Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Kelgusi yil iflos chiqindi tashlanadigan maydon ozgartiriladi.
K S. Zoirovning fikricha, Orta Osiyo resðublikalarida iflos suyuq chiqindilarni sharbat usulida zararsizlantirish qadimdan qollanib kelingan. Bunda suyuq iflos chiqindilarga suv malum miqdorda qoshilib, susðenziya holatida ekinlarni sugorish ðaytida solinadi. Bunda hosildorlikning oshishi bilan ifloslikdan tozalash ham tez kechadi. Qattiq axlatdan tozalash usullari. Qattiq axlat tarkibida 25% gacha organik moddalar (azot 1,0; fosfor 0,7 foiz) boladi, 58 shu sababli chiqindilardan mahalliy ogit sifatida foydalanish mumkin. Bir yilda kishi boshiga yigiladigan qattiq axlat miqdori orta hisobda 0,5 m 3 ga yaqin (200 kg atrofida). Qattiq axlatlar: a) uylardan, b) mavzelardan yigish usulida olib ketiladi. Birinchi usulda, xonadonlardan chiqadigan qattiq axlat hovliga ornatilgan maxsus konteynerlarga solinadi va vaqt- vaqtida shahardan tashqaridagi maxsus axlatxonaga olib borib tashlanadi. Konteynerlarning hajmi talabga javob beradigan bolishi va ularni tekis asfaltlangan joyga ornatish, atrofini orab qoyish, ustini berkitiladigan qilish kerak. Ikkinchi usulda, koð qavatli turarjoylar qurilgan tumanlarda uy qavatlariga chiqadigan zinaðoyalar chetiga maxsus keng diametrli quvurlar, har qavat uchun qattiq axlat tashlashga moljallangan eshikli moslama qilinadi. Tashlangan qattiq ax- latlar quvur orqali birinchi qavatdagi konteynerlarga tushadi. Gidravlik yuk kotargichli maxsus avtomashina bosh kontey- nerlarni tushirib, tolasini olib ketadi. Qishloq joylarida aholidan chiqadigan chiqindilarni zararsiz- lantirish shahardagidan farqlanadi, chunki chiqindilar ogit sifatida qishloq xojaligida ishlatiladi. Qattiq chiqindilarni zararsizlantirish muammosi faqat mar- kazlashgan qattiq chiqindilar tashlaydigan joy ajratish bilan hal bolmaydi. Qattiq chiqindilarni zararsizlantirish va yoqotish uchun maxsus zavodlar biotermik kameralar qurish kerak boladi. Biotermik usul qattiq chiqindilarda yuqori haroratga chidamli mikroorganizmlar hosil bolishiga asoslanadi. Yuqori harorat hosil qiluvchi bakteriya havo tarkibida kislorod ishtirokida qat- tiq chiqindida biokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltiradi, natijada hosil bolgan 5070°C da organik birikmalar mineralizatsiya va nitrifikatsiyaga uchraydi, qisqa muddat ichida qimmatli ogit zararsiz gumus hosil boladi. Biotermik usullar ichida qattiq chiqindilarni komðostlash muhim ahamiyatga ega. Qishloq sharoitida komðost quyidagi tartibda qilinadi. Tekis maydon shibbalanadi va 1015 santimetr balandlikda marza qilib orab, atrofidan ariq kovlanadi. Maydon eni 1,52 metr, uzunligi sharoitga qarab olinadi. Maydonga komðost qilinadigan torf, tuðroq yoki yetilgan komðost 1015 sm qalinlikda tokiladi (13-rasm). 59 13-rasm. Axlatni qavatma-qavat kompost qilish sxemasi: 1 marza; 2 tuproq; 3 axlatlar. Komðost ustiga 15 sm gacha qalinlikda axlat tashlanadi. Axlatdan tashqari, komib tashlangan hojatxonadagi najasni, gong, kulni, shuningdek, berchlashib qolmasligi uchun may- dalangan ðoxol va barglarni ham tashlash mumkin. Chiqindi- larni komðostga qoshilgandan keyin komðost qatlami 15 sm komiladi, shibbalanmaydi, bunda ðashshalar tuxum qoya olmaydi va komðostning namligi saqlanadi. Songra yana osha qalinlikda axlat tashlab komiladi, kom- ðost balandligi 1,5 m ga yetguncha shu holat takrorlanadi. Komðost yomgirda ivimasligi uchun ustiga ðoxol, bordon yoðiladi. Termofil mikroorganizmlar hayot faoliyati tufayli komðostda zor berib biokimyoviy jarayon kechadi va axlat 5070°C gacha qiziydi. Bunda organik moddalar minerallashib, ðatogen mikrob- lar, gijja tuxumi va ðashsha gumbagi oladi. Chiqindilarning chirishini tezlashtirish uchun komðostni har 12 oyda agdarib qoyiladi. Komðostga shaltoq yoki yuvindi quyib vaqt-vaqti bilan namlab turiladi. Komðost iqlim sharoitiga qarab 312 oyda, iqlimi motadil joylarda esa koðincha 57 oyda yetiladi. Odatda, komðost uchun 2 ta joy qilinadi: bittasi tolayotganda ikkinchisi yetilib turadi. Yetilgan komðost govak, torfsimon, sochiladigan toq tuðroqrang qorishmadan iborat boladi. Unda badboy hid bolmaydi va unga ðashshalar qonmaydi, yerga solinganda tuðroq tarkibini ancha yaxshilab, boshoqli ekinlar va ildizmevalar hosildorligini oshiradi. Komðostlashning afzalligi shundaki, unda tuðroq, suv va havo ifloslanmaydi, chiqindilardagi ðatogen mikroorganizmlar nobud 60 boladi va qimmatbaho ogit hosil boladi, tomorqada qoshim- cha hojatxona qurishga, axlat qutisi ornatishga, shuningdek, axlat tashish uchun transðort qidirishga zarurat qolmaydi. Shahar sharoitida, shahardan tashqarida, turarjoydan kamida 1 km narida quriladigan komðostlash dalasidan foydalaniladi. Ozbekiston sharoitida qattiq chiqindilarni komðostlab, zarar- sizlantirish usuli oddiy, qoshimcha xarajat talab qilmaydigan hamda sanitariya va eðidemiologiya talablariga javob beradigan usul hisoblanadi. Bunda qattiq chiqindilardan gumus hosil bolishi 23 marta tez kechadi va yuqori darajali ogit olinadi. Katta shaharlarda axlatni qayta ishlaydigan stansiyalar qu- riladi. Bu yerda axlat mexanik yol bilan saralanadi (latta-ðuttalar terib olinadi), maydalanadi va qavatma-qavat qilib komðost- lanadi: axlatni biotermik zararsizlantirishning bir necha kun ichida otkaziladigan tezkor, sanoat usuli ham ishlab chiqilgan. Axlat koðincha nazorat qilib turiladigan axlatxonalarda zararsizlantiriladi. Axlatxonalar aholi yashaydigan joylardan, turarjoylardan kamida 0,5 km narida qilinib, bunda eski karyerlar, chuqurlik yoki maxsus kovlangan zovurlardan foydalaniladi. Axlat 1,5 metr qalinlikda tokiladi va osha kuniyoq 2530 sm qalinlikda tuðroq (sogtuðroq, qumtuðroq, qurilishdan chiqqan axlat) bilan komiladi. Pashsha gumbaklari chiqib ulgurmasligi va axlatga kemiruv- chilar kirishiga yol qoymaslik uchun tuðroq molalab, shib- balanadi. Agar ora juda chuqur bolsa, unga bir necha qavat qilib axlat va tuðroq tashlanadi. Kuzatishlar shuni korsatadiki, komilgan axlatda biotermik jarayon sekin boradi. Nazorat qilib turadigan axlatxonalarda sassiq hid bolmaydi, ðashsha va kemiruvchilar koðaymaydi. Axlatxona yoðib tashlangandan keyin uning maydoni kokalamzorlashtiriladi. Axlat mineral- lashmaguncha axlatxonada qurilishga ruxsat etilmaydi. Biotermik kameralarda minerallanish jarayoni tez otadi (2060 kunda). Bu usulning kamchiligi shundaki, biotermik kamerani qurish katta mablag talab qiladi, shu sababli uni dam olish uylarida, qishloq kasalxonalarida qurilgani maqul. Qattiq chiqindilarni yoqish usuli bilan qayta ishlash tem- peraturasi 6501200°C bolgan maxsus ðechlarda bajariladi. Bunda bir necha daqiqadan song hamma mikroblar nobud boladi. Bu usul sanitariya va eðidemiologiya jihatidan muhimligi bilan birga kamchiliklardan xoli emas, chunonchi: 61 yoqilganda hamma qimmatli chiqindi yonib ketadi. Shu- ning uchun ham axlat yoqiladigan stansiyalarda saralash ishlarini joriy etish kerak; axlat yoqadigan katta kommunal ðechlarni qurish katta mablag talab qiladi; axlatni katta ðechlarda yoqish kommunal tozalash tizimini talab qiladi. Aks holda yoqish jarayonida tashqi muhit ifloslanishi mumkin. Axlat yoquvchi ðechlar aholi yashaydigan joylardan kamida 300 metr uzoqda bolishi kerak. Nazorat savollari 1. Tuðroqning gigiyenik va eðidemiologik ahamiyati nimalardan iborat? 2. Tuðroqning fizik xossalari nimalarda ifodalanadi? 3. Tuðroq oz-ozidan qanday tozalanadi? 4. Chiqindilarni yigish, tashish va zararsizlantirishga qanday gigiyenik talablar qoyiladi? 5. Chiqindilarni zararsizlantirishda tuðroqning roli nimalardan iborat? TEST SAVOLLARI 1. Yerning qaysi qismida mikroblar juda koð miqdorda boladi? A) 1 sm dan 10 sm gacha chuqurlikda. B) 15 sm dan 25 sm gacha chuqurlikda. D) 25 sm dan 50 sm gacha chuqurlikda. E) 50 sm dan 1 m gacha chuqurlikda. 2. Bir yilda kishi boshiga yigiladigan qattiq axlat miqdori ortacha qancha massani tashkil qiladi? A) 100 kg. B) 200 kg. D) 500 kg; E) 600 kg. 3. Axlatxonalar aholi yashaydigan yerdan va turarjoylardan kamida qancha masofada bolishi kerak? A) 200 m. B) 300 m. D) 0,5 km. E) 400 m. Eslab qoling! Gumus biotermik usul yordamida qattiq chiqindilarni zararsizlantirish natijasida hosil bolgan ogit. Seðtik qishloq sharoitida oqavani mexanik usulda tozalash uchun qollaniladigan chiritish rezervuari. Aerotenk oqavani biologik usulda tozalash va erigan holdagi organik birikmalarni minerallashtirish maqsadida qollaniladigan havo yuborilib turiladigan hovuz. 62 IV BOB SUV GIGIYENASI 4.1-§. SUV GIGIYENASI VA AHOLINI SUV BILAN TAMINLASH Gigiyenik nuqtayi nazardan toza suv hayot manbayi, salomatlik hisoblanadi. Suv inson hayoti, hayvonot va osimlik dunyosi uchun muhim ahamiyatga ega bolgan tashqi muhit omillaridan biridir. Suv organizm sharbatlari va chiqindilari tarkibiga kiradi. Suv ovqat mahsulotlarini toqimalarga tarqa- tishda, teri va nafas yollaridan bug holatida chiqishi bilan tana temperaturasi muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda kuzatiladigan barcha biokimyoviy reaksiyalar suvli eritmalarda roy beradi. Suv ichishni togri tashkil qilishda sutkalik ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazarda tutmoq zarur. Masalan, sutda 87%, yangi sabzavot va mevalarda 96%, kartoshka va goshtda 75%, nonda 47% gacha suv boladi. Suvni yoki chanqovni qondiruvchi ichimliklarni haddan tashqari koð ichish zararli, chunki bunday holat yurak ishini, ajratish azolarining faoliyatini oshirishga olib keladi. Bunda organizmning teri sathidan koð miqdorda suyuqlik ajraladi, bu bilan bir qatorda, ter bilan organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar chiqib ketadi. Suv tuz almashinuviga nisbatan olinganda meda-ichak yoli ancha faol boladi. Suyuqlikning koðroq qismi almashinuviga nisbatan olinganda meda-ichak yoli bir kecha-kunduzda 8 litr atrofida shira ajratadi, buning koð qismi qaytadan sorilib, ajralib chiqqan hazm shiralarining atigi 2% (hajmiga nisbatan olganda) axlat bilan chiqib ketadi. Organizmni suyuqlik bilan kun davomida bir tekis, muntazam taminlash muhim. Suyuqlikning koðroq qismi tushlik ovqat vaqtida qabul qilinadi (suyuq ovqat bilan 0,5 1, ovqatdan keyin ichiladigan ichimliklar bilan 0,25 1 va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida 0,25 1). Orta Osiyo aholisi yozning issiq kunlarida har xil mevalardan tayyorlangan sharbatlar qatori kok choyni xush koradi. Kok 63 choyning qora choyga nisbatan afzalligi shundaki, u medaning sharbat ajratish faoliyatiga kuchli qozgovchi tasir korsatadi. Kok choy medada uzoqroq saqlanib, keyinchalik asta-sekin buyrak orqali chiqib ketadi. Odam bir kecha-kunduz mobaynida yoshiga qarab 100 ml dan 3000 ml atrofida suv istemol qiladi, jumladan, 1200 1300 ml (48 %) suvni suyuqlik korinishida, 10001100 ml suvni esa ovqat tarkibida istemol qiladi. Oziq moddalarining endogen oksidlanishi natijasida organizmda 300 ml (12%) atrofida suv hosil boladi. Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun mobaynida, bolalarda esa 35 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib oladi. Buyrak, oðka, meda-ichak yoli, teri suv almashinuvida faol ishtirok etadi. Atrofdagi havo temperaturasi baland bolib turganida 45 litrcha suv ter bilan birga teri orqali chiqib ketadi, shuning uchun suvga ehtiyoj yanada ortadi. Normal temperaturada teri orqali 300400 ml suv ajralib chiqadi. Tashqi muhit sharoiti va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab, bir kecha-kunduzda buyrak orqali 0,5 1 dan 2,5 1 gacha suv ajralib chiqadi. Bir kecha-kunduzda chanqoqni bosish uchun istemol qilinadigan suv miqdori kishi sarflaydigan energiyaga bogliq tarzda 2,54 1 ni tashkil etadi. Yoqotilgan suv miqdorining ortib borishi bilan odam ozini yomon his qila boradi. Organizm tarkibidagi 10% suvni yoqotish modda almashish jarayonlariga jiddiy tasir korsatadi. Havo harorati 30 ° C va undan yuqori bolganda 1520% suvning organizmdan chiqib ketishi esa olimga olib kelishi mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati darajasi suv bilan taminlanish sifati va miqdoriga qarab belgilanadi. Aholi jon boshiga suv sarfi qishloq joylarda 4060 litr, vodoðrovod va kanalizatsiya bor, lekin vannasi yoq binolarda 125160 litr, vanna bor bolsa 160230 litr, markazlashtirilgan issiq suv taminoti tizimi bor binolarda 230350 litr, yirik shaharlarda 5001000 litr atrofida boladi. Toza suv tanqis bolgan joyda aholining salomatligi xavf ostida qolishi tabiiy. Demak, suv organizmning fiziologik, gigiyenik talablariga va xojalik ehtiyojlariga sifat va miqdor jihatidan tola javob beradigan bolishi kerak. Ichimlik suvining sifati orga- noleðtik xossasi, kimyoviy tarkibi, kasallik tarqatuvchi mikroblar hamda radioaktiv nurlarning bor yoki yoqligi bilan ifodalanadi. 64 Suvning organoleðtik xossasi bu suvni organizmning sezgi azolari orqali aniqlanadigan bir qancha belgilari, yani uning tiniqligi, rangi, tami, harorati, qattiqligi va hidi bilan baholanadi. Istemol uchun moljallangan suv ichida organoleðtik jihatidan gigiyenik talablarga javob bera olmaydigan, jumladan, loyqa, rangli, badboy hidli, achchiq, nordon, taxir suv manbalari bor. Bunday suv kongilni ozdiradi, chanqoqni bosmaydi, garchi salomatlik uchun xavfli bolmasa ham aholi undan foyda- lanmaydi. Suvning kimyoviy tarkibiga kora, suv manbalaridagi suv bir-biridan farq qilishi mumkin. Mineral tuzlar miqdori ortgan sari suvning tami buzilib, meda-ichak yoli hamda boshqa azolar faoliyatiga salbiy tasir etadi. Bazi tuzlar, masalan, nitrit, ftorid malum miqdorda zaharli tasir korsatadi. Shuni alohida qayd etish muhimki, otgan asrning 80-yillari suv manbalarining ifloslanishi bilan ajralib turadi. Unga sanoat chiqindilari, oqava suvlar, shuningdek, qishloq xojaligida keng kolamda ishlatilgan ðestitsid hamda mineral ogitlar qoldiqlarining suv manbalariga oqizilishi sabab bolgan. Bu jihatdan tashqi muhit tasiriga chidamli, kuchli, turgun, zaharli xususiyatlarga ega, aksariyati xlororganik guruhlarga kiruvchi birikmalarning suvga tushishi katta xavf tugdirishi mumkin. Tabiiy suv bir-biridan kimyoviy tarkibi va minerallanish xususiyatiga qarab farqlanadi. Tabiiy suv tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdori bir necha 10 dan 1000 mg/1 gacha yetadi. Odam organizmi bir kecha-kunduzda 20 g gacha mineral moddalarni (25% ni) ichimlik suvidan oladi. Lekin yuqori darajada minerallashgan suvni istemol qilgandagi tuz miqdori ovqatlanganda olinadigan mineral tuzlarning 1030 % (bazi tuz birikmalari bundan ham koð)ni tashkil qiladi. Resðublikamizning bazi viloyatlarida (Fargona, Naman- gan, Toshkent) tarkibida xlor-natriy-kalsiy tutgan ðast radio- aktivlikka ega suv manbalari mavjud. Bunday suvlar Fargona artezian havzasining ðoliogen chiqindilari orasidagi massaget chiqindilaridan chiqadi. Ular yuqori darajada minerallashgan bolib, tarkibida azot, yod (30 mg/1 gacha), brom (20 mg/1) va boshqa moddalar bor. 8003000 metr chuqurlikda 7 tagacha suvli qatlam (gorizont) borligi aniqlangan, quduqlardan otilib chiqadigan suvning sarfi (debiti) sutkasiga 690730 m 3 ni tashkil 65 qiladi. Shu sababli bunday suvlar Chortoq, Gulshan, Chimyon va boshqa sanatoriyalarda teri, bod, yurak-tomir, harakat organlari, ginekologik kasalliklarini fizioteraðevtik usullar bilan davolashda foydalidir. Tabiiy suvlar tarkibida mikroelementlarning koð yoki kam miqdorda bolishi bazi surunkali (yuqumli bolmagan) kasallik- larni keltirib chiqarishi mumkin. Tabiiy koð uchraydigan endemik kasalliklarga flyuoroz kiradi. R.D. Gabovich, G.D. Ovrusskiylarning malumotlariga kora, flyuoroz kasalligi suv tarkibida ftorning miqdori 0,7 mg/1 dan ortiq bolgan barcha joylarda uchraydi. Flyuoroz kasalligi Ros- siyaning koðchilik viloyatlarida, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogiston resðublikalarida uchraydi. Ftor miqdorining koðayishi flyuoroz kasalligining sababchisi bolishi bilan bir qatorda, tish kariyesiga qarshi ðrofilaktik omildir. Suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/1 dan kam bolganda maktab oquvchilari orasida kariyes kasalligi koðaygani qayd etilgan. Shu sababli R.D. Gabovich, A.A. Minx, V.A. Knijnikov va boshqalarning tavsiyasiga binoan ichish uchun moljallangan suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/1 dan kam bolganda hamda shu hududda kariyes kasalligi koðayganda, vodoðrovod suvlariga ftor qoshish yoli bilan uning miqdorini 0,7 mg/1 gacha yetkazish tavsiya etilgan. Ushbu miqdor meyor sifatida jahon miqyosida qabul qilingan. Yod moddasi kam bolgan biogeokimyoviy viloyatlarda en- demik buqoq kasalligi keng tarqalgan. Endemik buqoq kasalligi Garbiy Ukraina, Volga daryosining yuqori qismlarida, Uralda, Markaziy va Shimoliy Kavkazda, Orta Osiyoning vodiy qismida, Oltoyda, Uzoq Sharqning katta daryolar boylarida yashov- chilarda uchraydi. Suv tarkibida nitratlarning miqdori 10 mg/1 dan oshganda kokrak yoshidagi bolalarda nitrat metgemoglobinemiyaning kelib chiqishi aniqlangan. L.Paster ifloslangan suv eðidemiya manbayi ekanligini ilmiy jihatdan asoslagan. Yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar suvda oz hayot faoliyatini saqlab qolish xususiyatiga ega bolsa, bunday suv istemol qilinganda odam yuqumli kasallik bilan ogrishi mumkin. Ich terlama, ichburug, vabo, leðtosðiroza, tulyaremiya, brut- sellyoz, Botkin kasalligi va boshqa enteroviruslar suv orqali 5 M.A. Azizov 66 yuqadi. Bu kasalliklarning qozgatuvchilari suvga bemor va batsilla tashuvchilarning ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va har xil chiqindilar tushishi tufayli roy beradi. Eðidemiologik jihatdan ochiq suv manbalari ayniqsa xavotirli hisoblanadi. Ommaviy chomilish, kemalar ifloslarining suv havzalariga tashlanishi, qirgoqlarga axlat tokilishi va ularning yomgir suvi bilan yuvilishi, suv havzalarida kir yuvish, hojatxonalarning yer osti suvlariga tasiri, iflos chelaklardan quduqlarga ðatogen mikroorganizmlarning tushib qolishi ham suvning zararlanishiga sabab boladi Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tugdiradi. Shubhali, ochiq suv manbalarida chomilish va mevalarni chayish ham xatarli hisoblanadi. 1950-yillardan boshlab, suv manbalarining suniy radioaktiv izotoðlar bilan iflos- langani aniqlana boshlandi, bunday izotoðlar ayrim azolarda kumulatsiya qilinishi natijasida nur kasalligiga sababchi bolishi mumkin. Yuqorida aytib otilganlar aholini yetarli miqdorda gigiyenik talablarga javob beradigan toza suv bilan taminlash, aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish muhim soglomlashtirish tadbirlari hisoblanishidan dalolat beradi. 4.2-§. ICHIMLIK SUV SIFATIGA QOYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR VA UNI SANITARIYA NUQTAYI NAZARIDAN BAHOLASH Aholi xojalik-turmush maqsadlarida ishlatadigan suv quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak: 1. Yaxshi organoleðtik xususiyatlarga va kishini tetik- lashtiruvchi temperaturaga ega bolishi, tiniq, rangsiz, tamsiz va hidsiz bolishi. 2. Kimyoviy tarkibiga kora zaharsiz bolishi. 3. Tarkibida ðatogen mikroblar va boshqa kasalliklarning qozgatuvchilari bolmasligi, yani kasallik manbayi bolib qolmasligi lozim. 4. Tarkibida radioaktiv moddalar ruxsat etilgan miqdordan koð bolmasligi kerak. Suvning sifati koð jihatdan suv manbayining sanitariya holatiga bogliq. Shuning uchun ham suv manbalariga baho 67 berishda uning atroflari sanitariya-toðografik jihatdan tekshi- riladi. Bundan maqsad tuðroqni ifloslovchi manbalarni aniqlash, suv olish inshootlarini tekshirish, laboratoriya tekshiruvi uchun suv oladigan joyni belgilash va b.lar. Bundan tashqari, bu suv manbayidan foydalanuvchilar orasida qanday kasalliklar uch- rashini aniqlash, tumandagi eðidemiologik ahvol bilan tanishish lozim. Bunda, asosan, aholi va uy hayvonlari orasida uchray- digan, suv orqali tarqalishi mumkin bolgan kasalliklar organiladi. Shunday qilib, sanitariya-toðografik tekshirishlar natijasi bilan laboratoriya natijalari qiyoslanib, suv manbayi va suv gigiyenik nuqtayi nazardan baholanadi. Aholiga vodoðrovod bilan tarqatiladigan ichimlik suviga qoyiladigan gigiyenik talablar amaldagi standartda oz ifodasini toðgan. Suv sifatining standarti belgilangan meyorga muvofiqligi vodoðrovod tarmogidan olingan suvni sanitariya nuqtayi nazaridan tekshirish yoli bilan aniqlanadi. 4.3-§. SUV IFLOSLANISHINING KIMYOVIY KORSATKICHLARI Suvning kimyoviy sifati suv manbalarining organik moddalar va ularning ðarchalanish mahsulotlari (ammoniy tuzlari, nitritlar, nitratlar) bilan ifloslanishining kimyoviy korsatkichlari deb Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling