gallani uzoq vaqt istemol qilish kamqon- likka va asab sistemasi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Profilaktikasi. Mahsulotlarni galla tozalaydigan mashinalarda tozalash lozim. Bunda zamburugdan zararlangan ðuch don toq dondan ajratib olinadi. Ergotizm Ergotizm ovqatda Clavicers ðurðurla zamburugi bilan za- rarlangan gallani istemol qilish natijasida vujudga keladi. Donda qorakosov (Scale cornutum) zamburuglari rivojlanadi. Qora- kosov, asosan, javdar, kamroq arða va bugdoy boshoqlarida uchraydi: toq binafsha, deyarli qora rangli, uzunligi 13 sm bolgan zamburug. Qorakosovdagi zaharli moddalar yuqori haroratga chidamli va uzoq muddat saqlanganda ham zaharli xususiyatini yoqot- maydi. Qorakosovdan yaxshi tozalanmagan galla unidan tayyor- langan non va taomlar zaharli xossalarga ega boladi va ergotizm surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi. Klinikasi. Ergotizm konvulsiv (talvasa tutadigan) yoki gang- renoz turlardan birida yuzaga chiqadi. Konvulsiv turda meda- ichak yollari va asab sistemasi zararlanadi. Oziga xos belgilari: solak oqishi, kongil aynishi, qusish, qorinning sanchib ogrishi, uyquchanlik, tananing hamma mushaklari, ayniqsa, bukiladigan mushaklarning tortishib qisqarishi, nerv tolalari boyicha ogriq 148 namoyon boladi. Ogir hollarda gallutsinatsiya, es-hushning kirarli-chiqarli bolib qolishi va ruhiy holatning buzilib turishi (deðressiv-maniakal holat) va tutqanoqsimon xurujlar qayd qilinadi. Gangrenoz turda, asosan, tomir-asab sistemasi zarar- lanadi. Bunda sianoz, oyoq-qollarda ogriq, oyoq barmoqlarida, keyinroq yuz, kokrakda nekroz ðaydo boladi. Nekrozlar odatda, quruq gangrena korinishiga otib, jonsizlangan toqimalar kochib tushadi. Profilaktikasi. Gallani qorakosovdan tozalash shart. Mikrobga aloqador bolmagan ovqatdan zaharlanishlar. Mikrobga aloqador bolmagan ovqatlanishdan zaharlanishlarga osimlik mahsulotlaridan (qoziqorinlar, zaharli osimliklar, galla uruglari) zaharlanish, hayvon mahsulotlaridan (baliq, asal, qoramolning buyrakusti va medaosti bezlari) va boshqa mahsu- lotlarga aralashgan zaharli, kimyoviy moddalardan zaharlanishlar kiradi. 6.17-§. ZAHARLI OSIMLIK MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH Qoziqorinlardan zaharlanish. Odatda, qoziqorinlardan zaharlanish yakka yoki oilaviy zaharlanish korinishida otadi. Qoziqorinlardan zaharlanish, asosan, erta bahorda va yoz oxirida kuzatiladi. Erta bahorda zaharli struchkini yanglishib istemol qilinadi. Yoz oxirida zaharlanish boshqa fasllarga nisbatan koðroq uchraydi. Qoziqorinlardan zaharlanish ogir kechadi va olim hodisalari uchraydi. Zaharli qoziqorinlarga oq ðoganka, muxomor, struchki va boshqalar kiradi. Oq ðoganka. Uning uch, yani yashil (Amanita-ðholloides), sariq (Amonita-toðða), oq (Amonita-verna) turi bor. Bu qoziqorinlar iyul oyidan oktabrgacha osadi, avgust oyida juda koð chiqadi. Kasallik 720 soat, ortacha 12 soatlik yashirin davrdan song otkir qorin ogrigi bilan boshlanadi, ogriq zorayib tez-tez ich ketadi, ketma-ket qayd qiladi, najas sariq kokimtir yoki loyqasimon kokimtir, tez orada shilimshiqli suvdek, lekin hidsiz bolib qoladi. Behollik kuchayadi, tashnalik avjiga chiqadi, ichilgan suv qusganda qaytib tushadi. Suvsizlanish oqibatida bemorning kozlari kirtayib, rangi bozarib ketadi, songra kokimtir tusga kiradi, talvasa tutadi, oyoq-qollari muzlaydi. Harorat, odatda, ozgarmaydi, bolalarda bazan 38°C 149 gacha chiqadi. Ogir hollarda 23 kun falajdan keyin yurak butkul toxtaydi. Muxomorlar. Muxomorlardan zaharlanish juda kam uchray- di, chunki uni istemol qilsa boladigan qoziqorinlardan ajratish juda oson. Zaharlanish qoziqorin istemol qilingandan keyin 14 soatli yashirin davri bilan boshlanadi. Bemor garaq-garaq terlaydi, solagi oqadi, kozi yoshlanadi, kongli behuzur boladi, tez-tez qusadi, tinmay ichi ketadi. Keyinchalik bosh aylanadi, tez-tez esi kirarli-chiqarli bolib qoladi, bemor bezovta boladi, alahlaydi, koziga narsalar korinadi, mast odamga oxshab yuradi. Ko- ðincha tuzalib ketadi. Struchki (Gyromitra esculenta). Oq ðogankaga nisbatan zaharsizroq. Struchki bilan zaharlanganlarning 26%i olim bilan tugaydi. Aðrel, may hamda iyul oyi boshlarida, yangi terilgan qoziqorindan tayyorlangan taomlarning yoki qoziqorin mari- novkasini istemol qilganda zaharlanish qayd qilingan. Kasallik 610 soatlik yashirin davrdan song yuzaga chiqadi. Meda achishib ogriydi, kongil ayniydi, bemor qusadi, bazan ichi ketadi, 23-kuni boshashadi, keyin 23 kun rangi sargayadi. Bemor yengil zaharlanadi: hushdan ketish, alahsirash, talvasa tutish kuzatiladi. Yurak faoliyati susayib ketadi. 6.18-§. GALLADAGI BEGONA OTLAR URUGIDAN ZAHARLANISH Tuyaqorin (kokmaraz), kamðirchoðon (jabrey), kakra, randak va boshqalarning uruglari aralashgan undan tayyorlangan taom- larni istemol qilish natijasida odam zaharlanib qoladi. Shuning uchun tegirmonda tortishdan oldin donning tozaligiga ahamiyat berish zarur. Kasallik 34 kun otgach boshlanadi. Jigarning otkir zaharlanish alomatlari yuzaga chiqadi: qorinning ong yarmi ogriydi, kongil ayniydi, umumiy lohaslik, sariglik sezi- ladi. Ogir hollarda astsit rivojlanadi. Tuyaqorin aralashgan non koð miqdorda istemol qilinganda komatoz holat sodir boladi. Kasallikning 2030% olim bilan tugaydi. Tuzalish juda sekin (bir necha oylar) davom etadi. Kamðirchoðon (Trixodesma) jilangar ensefaliti. Kasallik tarkibiga uchburchak shaklidagi yirik gadir-budir zaharli ot urugi tushgan don mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatni istemol 150 qilish natijasida kelib chiqadi. Ensefalit va meningoensefalit belgilari namoyon boladi. Keyinroq zorayib boruvchi kamqon- lik avj oladi, jigar faoliyati va yurak-tomir faoliyati izdan chiqadi. Kasallik uzoq davom etadi. Olim hollari 35% gacha boradi. Pikulnik (jabrey). Jabrey donli ekinlarni zararlantiradi. Za- harli moddasining tabiati organilmagan. U yoglarda eriydi, issiqqa chidamli, moylar (ðaxta, kanoð, zigir moyi) tarkibida boladi. Jabrey chochqa ozuqasiga tushsa, zahar chochqa yogi- ga ham otadi. Zaharlanish bir necha soat ichida malum boladi. Dastlabki belgilari: mushaklar tosatdan qattiq ogrib, bazan bemorlar harakatdan qoladilar. Diafragma va nafas mushaklari zararlanadi, natijada olim sodir bolishi mumkin. Kakra (Achchiqmiya). Orta Osiyoda tarqalgan begona ot. Uruglari yasmiqqa oxshaydi, tarkibida zaharli alkaloidlar ðaxikarðin, sofokarðin va sofokarðidin boladi. Kasallangan be- mor boshashadi, kongli ayniydi, boshi aylanadi, aksari asab falajlik belgilari: talvasaga tushish, ðarezlar kuzatiladi. Randak (Agrostemma githago) chinniguldoshlar (chinni- gullilar oilasi)ga mansub bir yillik begona ot. Boyi 2070 sm, bargi ensiz, novdada 2 tadan qarama-qarshi joylashgan, guli toq ðushti, yirik. Mevasi kosaksimon. Urugi qora, gadir-budir. May oyida gullaydi. Mevasi iyunda ðishadi. Ozbekistonda faqat Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxda, arða va bugdoyzorlarda, yol yoqalarida uchraydi. Urugida 6,5% cha zaharli saðonin, gitarin va boshqa alkaloidlar bor. Randak urugi aralashgan donni yegan ðarranda, hayvon va hatto odam zaharlanishi mumkin. Begona otdan zaharlanishning chora-tadbiri quyidagilardan iborat: l. Ekin maydonlarida begona otlarni yoqotish (ayniqsa, qoriq va boz yerlarda) tadbirlarini otkazish. 2. Ayrim begona otlar (masalan, tuyaqorin) uruglarining ðishishidan oldinroq hosilni oz vaqtida yigishtirib olish lozim. 3. Ovqatga ishlatiladigan gallani begona otlar urugidan sinchiklab tozalash. 4. Amaldagi davlat standartlari boyicha un tarkibidagi randak miqdori 0,1% dan, gallada 0,5 % dan oshmasligi, galla tar- kibida esa tuyaqorin mutlaqo bolmasligi kerak. 5. Aholining sanitariya madaniyatini oshirishga ahamiyat berish lozim. 151 6.19-§. ZAHARLI OSIMLIKLARDAN ZAHARLANISH Sassiq alaf, mingdevona, belladonna, bodiyona rumi keng tarqalgan zaharli osimliklardan hisoblanadi. Zaharlanish, asosan, bolalarda uchraydi. Sassiq alaf. Daryo boylarida va botqoqliklarda osadi. Osim- likning hamma qismi zaharli. Ildizi shirin, xushboy. Tarkibida silutoksin degan zaharli modda saqlaydi. Kasallik boshlanishida bosh ogriydi, bemor qusgisi keladi, shilliq qavatlarda kokarish, tonik talvasalar kuzatiladi. Uzunchoq miya markazlariga tasir korsatadi. Zaharlanish koðincha olim bilan tugaydi. Mingdevona. Tarkibida giossialin va skoðolamin tutadi. Urugi lolaqizgaldoq urugiga oxshaydi. Istemol qilingandan keyin dastlabki soatdayoq zaharlanish alomati: es-hush xiralashuvi, asab qozgalishi, gallutsinatsiya holatlari ðaydo boladi. Belladonna bosh yotgan joylarda, dala chekkalarida osadi. Mevasi mayda olchaga oxshaydi, tarkibida atroðin bor. 34 dona mevasidan yeyilgandan keyin kongil aynish, alahlash, korish qobiliyatining susayishi, qorachiqlarning kengayishi kabi alomatlar ðaydo boladi. Bodiyona rumi yol yoqalarida, qarovsiz joylarda, axlatxonalar yaqinida osadi. Barglari ðetrushka barglariga oxshaydi. Poyasi va barglari konin zaharini saqlaydi. Kasallikda asab sistemasi zaharlanadi, talvasa tutadi, nafas markazi falajlanadi. Zaharli osimliklardan zaharlanishlarning oldini olish maqsa- dida sanitariya maorifi muassasalari xodimlari bahor, yoz va kuz fasllarida aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishlari zarur. Bu tadbirlarni bolalar va maktab oquvchilari yozgi sog- lomlashtirish lagerlariga, dalalarga ekskursiyalarga borishlaridan oldin otkazish maqsadga muvofiqdir. 6.20-§. HAYVON MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH Ayrim baliqlar va hayvonlarning azolari, masalan qoziqbosh baligi, usach, ignaqorin baliq uvuldirigi, qoramolning buyrak- usti va medaosti bezlari zaharli hisoblanadi. Qoziqbosh baligi Orta Osiyoning bazi havzalarida Balxash koli, Issiqkol, Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizida tarqalgan. Ichki azo- 152 laridan tozalangan baliq bezarar boladi. Usach Rossiyaning koðgina daryolarida: Volga, Dneðr, Kuban; Kavkaz va Orta Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling