Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
kerakligini takidlaydi. Ibn Sino mikroblar yuqumli kasalliklarni
keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchilari ekanligini Lui Pasterdan 8 asr oldin isbotlab berdi. Ibn Sino organizmning turli kasalliklarga chalinmasligi uchun chiniqtirish, shaxsiy gigiyena tartib-qoidalariga rioya qilish lozimligini takidlagan. Abu Ali ibn Sino tib ilmini rivojlantirish bilan birga, kasal- liklarning oldini oluvchi, odamni muhofaza qiladigan tadbirlar, yani ðrofilaktika amallaridan keng foydalanishni tavsiya qilgan. Avvalo, buyuk tabib insonning ðokizaligi, tabiatning musaffo va solimligi, ovqatlanishning rejaliligi, hammom, jismoniy tarbiya- ning zarurligini ravon izohlab berdi. Ozbekiston Resðublikasida gigiyena fanining rivojlanishiga ozining serqirra faoliyati bilan ulkan ulush qoshgan olimlar qatoridan A.Z. Zohidov, S.N. Bobojonov, K.S. Zoirov va bosh- qalar orin olgan. A.Z. Zohidov koð qirrali gigiyenist olim, tibbiyot fanlari doktori, ðrofessor, Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir azosi, Ozbekiston va Qoraqalðogistonda xizmat korsatgan fan arbobi. U kommunal gigiyena fanining asoschisi hisoblanadi. A.Z. Zohidov 120 dan ortiq ilmiy asar, uslubiy korsatma va monografiyalar muallifidir. 12 K.S. Zoirov ðrofessor, Ozbekiston va Qoraqalðogistonda xizmat korsatgan shifokor, fan arbobi. U 230 dan ortiq ilmiy maqolalar, darslik va qollanmalar muallifi. 1.3-§. EKOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiatning ozaro mu- nosabatida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bosqich tabiiy boyliklarni goyatda koð ozlashtirish, sayyo- ramizdagi mavjud resurslardan misli korilmagan darajada foydalanish bilan tavsiflanadi. Fan-texnika taraqqiyoti ilgari malum bolmagan texnik va texnologik vositalarni yuzaga keltirdi. Inson fan-texnika taraq- qiyoti natijasida tabiatga munosabat borasida yangi bosqichga kotarildi, natijada u oziga ilgari boysunmagan koðgina kuchlarni jilovlab oldi. Fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, insonning tabiatiga tasir korsatish doirasi va miqyosining kengayganligi natijasida tabiiy muhitda qator salbiy ozgarishlar roy berdi. Bunday ozgarishlar oqibatida hayotning moddiy asoslariga ðutur yet- moqda, atrof-muhit jamiyat hayot faoliyati uchun yaroqsiz holatga kelib, sayyoramizning tanazzulga uchrash xavfi tu- gilmoqda. Ekologiya muammosi hozirgi kunda «Asr mavzusi»ga ayla- nib, jahon jamoatchiligining diqqat markazida turibdi. Ishlab chiqarish jarayonlari oqibatida atrof-muhitning ifloslanishi faqat kelgusi avlodlar uchun emas, balki hozirgi avlod uchun ham ijtimoiy halokat ekanligi yaqqol kozga tashlanmoqda. Inson- ning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib, sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanib borishi bilan birga, uning tabiat va atrof-muhitga zararli tasiri ham ortib bor- moqda. Keyingi 100 yil ichida insoniyat energetika boyliklarini 1000 barobar koðaytiradi, buning oqibatida esa tabiatga jiddiy va uzoqqa choziladigan salbiy tasir otkazadi. Fan-texnika ta- raqqiyoti davomida bu korsatkichlar yana ham osadi. Rivoj- langan mamlakatlarda tovar va xizmatlarning umumiy hajmi har 15 yilda 2 baravarga ortishi bilan birga, atmosferani, suv havzalarini, tuðroqni bulgovchi xojalik faoliyati miqdori ham 2 baravar koðayib bordi. 13 «Ekologiya» atamasi yunoncha «oykos» (yashash joyi) va «logos» (talimot, fan) sozlaridan olingan. Ekologiya mustaqil fan sifatida XIX asrda yuzaga keldi. Ammo uning ekologiya deb atalib, umumiy lugatga kirishi faqat oxirgi 10 yillikka togri keladi. Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: hayotning tashkil toðish qonuniyatlarini, shu jumladan, tabiat tizmalari va umuman biosferaga antroðogen tasir munosabati bilan shu qonuniyatlarni tadqiq etish; tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish, xojalik faoliyati tasirida tabiatda roy berishi mumkin bolgan ozgarishlarni oldindan bilish, biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish va inson yashaydigan muhitni saqlab qolish; ðoðulatsiyalar miqdorini tartibga solish; agrosanoat komðleksida kimyoviy vositalarni mumkin qadar kamroq qollashni taminlaydigan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; buzilgan tabiiy tizimlarni qayta tiklash, shu jumladan, foydalanilmay tashlab qoyilgan qishloq xojalik ekin maydonlari, yaylovlar hosildorligini tiklash, suv havzalarini tozalash va boshqa ekotizimlarni talab darajasiga keltirish; biosferaning etalon standartini saqlash; muhit sifatini saqlash va yaxshilashga oid texnikaviy, huquqiy, tashkiliy boshqaruvning istiqbolga moljallangan, ðiro- vard maqsadi aholi salomatligi darajasi va turmushi sifatini kotarish bolgan tadbirlar majmuyini takomillashtirish; yakka tartibda tanlash tizimini tashkil etish, odatiy bol- magan sharoitlarda yangi ozlashtirilgan, sanoat va aholi zich yashaydigan joylarda mehnat qiluvchilarning moslashuvini tezlashtiruvchi vositalarini iqlim-geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish; xavfli tibbiy voqea-hodisalar va texnikaviy majmualar bu- zilishi natijasida odamlarning nobud bolishiga va ularning salomatligiga zarar yetkazmaslik yollarini qidirib toðish; ekologik ongni, ekologik madaniyatni tarbiyalash antro- ðoekologiya talimi tizimini shakllantirish va ommaviy axborot vositalarining bu boradagi ishini faollashtirish. 14 EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH BOYICHA OZBEKISTON RESÐUBLIKASI QONUNLARI VA ÐREZIDENT FARMONLARI KONSTITUTSIYA Ozbekiston Resðublikasi Konstitutsiyasi, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. T.: Adolat, 1999. «Ozbekiston Resðublikasi Konstitutsiyasiga ozgartirishlar va qoshimchalar kiritish togrisida», 2003-yil 24-aðrel. Xalq sozi. 2003-yil 25-aðrel. KODEKSLAR «Jinoyat kodeksi», 1994-yil 22-sentabr. T.: Adliya vazirligi, 2001. «Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeks», 1994-yil 22-sen- tabr. T.: Adolat, 1998. «Mehnat kodeksi», 1995-yil 21-dekabr. T.: Adolat, 1999. «Fuqarolik kodeksi», 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-av- gust. T.: Adolat, 1996. «Soliq kodeksi», 1997-yil 24-aðrel. T.: Adolat, 1999. «Yer kodeksi», 1998-yil 30-aðrel. T.: Adolat, 1999. «Uy-joy kodeksi». T.: Adolat, 1999. «Shaharsozlik kodeksi», 2002-yil 4-aðrel. Xalq sozi, 2002-yil 5-aðrel. QONUNLAR «Mulkchilik togrisida», 1990-yil 31-oktabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 1-son, 1991. «Kooðeratsiya togrisida», 1990-yil 14-iyun// Ozbe- kistonning yangi qonunlari, 3-son, 1992. «Davlat mustaqilligi togrisida», 1991-yil 31-avgust // Ozbe- kistonning yangi qonunlari, 2-son, 1992. t/ «Korxonalar togrisida». T.: Adolat, 2000. «Ijara togrisida», 1991-yil 19-noyabr. T.: Adolat, 2000. «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish togrisida». T.: Adolat, 1991. «Tabiatni muhofaza qilish togrisida», 1992-yil 9-dekabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 7-son, 1993. 15 «Davlat sanitar nazorati togrisida», 1992-yil 3-iyul// Ozbekistonning yangi qonunlari, 6-son, 1993. «Suv va suvdan foydalanish togrisida», 1993-yil 6-may// Ozbekistonning yangi qonunlari, 8-son, 1994. «Ozbekiston Resðublikasi Vazirlar Mahkamasi togrisida», 1993-yil 6-may// Ozbekistonning yangi qonunlari, 8-son, 1994. «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar togrisida», 1993-yil 7-may// Ozbekistonning yangi qonunlari, 8-son, 1994. «Mahalliy davlat hokimiyati togrisida», 1993-yil 2-sentabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 9-son, 1995. «Yer osti boyliklari togrisida», 1994-yil 23-sentabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 10-son, 1995. «Konsessiyalar togrisida», 1995-yil 30-avgust// Ozbekis- tonning yangi qonunlari, 11-son, 1996. «Ozbekiston Resðublikasining xalqaro shartnomalari togrisida», 1995-yil 22-dekabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 12-son, 1996. «Atmosfera havosini muhofaza qilish togrisida», 1996-yil 27-dekabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 15-son, 1997-y. «Talim togrisida», 1997-yil 29-avgust// Ozbekistonning yangi qonunlari, 17-son, 1998. «Jamiyatda tarixiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi togrisida», 1997-yil 29-avgust// Ozbekistonning yangi qonun- lari, 17-son, 1998. «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi togrisida», 1997-yil 30-avgust// Ozbekistonning yangi qonunlari, 17-son, 1998. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi togrisida», 1997-yil 29- avgust //Ozbekistonning yangi qonunlari, 18-son, 1998-y. «Osimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish togrisida», 1997-yil 26-dekabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 18-son, 1998. «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish togrisida», 1997-yil 26-dekabr// Ozbekistonning yangi qonunlari, 18-son, 1998. «Qishloq xojalik kooðerativi (shirkat xojaligi) togrisida», 1998-yil 30-aðrel//Ozbekiston Resðublikasining Yer kodeksi va qishloq xojaligiga oid qonun hujjatlari. T.: Adolat, 1999. «Fermer xojaligi togrisida», 1998-yil 30-aðrel// Ozbekiston Resðublikasining Yer kodeksi va qishloq xojaligiga oid qonun hujjatlari. T.: Adolat, 1999. 16 «Dehqon xojaligi togrisida», 1998-yil 30-aðrel//Ozbekiston Resðublikasining Yer kodeksi va qishloq xojaligiga oid qonun hujjatlari. T.: Adolat, 1999. «Chet el investitsiyalari togrisida», 1998-yil 30-aðrel //Ozbekistonning yangi qonunlari, 19-son, 1998. «Davlat yer kadastri togrisida», 1998-yil 28-avgust //Ozbekistonning yangi qonunlari, 19-son, 1998. «XojaIik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy- huquqiy bazasi togrisida», 1998-yil 29-avgust//Ozbekistonning yangi qonunlari, 20-son, 1998. «Bankrotlik togrisida», 1998-yil 29-avgust//Ozbekistonning yangi qonunlari, 20-son, 1998. «Fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari togrisida», (yangi tahriri), 1999-yil 14-aðrel// Ozbekistonning yangi qonunlari, 21-son, 1999. «Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari togrisida», 1999-yil 15-aðrel//Ozbekistonning yangi qonunlari, 21-son, 1999. «Ormon togrisida», 1999-yil 15-aðrel//Ozbekistonning yangi qonunlari, 21-son, 1999-y. «Giyohvandlik vositalari va ðsixotroð moddalar togrisida», 1999-yil 19-avgust//Ozbekistonning yangi qonunlari, 22-son, 2000. «Ozbekiston Resðublikasining davlat chegarasi togrisida», 1999-yil 20-avgust //Ozbekistonning yangi qonunlari, 22-son, 2000. «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish togrisida», 1999-yil 20-avgust//Ozbekistonning yangi qonunlari, 22-son, 2000. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida», 2000-yil 25-may//Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000, J\fe56, 140-m. «Ekologik eksðertiza togrisida», 2000-yil 25-may// Ozbekis- tonning yangi qonunlari, 23-son, 2001. «Davlat kadastrlari togrisida. 2000-yil 15-dekabr// Ozbe- kistonning yangi qonunlari, 24-son, 2001. «Chiqindilar togrisida», 2002-yil 5-aðrel//Xalq sozi, 2002- yil 6-aðrel. «Yer osti boyliklari togrisida». Yangi tahrirda, 2002-yil 13-dekabr. Xalq sozi, 2003-yil 23-yanvar. 17 OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARI VA VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORLARI «Yerlardan samarali foydalanishni oshirish togrisida»gi 1994-yil 24-noyabrdagi Prezident farmoni. «Yerlardan samarali foydalanishni oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi 1994-yil 29-noyabrdagi 575-sonli Vazirlar Mah- kamasining qarori (1995-y. 11-aðrel va 1995-y. 26-dekabrdagi ozgartirishlar bilan). «Ozbekiston Resðublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi faoliyatini tashkillashtirish togrisida», 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori. «Buxoro neftni qayta ishiash zavodi atrofida yashil voha tashkil etish togrisida», 1997-yil 31-dekabrdagi 581-sonli Vazirlar Mah- kamasining qarori. «Yer resurslari davlat qomitasini tashkil etish togrisida», 1998-yil 24-aðreldagi Vazirlar Mahkamasining qarori. «Ozbekiston Resðublikasida davlat yer kadastrini joriy qilish togrisida», 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli Vazirlar Mahka- masining qarori. «19992005-yillarda Ozbekiston Resðublikasida atrof- muhitni muhofaza qilishning davlat dasturi togrisida», 1999-yil 20-oktabrdagi 469-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori. DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARINING NIZOMLARI, QARORLARI VA YORIQNOMALARI «Ozbekiston Resðublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi togrisidagi Nizom», 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli Vazirlar Mahkamasining qaroriga 1-ilova. «Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi togrisidagi Nizom», 1992-yil 26-aðreldagi 232/1-sonli Ozbekiston Resðublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tasdiqlangan. «FoydaIi qazilma yotqiziqlari maydonlarida qurilishlar uchun ruxsat berish tartibi togrisidagi Nizom», 1997-yil 13-yanvardagi 20-sonli Vazirlar Mahkamasining qaroriga 1-ilova. «Ozbekiston Resðublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda davlat kadastrini olib borish tartibi togrisidagi 2 M.A. Azizov 18 Nizom», 1998-yil 10-martdagi 104-sonli Vazirlar Mahkamasining qaroriga ilova. «Ozbekiston Resðublikasi Yer resurslari davlat qomitasi togrisidagi Nizom», 1998-yil 27-iyuldagi 314-sonli Vazirlar Mahkamasining qaroriga 2-ilova. «Ozbekiston Resðublikasi tuðroq bonitirovkasi ishlarini olib borish va malumotlarni tasdiqlash tartibi», 1999-yil 18-maydagi 732-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori//OzR Qishloq va suv xojaligi vazirligi hamda Yer resurslari davlat qomitasining yer tuzish, yerdan foydalanish va yer kadastriga oid rahbariy huj- jatlari. 1.4-§. EKOSAN, EKOLOGIYA VA SALOMATLIK XALQARO JAMGARMASI «EKOSAN» ekologiya va salomatlik Xalqaro jamgarmasi 1992-yili Tasischilar konferensiyasida tashkil qilingan bolib, u notijorat, nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi. Jamgarma faoliyatidagi konseðsual asoslar: Ekologiya va salomatlik, fan, madaniyat, tibbiyot va ishlab chiqarishni faoliyatining asosiy mezoni sifatida qarash. Orta Osiyoda mintaqaviy biosferaning bolinmasligi, yax- litligi tamoyili asosida iqtisodiy-ekologik tizimni shakllantirish. Ekologiya va salomatlik muammolari Xalqaro hamkorlikning bosh ustuvor yonalishidir. Asosiy maqsadlari Muhim ekologik muammolarni har taraflama organish, ilmiy konseðsiya ishlab chiqish va ularni organishning ustuvor yonalishlarini aniqlash maqsadida davlat va nodavlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislarning kuchlarini birlashtirishga komaklashish. Orta Osiyoda ilmiy asoslangan ekologik siyosatning shakllanishida ishtirok etish. Ekologik yonalishdagi jamoatchilik fikrlarini tashkil qilishda faol ishtirok etish. Ekologik tafakkur va madaniyatni tarbiyalash. Faoliyat yonalishlari Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari. Soglom turmush tarzi, ekologiya, sanitariya-gigiyena bilim- lari va kasallikning oldini olishni targib qilish. 19 Ekologik talim-tarbiya va aholini atrof-muhit holati haqida xabardor qilish. Ekologik halokat mintaqasida yashovchi aholiga tibbiy maslahatlar berish, davolash, kasallikning oldini olish borasida va insonðarvarlik yordamlari korsatish. Ekologiya va aholi salomatligini saqlashning dolzarb muammolari boyicha xalqaro anjumanlar, uchrashuvlar, seminarlar, simðoziumlar otkazish. Ekologik inqirozga uchragan mintaqalardagi ijtimoiy- ekologik holatni organish va uni yaxshilash boyicha hamkorlik choralarni korish maqsadida xalqaro missiya tashkil qilish. Gumanitar hamkorlik masalalari boyicha xalqaro tashki- lotlar, moliya institutlari, xorijiy komðaniyalar bilan aloqa orna- tish. Tabiatni muhofaza qilish faoliyati va biznesni ekologiya- lashtirishda boshqaruvning iqtisodiy uslubini joriy etish. Ekoturizmni rivojlantirish. Amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar «Ekologiya va salomatlik kunlari» (aholining keng qatlami ishtirokida kokalamzorlashtirish, obodonlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena va targibot-tashviqotga oid tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish borasidagi tadbirlar majmuyi). «EKOSAN» Salomatlik ðoyezdi» (ekologik nosoz mintaqada yashovchi aholiga tibbiy davolash-maslahat va insonðarvarlik yordamlari korsatish). «Kasallikning oldini olish va salomatlik» (kasallik haqida ogohlantirish, idoralararo va tarmoqlarga tegishli loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish orqali sog- lom turmush tarzi yaratishni orgatish va targib qilish). «Poli- seðt», «Gematogen», «Filtrlar», «Mikrel» (insonðarvarlik yordami doirasida aholini va ijtimoiy obyektlarni dezinfeksiyalash vositasi, ichimlik suvini tozalovchi va uning sifatini yaxshilovchi mosla- malar, davolash-oziqlantiruvchi ðreðaratlari) bilan taminlash. TEO «EKOSAN» (Talabalar Ekologiya Otryadlari talaba- yoshlarni aholi yashash joylarida, mahallalarda, korxona va tashkilotlar hududlarida sanitariya-gigiyena va kommunal- foydalanish borasidagi tartibbuzarliklarni aniqlash va u yerda tartib ornatish ishlariga ommaviy holda jalb etish). «Mashal-EKOSAN» (ekologiya muammolari boyicha ilmiy- nazariy radiodasturlar sikli). 20 «Intermed» Xalq tabobati markazi» (aholi orasida xalq tabobati asoslarini tushuntirish va amalga oshirish). «EKOSAN» dorixonalari va dorixona dokonlari (dori- darmon ðreðaratlari va ekologik toza qishloq xojalik mahsulotlari savdosini amalga oshirish). «SES-EKOSAN» (korxonalar, idoralar hamda savdo obyekt- larining sanitar holati va tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan Hukumat sanitariya-eðidemiologiya xizmatining jamoatchilik bilan hamkorlikdagi nazoratini otka- zish). «Ayol va ekologiya» (ayollarning oiladagi ornini kotarish, jamoatchilik faoliyatida hamda turarjoylarda, shuningdek, osib kelayotgan yosh avlodni sanitar-gigiyenik va ekologik mada- niyatini yuksaltirish va tarbiyalashda ularning faolligini oshirishga yonaltirilgan tadbirlar majmuasi). «Toza suv» (loyihalashtirish, qurilish va suv tozalash insho- otlarini sarmoyalashda komaklashish). «Toza havo» («DAN-EKOSAN» avtomobildan chiqayotgan zaharli gazlarni tekshirish boyicha Davlat avtomobil nazorati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar). «Ekoturizm» (Buyuk iðak yoli boylab ekologik turizmni rivojlantirish). «EKOSAN» tarkibi. Jamgarma 14 mintaqaviy va 200 tuman (shahar) bolimlariga ega. Korxonalar, tashkilotlar va oquv muassasalarida qariyb 2,5 million jamgarma faollarini birlashtirgan 15 mingdan ortiq «EKOSAN» boshlangich tash- kilotlari mavjud. Bir qator xorijiy mamlakatlarda (AQSH, Ger- maniya, Yaðoniya, Shveytsariya, Pokiston, MDH mamlakatlari) Jamgarma bolimlari tuzilgan. Jamgarma tarkibida «EKOSAN» Toshkent klubi (mashhur Rim klubining oziga xos filiali), jurnalistlar, ayollar, faxriylar, yoshlar uyushmalari, «Ekosan- inform» matbuot markazi faoliyat yuritmoqda. Nazorat savollari 1. Gigiyena fanining rivojlanish tarixini ayting. 2. Orta Osiyoda gigiyena qanday rivojlangan? 3. Ekologiyaning manosi nima? Vazifalari nimalardan iborat? 4. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boyicha Prezidentning qaysi farmonlarini va Ozbekiston Respublikasi qonunlarini bilasiz? 5. Ekosan, ekologiya va salomatlik xalqaro jamgarmasining asosiy maqsad va yonalishlari nimalardan iborat? 6. Jamgarma qaysi loyiha va dasturlarni amalga oshiryapti? 21 II BOB HAVO GIGIYENASI 2.2-§. HAVO MUHITINING GIGIYENIK AHAMIYATI Havoning inson salomatligi uchun ahamiyati goyat katta. Qadim zamon mutafakkiri Giððokrat, inson salomatligi va kasalliklari uni orab turgan tashqi muhit havo, suv, tuðroq kabilarning xarakteriga bogliq, degan edi. F.F. Erisman iborasi bilan aytganda, odam nafas oladigan havodagi kimyoviy tarkib va fizik xossalarning ozgarishi uning organizmidagi garmonik muvozanat, yani salomatligini osongina buzishi mumkin. Havo muhitining roli quyidagilardan iborat: havo organizmga zarur kislorodni yetkazib beradi, moddalar almashinuvining gazsimon mahsulotlarini qabul qiladi, termoregulatsiya jarayonlariga tasir korsatadi. Quyosh radiatsiyasi odam organizmiga turlicha, shu jumladan, shifobaxsh tasir korsatadi, shu bilan birga u odamga zararli tasir korsatadigan zaharli (toksinli) moddalar va mikroblar (zararli gazlar, muallaq holatdagi mexanik zarrachalar, turli mikroorganizmlar) uchun rezervuar hisoblanadi. Atmosfera havosining kimyoviy tarkibi va uning gigiyenik ahamiyati. Yer yuzasiga tegib turadigan havo qatlami (troðosfera) kimyoviy tarkibiga kora gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Atmosfera havosining asosiy tarkibiy qismi quyidagicha: azot (78%), kislorod (21% atrofida), uglerod (IV) oksid (0,030,04%), suv buglari, inert gazlar, ozon, vodorod ðeroksid (1% atrofida). Tibbiy yol bilan kelib chiqadigan doimiy aralashmalarga kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida hosil boladigan Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling