Umumiy gigiyena va ekologiya


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/30
Sana14.08.2017
Hajmi3.01 Kb.
#13437
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
YK
=
Tabiiy  yoritilganlik  koeffitsiyenti  (TYK)
ni  aniqlash.  Tabiiy  yoritilganlikni  aniqlash
uchun  hozirgi  kunda  sanitariya  amaliyotiga
yorug‘likni  sezuvchan  fotoelement  (selen
fotoelementi) va unga ulangan strelkali gal-
vanometrdan  iborat  obyektiv  luksmetrlar
qo‘llaniladi (21-rasm). Yo‘rug‘lik nurlari fo-
toelementga tushganda fotoelektr toki ðaydo
bo‘lib,  u  galvanometr  strelkasini  siljitadi.
Yoritilish qancha intensiv bo‘lsa, strelkaning
og‘ish burchagi shuncha katta bo‘ladi. Gal-
vanometrning ko‘rsatishlari yoritilganlikning

117
lukslardagi  qiymatiga  muvofiq  keladi.  Asbobda  ikkita  klemma:
galvanometrni  kichik  yoritilganlik  sharoitlarida  (100  lk  gacha)
ishlatilganda ulash uchun va katta yoritilganlik sharoitlarida (1000
lk gacha) ishlatilganda ulash uchun klemmalar bo‘ladi. Shunga
muvofiq galvanometrning 0 dan 100 lk gacha shkalasi bor. Agar
yoritilish  katta  bo‘lsa  va  galvanometr  strelkasi  shkaladan  o‘tib
ketsa, bu holda fotoelementga yorug‘lik oqimini 10 va 100 bara-
var susaytiradigan svetofiltrli qoðlama kiygiziladi. Svetofiltrlarni
qo‘llash  o‘lchash  chegaralarini  kengaytirish  imkonini  beradi.
TYK  ni  aniqlash  uchun  luksmetr  bilan  ish  joyidagi  yoritil-
ganlik va, ayni vaqtda, tashqi yoritilganlik o‘lchanadi. Bu nisbatni
foizlarda ifodalab, TYK ni hisoblab chiqariladi. Turarjoy xona-
sidagi  sun’iy  yoritilganlik  vatt  metodi  bilan  aniqlanadi.  Bunda
xonadagi lamðalar soni va ularning vattlardagi yakuniy quvvati
hisoblanadi.  Olingan  qiymat  xona  maydoniga  taqsimlanadi  va
lamðalarning 1 m
2
 ga tushadigan vattlardagi solishtirma quvvati
hosil  qilinadi.  Yoritilganlikni  aniqlash  uchun  bu  qiymatni  «e»
koeffitsiyentga ko‘ðaytiriladi. Bu koeffitsiyent qanday miqdordagi
lukslar 1 Vt/m
2
  ga  teng  solishtirma  quvvat  berishini  ko‘rsatadi
(3-jadval).
3-jadval
Maydoni 50 m
2
 dan ortiq bo‘lmagan xonalar
uchun «e» koeffitsiyenti
,
i
t
a
v
v
u
q
g
n
i
n
a
ð
m
a
L
,
i
t
a
v
v
u
q
g
n
i
n
a
ð
m
a
L
,
i
t
a
v
v
u
q
g
n
i
n
a
ð
m
a
L
,
i
t
a
v
v
u
q
g
n
i
n
a
ð
m
a
L
,
i
t
a
v
v
u
q
g
n
i
n
a
ð
m
a
L
W
i
g
a
d
q
o
m
r
a
T
i
g
a
d
q
o
m
r
a
T
i
g
a
d
q
o
m
r
a
T
i
g
a
d
q
o
m
r
a
T
i
g
a
d
q
o
m
r
a
T
V
,
h
s
i
n
a
h
c
l
‘
O
V
,
h
s
i
n
a
h
c
l
‘
O
V
,
h
s
i
n
a
h
c
l
‘
O
V
,
h
s
i
n
a
h
c
l
‘
O
V
,
h
s
i
n
a
h
c
l
‘
O
7
2
1
0
2
2
a
h
c
a
g
0
1
1
q
it
r
o
n
a
d
n
u
b
a
v
0
0
1
4
,
2
2
,
3
0
,
2
5
,
2
Havo almashinuvi sonini aniqlash. Havo almashinuvi soni –
xonadagi  havo  bir  soat  mobaynida  necha  marta  to‘liq  alma-
shinuvini  ko‘rsatadigan  sondir.  Tabiiy  ventilatsiyada  havo  al-
mashinuvi sonini bilvosita metod bilan aniqlash mumkin. Buning
uchun  xonadagi  karbonat  angidrid  gazi  miqdori,  uning
kubaturasi aniqlanadi, xonada bo‘lgan odamlarning soni sanaladi
va formula bo‘yicha havo almashinuvi soni hisoblab chiqariladi:
22,6
,
( – 0, 4
)
N
S
ð
K

=


118
bunda: S – havo almashinuvi soni; 22,6 – katta yoshli odam bir
soat  ichida  nafas  oladigan  havo  tarkibidagi  karbonat  angidrid
gazining litrlardagi miqdori; N– xonadagi kishilar soni;
𠠖  xonadagi  tekshirilayotgan  karbonat  angidrid  gazining
ðromilli hisobidagi konsentratsiyasi; K– xonaning kub metr hiso-
bidagi  hajmi.
Misol. N=12 kishi, K=250 m
3
, ð=1,48%,
22,6 12
13,56
(0, 48 – 0, 4) 250
S

=
=

.
Sun’iy  ventilatsiya  bo‘lganda  avval  xonaga  kirayotgan  havo
miqdori aniqlanadi. Buning uchun ventilatsion teshik maydoni
quvurning ko‘ndalang kesimidagi havo harakati tezligiga ko‘ðay-
tiriladi. Havo harakati tezligini anemometr yordamida havo o‘t-
kazgich kesimining bir necha nuqtalarida aniqlanadi, hisoblash
uchun  esa  o‘rtacha  tezlik  olinadi.  Bu  holda  havo  almashinuvi
soni  quyidagi  formula  bo‘yicha  aniqlanadi:
V
S
K
=
,
bunda: S  –  havo  almashinuvi  soni;  V –  xonaga  1  soat  ichida
(kub  metrlarda)  kiradigan  (yoki  haydaladigan)  havo  miqdori;
K – xonaning hajmi.
Kvartirani sanitariya jihatdan tekshirish kartasi
1. Manzil ________________________________________
Uy ¹ __________________________________________
Kvartira ¹
Ijarachi familiyasi _________________________________
2. Kimning ixtiyorida: turarjoy bo‘limi, turarjoy-qurilish ko-
oðerativi,  muassasa  _________________________________
3. Qavat ______. Kvartiradagi turarjoy xonalari soni _______.
Ulardan  ko‘chaga  qaragani  ________,  hovliga  qaragani
_______. Qo‘shni binolarning soyasi tushadimi? – ha, yo‘q.
4. Kvartiraning umumiy maydoni _ m
2
, umumiy kubaturasi
__ m
3
.
5. Kvartirada yashovchi oila soni _____. Jami _____ kishi,
ulardan 14 yoshgacha bo‘lganlar ________________________.
6. Har bir odam uchun turarjoy maydoni ____ m
2
, har bir
odam uchun havo kubi ____ m
3
.

119
7. Devorlari g‘ishtdan, yog‘ochdan. Ichki ðardozi va uning
ahvoli _____ zaxlik bor, yo‘q. Uning sabablari ______________.
8.  Isitilishi  markaziy  ________,  ðechka  bilan  ______,
bekam-ko‘stmi – ha, yo‘q; yetarlimi ______ ha, yo‘q. Tekshirish
ðaytida  turarjoy  xonalaridagi  havo  harorati  ______________.
9.  Ventilatsiya:  markaziy  –  ha,  yo‘q;  ishlaydi  –  ha,  yo‘q.
Fortochkalar – bor, yo‘q. Ikkiyoqlama shamollatish – mumkin,
yo‘q; qo‘llaniladi – ha, yo‘q.
10.  Oshxona:  tabiiy  yoritilish  –  yetarli,  yo‘q.  Plita  –  gaz
ðlita (gorelkalar soni), o‘t yoqiladi. Ventilatsion ðanjalar – bor,
yo‘q;  tortish  kuchi  –  bor,  yo‘q.  Devorlari  va  ðolning  ahvoli
______. O‘tin, axlat qayerda saqlanadi ___________, sanitariya
holati  ______________.
11.  Kvartirada  shovqin  –  bor,  yo‘q,  uning  kelib  chiqishi
_______.
12.  Turarjoy  xonalarida  har  xil  hidlar,  zaxlik  bormi  –  ha,
yo‘q, ðaydo bo‘lish sabablari ___________________________.
13. Yashab turgan kishilarning shikoyatlari_____________.
14. Qo‘shimcha ma’lumotlar.
Tekshiruv o‘tkazilgan kun _________________________.
Imzo  __________________  ____________
Nazorat savollari
l. Xonadagi tabiiy va sun’iy yoritilganlik darajasi qanday omillarga bog‘liq?
2. Turarjoylar mikroiqlimi va ventilatsiyasiga qanday gigiyenik talablar qo‘yiladi?
Masala va mashqlar
1. Derazaning oyna solingan qismi maydoni 1,6 m
2
, ðol maydoni 14 m
2
. Yorug‘lik
koeffitsiyentini hisoblang, u odam yashaydigan xona uchun yetarlimi?
2. 1200 kishi yashaydigan turarjoy binosida axlat yig‘ish uchun 2 ta konteyner
bor, konteyner sig‘imi 0,5 m
3
. Bu yetarlimi?
TEZKOR  SAVOLLAR
1. Turarjoylar qurishda havo yo‘nalishi hisobga olinadimi?
A. «Ha».
B. «Yo‘q».
2. Yer osti suvlarining chuqurligi turarjoylar qurishda hisobga olinadimi?
A. «Ha».
B. «Yo‘q».
3. Shamolning yo‘nalishi ko‘ðroq shimoldan janubga bo‘lsa, aholi yashash joyi janubda
bo‘lsa, shimolga ohak zavodi qurish mumkinmi?
A. «Ha».
B. «Yo‘q».
4. Turarjoy binolarida ikki tomonlama ventilatsiyaning ahamiyati bormi?
A. «Ha».
B. «Yo‘q».

120
5. Yoritilish birligi vatt bilan belgilanadimi?
A. «Ha».
B. «Yo‘q».
TEST  SAVOLLARI
6. Yoritilish birligi nima bilan belgilanadi?
A. «Vatt».
B. «Luks».
C. «Volt».
D. «Amðer».
E. «Lumen».
7. Yoritilganlik qaysi asbob bilan aniqlanadi?
A. Luksmetr.
B. Amðermetr.
C. Voltmetr.
 D. Termometr.
 Eslab qoling!
Yorug‘lik koeffitsiyenti – derazalarning oyna solingan maydonining ðol
maydoniga nisbati.
Tabiiy yoritilish koeffitsiyenti – xona ichi yoritilganligining ayni vaqtda xonadan
tashqaridagi yoritilganlikka foizlarda ifodalangan nisbati.

121
VI BOB
OVQATLANISH GIGIYENASI
Ovqatlanishining  gigiyenik  ahamiyati.  Inson  organizmining
bekam-ko‘st  rivojlanib  yashashini  ta’minlaydigan  asosiy  omil-
lardan biri ovqatdir. Ovqat energiya manbayi hisoblanadi. Yeyil-
gan  bir  gramm  ovqatning  organizmda  ajratadigan  issiqligiga
qarab  ovqatning  quvvati  aniqlanadi.  Moddalar  almashinuvi
jarayonida organizm hayotini ta’minlovchi energiya hosil bo‘ladi,
yo‘qotilgan  suyuqlik  miqdorining  o‘rni  to‘ladi  (suyuqlik  alma-
shinuvi),  mineral  moddalarga  bo‘lgan  ehtiyoj  qondiriladi  (mi-
neral  almashinuvi),  sintetik  jarayon  uchun  sarflangan  organik
moddalar o‘rni ham to‘ladi (ðlastik almashinuv).
6.1-§. SOG‘LIQNI SAQLASHDA RATSIONAL
OVQATLANISHNING  AHAMIYATI
Ratsional ovqatlanish aholi sog‘lig‘iga, jismoniy rivojlanishga,
kasalliklarga bardoshlilikka ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri
hisoblanadi.  Jismoniy  rivojlanishning  to‘la  qimmatli  ovqat-
lanishga  bog‘liqligiga  mustamlaka  mamlakatlarda  yashovchi
aholining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari yaqqol misol bo‘la
oladi.  Ovqat  ratsionining  yetarli  emasligi  mehnat  qobiliyatiga
ta’sir  qiladi,  bu  tez  charchash,  ish  qobiliyatining  ðasayishida
o‘z ifodasini toðadi. Bolalarning yetarlicha ovqatlanmasligi o‘sish
va  jismoniy  rivojlanishning  kechikishiga  olib  keladi.  Ratsional
va yetarli darajada ovqatlanish odamning turli kasalliklarga, tabiiy
va  orttirilgan  immunitetni  saqlab  qolishiga  imkon  beradi.  U
organizmning energiyaga, ðlastik va boshqa materiallarga bo‘lgan
ehtiyojlarini  qondirib,  bunda  zarur  modda  almashinuvi  dara-
jasini  ta’minlashi  kerak.  Ratsional  ovqatlanishning  asosiy  ele-
menti,  bu  ovqatlanishning  muvozanatlanganligi  va  to‘g‘ri  ov-
qatlanish rejimi hisoblanadi. Muvozanatlangan ovqatlanish aso-
siy  oziq-ovqat  moddalari  –  oqsillar,  yog‘lar,  uglevodlar,
vitaminlar  va  mineral  moddalarning  miqdor  va  sifat  jihatdan

122
oðtimal  nisbatda  bo‘lishini  ko‘zda  tutadi.  Bunda  organizmda
sintez  qilinmaydigan,  alishtirib  bo‘lmaydigan  aminokislota-
larning  muvozanatlanganligi  alohida  ahamiyatga  ega.  Hozirgi
kunda ovqatning kimyoviy tarkibi organizmning turli-tuman tok-
sinli  moddalar  ta’siriga  chidamini  oshirishi  va  ularning  orga-
nizmdan  chiqarilishiga  imkon  berishi  aniqlangan.  I.P. Pavlov
va  uning  izdoshlari  o‘tkazgan  tadqiqotlarda  ovqat  xarakteri
hazm  xarakterini  belgilab  berishi  isbotlangan.  Shuning  uchun
ovqatlanishga  eng  muhim  davo  omillaridan  biri  sifatida  qa-
raladi.  Taniqli  gigiyenist  G.V. Xloðin  organizmning  kasallik
qo‘zg‘atuvchi  ta’sirlarga  bardosh  berish  qobiliyati,  odamning
aqliy va jismoniy rivojlanishi uning yaxshi ovqatlanishiga bog‘liq
deb aytgan edi.
Ovqatga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik talablar quyidagilardan
iborat: ovqat odam mehnatining og‘ir-yengilligi, yoshi, sog‘lig‘i,
holatiga  muvofiq  tarzda  organizmning  energiya  sarflarini  qoð-
lashi; ðlastik maqsadlar va barcha fiziologik jarayonlarning nor-
mal kechishi uchun zarur bo‘lgan barcha oziq moddalarni yetarli
miqdorda  saqlashi;  ishtahani  ochadigan,  xushta’m,  yoqimli
hidga ega bo‘lishi, tashqi ko‘rinishi chiroyli, to‘yinish sezgisini
qo‘zg‘atishi kerak; tegishli temðeraturada bo‘lishi; bezarar bo‘-
lishi, ya’ni toksinli moddalar va ðatogen bakteriyalar saqlamasligi
kerak;  ovqatlanish  turli  oziq-ovqat  moddalar  miqdori  bo‘yicha
muvozanatlangan bo‘lishi; ovqatning umumiy energetik qimmati
kun  mobaynida  uni  bo‘lib-bo‘lib  qabul  qilish  bo‘yicha  to‘g‘ri
taqsimlanishi  lozim.
Umumiy ovqatlanishning aholini ehtiyojlarini qondirishdagi
rolini  ko‘tarish,  ishchilar,  xizmatchilar  va  o‘quv  yurtlari
o‘quvchilarining  ish  va  o‘qish  joyida  issiq  ovqat  bilan  ta’min-
lashni  yaxshilash,  aholiga  xizmat  ko‘rsatish  madaniyatini
yuksaltirish,  ðarhez  ovqat  korxonalari  tarmog‘ini  rivojlantirish
ko‘zda tutilgan.
I  guruh  –  asosan  aqliy  mehnat  bilan  shug‘ullanadigan
xodimlar (korxonalarning rahbarlari, ilm-fan xodimlari, mehnati
asab  zo‘riqishini  talab  qiladigan  turli  kategoriyadagi  xodimlar
(boshqarish ðultlarida ishlaydigan xodimlar, disðetcherlar va b.);
II guruh – yengil jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan xo-
dimlar  (mehnati  bir  qadar  jismoniy  kuch  talab  qiladigan
muhandis-texnik  xodimlar,  avtomatlashgan  jarayonlarda  ish-
laydigan xodimlar, tibbiyot hamshiralari, sanitarkalar va b.);

123
III  guruh – mehnatining  og‘ir-yengilligi  o‘rtacha  xodimlar
(chilangarlar,  sozlovchilar,  dastgohlarda  ishlovchilar,  xirurglar
va b.);
IV  guruh  –  og‘ir  jismoniy  mehnat  xodimlari  (quruvchilar,
qishloq  xo‘jaligi  ishchilari  va  mexanizatorlar,  metallurglar  va
quyuvchilar, duradgorlar va b.);
V  guruh  –  ayniqsa  og‘ir  mehnat  bilan  band  xodimlar  (yer
ostida  ishlaydigan  kon  ishchilari,  daraxt  kesuvchilar,  g‘isht
teruvchilar, betonchilar, yer qazuvchilar va b.).
Ovqatlanishning  fiziologik  me’yorlari  ayrim  aholi  guruh-
larining  asosiy  oziq-ovqat  moddalariga  va  energiyaga  bo‘lgan
oðtimal ehtiyojini aks ettiradigan o‘rtacha qiymatlar hisoblanadi.
Yakka tartibdagi ehtiyojlarni aniqlashda avvalo bo‘y, tana mas-
sasi,  yosh,  shuningdek  mehnat  va  turmushning  konkret  xusu-
siyatlari  haqidagi  ma’lumotlarni  hisobga  olish  kerak.  Kecha-
kunduzlik  energiya  sarflari  o‘rnini  to‘ldirish  uchun  organizm
ma’lum  tarkibdagi  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  yetarli  miq-
dorda ta’minlanishini nazarda tutish kerak.
6.2-§.  OVQATLANISH  REJIMI
Ovqatlanish rejimiga to‘g‘ri rioya qilinsa, ovqat yaxshi hazm
bo‘ladi. Ovqatni hamisha ma’lum soatlarda yeyish kerak, chunki
bunday hollarda vaqtga doir shartli refleks ishlanadi. Ovqat tanovul
qilish ðaytiga kelib sekretsiya kuchayadi va me’da ovqatni qabul
qilishga tayyor bo‘lganida oshqozonga tushadi. Aks holda hazm
aððaratining bir maromda ishlashi buziladi, natijada vaqt o‘tgan
sayin uning a’zolari funksiyasi buzilishi va butun organizmning
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ovqat  ratsionini  kun  mobaynida  taqsimlashning  ahamiyati
katta, chunki bir yoki ikki galda tanovul qilingan mo‘l miqdordagi
ovqat  bir  necha  marta  yeyish  uchun  taqsimlangan  xuddi  shu
miqdordagi ovqatga qaraganda birmuncha yomon hazm bo‘ladi.
Bu hazm aððarati kasallangan shaxslar uchun ayniqsa muhimdir.
Bu hol me’dasining hajmi kichkina va me’da shirasining hazm
qilish qobiliyati kuchsiz bolalar uchun ham taalluqlidir.
Sutkalik ratsion yoshga, odat bo‘lib qolgan kundalik rejimga,
mehnat  faoliyatining  xususiyatlari  va  boshqalarga  asoslanib
taqsimlanadi. Yasli yoshidagi bolalar ovqatni har 3–3,5 soatda,
maktabgacha yoshdagi bolalar har 3,5–4 soatda qabul qilishlari

124
kerak.  O‘smirlar  odatdagi  sharoitlarda  4  marta  ovqatlanishlari
zarur.  Katta  yoshdagi  odamlar  uchun  odatdagi  hayot  sharoit-
larida  3–4  marta  ovqatlanish  rejalashtiriladi.  4  mahal  ovqat-
lanishda nonushtaga sutkalik ratsionning 25%, tushlikka – 35%,
tushlikdan keyingi ovqatga –15% va kechki ovqatga – 25% tavsiya
qilinadi.
Ovqat  yaxshi  singishi  (hazm  bo‘lishi)  uchun  ayrim  taomlar
va mahsulotlarni navbati bilan berish, ovqat tanovul qilinadigan
sharoit ham muhim ahamiyatga ega.
Asosiy oziq-ovqat moddalarining ahamiyati. Ovqat asosiy oziq-
ovqat  moddalari  (oqsillar,  yog‘lar,  uglevodlar),  shuningdek,
vitaminlar,  mineral  elementlar,  suv  va  organizm  uchun  zarur
bo‘lgan boshqa moddalarning tabiiy manbayi hisoblanadi.
6.3-§. OQSILLARNING OZUQALIK VA
BIOLOGIK QIYMATI
Oqsillar  hayot  uchun  zarur  modda  hisoblanadi,  ularsiz  or-
ganizm  yashashi,  o‘sishi  va  rivojlanishi  mumkin  emas.  Hayot
faoliyati  jarayonida  hujayralar  tarkibidagi  oqsillar  doimiy  ra-
vishda  ðarchalanib,  yangilanib  turadi.  Shu  jarayonni  quvvatlab
turish  uchun  organizmga  oqsil  tushib  turishi  zarur.  Oqsil
hujayralar  yadrosi  va  sitoðlazmasi  tarkibiga  kiradi.  Oqsillar,
asosan, ðlastik funksiyani bajaradi. To‘qima va a’zolarning barcha
hujayralari shu oqsillardan tuzilgan. Oqsillar qon, limfa, mushak
tolalari,  suyaklar,  gormonlar  tarkibiga,  shuningdek,  fermentlar
hamda mikroblar va ularning zaharlariga qarshi kurash jarayonida
organizmda ishlanib chiqadigan antitelalar tarkibiga kiradi. Oqsil
muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  jumladan,  immunitet  asosini
tashkil qilishda, sðetsifik gammaglobulinning tashkil bo‘lishida,
tabiiy  immunitet  rivojlanishi,  qon  oqsili  ðroðerdinning  hosil
bo‘lishida,  mushaklarning  qisqarishida  ishtirok  etuvchi  miozin
va  aktinan  bo‘lishida,  gemoglobin  hosil  bo‘lishida,  ko‘z  to‘r
qavatidagi  ko‘rish  ðurðuri  faoliyatida  qatnashuvchi  radoðtsin
hosil bo‘lishida, to‘qimaning membranalik sistemasiga kiruvchi
birikmalar  sifatida  qatnashadi.  Shuningdek,  oqsillar,  moddalar
almashinuvi  jarayonini  boshqaruvchilar  bo‘lib  xizmat  qiladi,
qalqonsimon  bez,  giðofiz,  me’daosti  bezi  gormonlari  tarkibiga
kiradi. Oqsil yetishmaganda, vitaminlar yaxshi o‘zlashtirilmaydi.
1985-yilda Pavi va 1904-yilda Lyute aminokislotalar yordamida

125
oqsillardan  qand  hosil  bo‘lishini  isbotladilar.  Bunda  alanin
ðirouzum kislotaga o‘tib, undan glukoza, aminokislotadan jigarda
ham glukoza hosil bo‘ladi.
Shunday  qilib,  surunkasiga  og‘ir  jismoniy  ish  bajarilganida
energiya  faqat  uglevodlar  va  yog‘lar  hisobiga  sarflanmay,  ami-
nokislotalardan  hosil  bo‘lgan  glukoza  hisobiga  ham  qoðlanadi.
Oqsil yetishmaganda organizmda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi,
bolalar yaxshi o‘smaydi va rivojlanmaydi, kattalar jigarida chuqur
o‘zgarishlar  (yog‘  infiltratsiyasi)  ro‘y  beradi,  jigar  sirroziga  xos
o‘zgarishlar boshlanadi, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, me’daosti
bezi ishi buziladi, qonning oqsil tarkibi o‘zgaradi, organizmning
yuqumli  kasalliklarga  chidami  susayib  ketadi,  xotira  ðasayib,
ish  qobiliyati  buziladi.  Organizmga  ortiqcha  miqdorda  oqsil
tushib turishi esa talaygina a’zolar va sistemalar faoliyatiga ham
yomon ta’sir ko‘rsatadi.
6.4-§. OVQATDAGI OQSILLAR TARKIBINING
AHAMIYATI
Ovqat  bilan  tushgan  oqsillar  me’da-ichak  yo‘li  fermentlari
ta’sirida aminokislotalarga ðarchalanadi, bular qon bilan hujay-
raga  o‘tib,  oqsillar  sinteziga  sarflanadi.  Odamning  o‘ziga  xos,
ya’ni  sðetsifik  oqsillarning  miqdoridan  tashqari,  tarkibidagi
aminokislotalar  nisbatining  ahamiyati  ham  katta.
Organizmda aminokislotalar doim ma’lum bir darajada saqlab
turiladi.  Biroq,  ba’zi  hollarda  (homiladorlik,  keksalikda,  xavfli
o‘smalar ðaydo bo‘lganda) to‘qimalardagi aminokislotalar nisbati
o‘zgaradi. Shuning uchun ham, oqsillar organizmga doim tushib
turishi shart. Buning uchun odam xilma-xil oziq-ovqat mahsu-
lotlari iste’mol qilib turishi lozim. Oqsillar organizmda amino-
kislotalarga ðarchalanadi. Organizmda sintezlanadigan va sintez-
lanmaydigan  aminokislotalar  bo‘ladi.  Organizm  uchun  zarur
aminokislotalarning  ko‘ði  organizmda  sintezlanadi.  Organizm-
ning  sintezlanadigan  aminokislotalarga  ehtiyoji  endogen  sintez
hisobiga  qoðlanadi.  Sintezlanmaydigan  yoki  yetarlicha  sin-
tezlanmaydigan  aminokislotalar  organizmda  sintezlanmaydi.
Shuning  uchun  ularni  almashtirib  bo‘lmaydigan  yoki  hayotiy
muhim  aminokislotalar,  deb  ataladi.
Rouza, Olmkuista, Jekson, Mitchellarning olib borgan tek-
shirishlari  natijasida  8  ta  aminokislotani  almashtirib  bo‘lmay-

126
diganlar  qatoriga  kiritilgan.  Bularga  triðtofan,  lizin,  raetionin,
fenilalanin, leytsin, izoleytsin, valin, treonin kiradi.
Almashtirib  bo‘ladigan  aminokislotalar  o‘simlik  mahsu-
lotlarida,  almashtirib  bo‘lmaydigan  aminokislotalar  esa  hayvon
mahsulotlarida  bo‘ladi.  Oqsillar  o‘z  tarkibida  almashtirib  bo‘l-
maydigan barcha aminokislotalarni muvozanatda tutsa, qimmatli
hisoblanadi. Hayvonlar mahsulotlaridagi oqsillar (go‘sht, baliq,
tuxum, sut, sut mahsulotlari) tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar hammadan ko‘ð bo‘ladi. Aminokislotalardan bir
nechtasi yoki hatto bittasi yetishmaganda oqsilning sintezlanish
jarayoni  buziladi,  boshqa  aminokislotalar  ham  o‘zlashtirilmay
qoladi va oqsil yetishmovchiligi yuzaga keladi.
O‘simliklardan olinadigan ba’zi mahsulotlarda ham almash-
tirib  bo‘lmaydigan  oqsillar  bo‘ladi.  Bunga  mosh  kiradi.  Mosh
tarkibida kimyoviy nuqtayi nazardan go‘sht tarkibidagi kabi al-
mashtirib  bo‘lmaydigan  aminokislotalar  bo‘ladi.
6.5-§. YOG‘LARNING OZUQA VA BIOLOGIK
QIYMATI
Yog‘lar asosiy oziq moddalar hisoblanadi. Yog‘lar – organik
moddalar,  glitserin  bilan  bir  asosli  yog‘  kislotalar  (triglitse-
ridlar)ning  to‘liq,  murakkab  efirlari,  liðidlar  sinfiga  mansub.
Yog‘larning  fiziologik  ahamiyati  juda  xilma-xil.  Ular  asosiy
energiya  manbayi  hisoblanadi.  Yog‘lar  vitamin  A,  E  ni  eritadi

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling