Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
kalsiy muvozanati, markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi.
Bosh miyada bosimning oshish alomatlari, qon quyilishlar, yurak mushaklarida qon quyilishi kuzatiladi. Organizmda kislorod yetishmasligi oqibatida markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi. Is gazi organizmdan (oðka orqali) havo bilan chiqariladi. Zaharlanishning yengil turida chakkada bosim hamda qattiq tomir urishi, boshning aylanishi, ogrishi, kokrak qisishi, boshashish, kongil aynishi kabi alomatlar kuzatiladi. Zahar- 199 lanishning ogir turida odam hushidan ketadi, talvasa tutadi, tilini tishlaydi, siyib yuboradi. Tomir yuza va tez uradi, aritmiya, galutsinatsiya va boshqalar kuzatiladi. Is gazidan surunkali kasallanish mumkinligi ham aniqlangan, bunda markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi (bosh ogrigi, aylanishi, uyqu- sizlik, tajanglik va boshqa alomatlar) kuzatiladi. Profilaktikasi. Is gazi hosil boladigan ish joylarini zich berkitish, ventilatsiya ornatish tavsiya etiladi. Is gazi hosil bola- digan ish joylarida markaziy asab sistemasida ozgarishlar bor kishilarning ishlashi mumkin emas. Vodorod sulfitdan zaharlanish. Vodorod sulfit (H 2 S) rangsiz gaz bolib, hidi ðalagda tuxum hidini eslatadi, 60,2 °C da qaynaydi, zichligi havoga nisbatan 1,1912. Sanoatda vodorod sulfit metallarni birikmalardan choktirishda, margimushdan kislotalarni tozalashda, suniy shoyi fabrikalarida, kimyoviy va teri zavodlarida hamda kimyoviy laboratoriyalarda, neft qazib olishda va qayta ishlashda hosil boladi. Oksidlovchi fermentlar faoliyatiga tasir etish natijasida oksidlanish jarayonlari qurshovga uchraydi. Kam miqdorda tasir etganda (konyunktivit), kozdan yosh oqishi, yoruglikdan cho- chish, yuqori nafas azolarining yalliglanishi, disðeðtik va boshqa ozgarishlar kuzatiladi. Uzoq muddat tasir qilganda markaziy asab sistemasi, jumladan: muvozanatni saqlay olmaslik, tutqanoq, falajlik, keyinchalik bronxoðnevmoniya hamda ðsixoz kuzatiladi. Profilaktikasi vodorod sulfit hosil boladigan ish joylarini toliq zichlash, havo sorgichlar (ventilatsiya) zarur. Azot oksididan zaharlanish. Azot oksid (NO) rangsiz gaz, havoga nisbatan zichligi 1,04, havoda 0 2 bilan qoshilib azot (II) oksidga aylanadi (NO 4 ). Oddiy sharoitda uchuvchi suyuqlik. Ishchilar sanoatda nitratsiya jarayonida, azot kislotani qizdirishda va shaxtalarda ðortlatish ishlarida azot oksid tasiriga uchraydilar. Oksidli va ikki oksidli azotning organizmga tasiri har xil. Azot oksidi tasirida qondagi gemoglobin tezlik bilan metgemoglobinga aylanadi. Shu sababli azot oksidi anoksemiya beradi. Ikki oksidli azot kuydiruvchi xususiyatga ega, chunki u organizmda azotli va azot kislotasiga aylanadi. Yuqori konsentratsiyali azot oksidi bilan taxminan 6 soat nafas olgandan song, zaharlanishning ilk alomatlari yotal, nafas qisishi; ogir zaharlanishda oðka shishishi, bronxoð- nevmoniya, bosh ogrishi, yurak faoliyatining susayishi kuzatiladi. 200 Profilaktikasi. Azot oksidlari hosil boladigan ish joylarini germetizatsiya qilish, ventilatsiya ornatish tavsiya etiladi. Tog jinslarini ðortlatishdan song ish joylarini shamollatish zarur. Benzindan zaharlanish. Benzin yengil alangalanish xususiyatiga ega bolgan suyuqlik, uy haroratida buglanadi, bugi havodan ogir. Benzin bug holida organizmga nafas azolari orqali tushadi, shikastlanmagan teri orqali organizmga soriladi va tarkibini ozgartirmagan holda oðka va buyrak orqali tashqariga chiqib ketadi. Neftni qayta ishlash, rezina sanoati, bosmaxonalarda, garajda ishlovchilarning faoliyati bevosita benzin bilan bogliq. Benzin yoglarda va liðoidlarda yaxshi eriydi. Benzin tasirida otkir va surunkali zaharlanish kuzatiladi. Otkir zaharlanishda sarxushlik, jizzakilik, galusinatsiya, bosh ogrigi, bosh aylanish kuzatiladi. Ogir zaharlanishda hushni yoqotish, tutqanoq tutishi alomatlari sodir boladi. Surunkali zaharlanishda ham bosh ogrigi, ishtaha ðasayishi, kamqonlik belgilari ðaydo boladi. Profilaktikasi. Benzin ajraladigan joylarda havosorgich (ven- tilatsiya) ornatish, benzin bilan ishlaganda gazniqobdan foyda- lanish tavsiya qilinadi. Benzoldan zaharlanish. Benzol C 6 H 6 xushboy suyuqlik. Qaynash temðeraturasi 79,6 °C. Uy haroratida ðarchalanadi. Bugi havoga nisbatan uch marta ogir. Sanoatda benzol yoglar, laklar, boyoqlar, kauchukni eritish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, nitrobenzol, anilin, yogni oqlashda, toshkomir, neft qazib olish jarayonida hamda kimyo-farmatsevtika korxonalarida erituvchi sifatida ishlatiladi. Benzol bug shaklida nafas azolari orqali, suyuq holdagisi shikastlanmagan teri yuzasidan yoglarda eruvchi sifatida organizmga tushadi va oðka, buyrak orqali chiqib ketadi. Otkir zaharlanish sanoatda kam uchraydi, bunda bosh ogrishi, bosh aylanishi, juda bezovtalik, uzoq uxlash alomatlari, mushaklar tortishishi, hushni yoqotish, taxikardiya, qon bosimi ðasayishi kuzatiladi. Surunkali kasallikda yogga boy asab hujayralari qon ishlab chiquvchi azolar jarohatlanadi, milk, burundan qon oqadi. Qonda oldin leykotsitoz, keyin leykoðeniya, eritroðeniya kuzatiladi. Gemoglobin kamayishi tufayli qon ivishi keskin kamayadi. Surunkali zaharlangan odamlarda chidamlilik ðasayadi. Su- runkali zaharlanishda teriga tariqdek-tariqdek toshmalar toshadi. 201 Zaharlanishdan saqlanish uchun benzol orniga kam zaharli toluol, etil sðirti ishlatish kerak. Buning iloji bolmasa, joylarni zich berkitish, havosorgich ornatish tavsiya qilinadi. 8.7-§. SANOATDA ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH TADBIRLARI Zaharlanishlarning oldini olish uchun zaharli moddalarni qollamaslik (gugurt ishlab chiqarish sanoatida zaharli sariq fosfor orniga zaharsiz qizil fosfor, qorgoshin belilasi orniga ruxli belila ishlatish kerak va h.k.) zarur. Bazi bir joylarda zaharli birikma orniga zaharliligi ancha ðast birikmalar (metil sðirt orniga boshqa sðirtlar, benzol orniga benzin va h.k.) ishlatish mumkin. Bundan tashqari, xavfsizlik choralariga texnikani takomil- lashtirish yoli bilan erishish mumkin. Zaharli birikmalar hosil boladigan joylarni zich berkitish, havosorgichlar ornatish, ishchilarni korjoma va resðiratorlar bilan taminlash, tushuntirish ishlari olib borish darkor. Agar zaharli moddani ishlatish zarur bolsa, miqdori YQKM (yol qoyilgan konsentratsiya miqdori) ruxsatidan yuqori bolmasligi shart. Har bir zaharlanish hodisasi ogir yoki yengil bolishidan qatiy nazar, hisobga olinishi va bunday voqea qaytarilmasligi uchun uning sababi ochiq-oydin aniqlanishi, tegishli choralar korilishi lozim. Ishga kirishdan oldin va ishga kirgach oz vaqtida tibbiy korikdan otib turish muhim ahamiyatga ega. Navbatdagi tibbiy korik rejasi zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatiga qarab tuziladi. Zaharli moddalarning qaysi azoning qanday xususiyatiga tasir qilishi mumkinligini hisobga olgan holda tib komissiya va moljallangan laboratoriya tek- shiruvlari otkaziladi. Olingan malumotlarga kora tegishli choralar koriladi (bemorni chuqurroq tekshirish uchun disðanser korigidan otka- zish, shifoxonaga yotqizish, sanatoriyaga yuborish va boshqalar). Sogligiga qarab, vaqtincha ishdan chetlatish, boshqa ishga otkazish masalalari hal qilinadi. Kimyo sanoati ishchilari yoki zaharli kimyoviy birikmalar bilan ishlovchilar davlat hisobidan vitaminli ovqatlar bilan taminlanishlari kerak. 202 8.8-§. KON SANOATIDA MEHNAT GIGIYENASI Malumki, foydali qazilmalar ochiq (karyer) va yerosti (shaxta) usullari bilan qazib chiqariladi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqarish eng ilgor usul hisoblanadi. Chunki u mahsulot tannarxini nihoyatda kamaytirish bilan birga, soglom ish sharoitida oz mehnat sarflab, foydali qazilma zaxirasini toliq qazib olishni taminlaydi. Rudani yerostidan qazib chiqarishning asosiy jarayonlari quyidagilardan iborat: burgilash, ðortlatish, navlarga ajratish, jinslar va rudalarni ortish, tashish, tushirish. Konchilik sanoatidagi mehnat sharoiti uchun zararli omillar quyidagilar hisoblanadi: noqulay ob-havo sharoiti, chang va za- harli gazlar ajralishi, shovqin hamda tebranishlar, ogir jismoniy ishlar va h.k. Ob-havo sharoiti va uning kishi organizmiga tasiri. Ishlab chiqarish binolaridagi havo sharoiti yoki ishlab chiqarish mikroiqlimi deganda, kishi organizmini issiqlik holatiga tasir qiluvchi omillar uygunligi tushuniladi. Bunga harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligi kiradi. Shaxta ichidagi harorat, konning chuqurligi, tashqi haro- rat va shaxtaga beriladigan havo miqdori bilan belgilanadi. Kon uncha chuqur bolmaganda va qazilgan joy chozilib ketma- ganda u yerdagi harorat, asosan, yer sathidagi havo haroratiga bogliq boladi. Kon chuqurlashgani sari u yerga kiradigan atmosfera havosi zichlashadi, natijada harorat shaxtaning har 100 metr chuqurligida taxminan 1 °C ga oshadi. Shaxta havosi haroratiga qazilma atrofi jinslarining harorati ham tasir qiladi. Yer sathidan 2330 metr chuqurlikda harorat yil boyi bir maromda turadi va shu joyning ortacha yillik haroratiga teng boladi. Ruda havosining namligi yoki unda suv buglarining mavjudligi konning havo haroratiga va u yerning suvga serob- ligiga bogliq. Suvning koð miqdorda buglanishi natijasida kon havosining suv buglari bilan toyinishi 90% va undan yuqori bolishi mumkin. Havo harakatining tezligi shaxtaga beriladigan havo hajmiga va shtreklarning kesib otishiga bogliq. Shuning uchun ham foydali qazilmalar yerosti usuli bilan qazib olinayotganda havo oqimining tezligi havo haroratiga qarab ozgarib turadi. 203 Yerostidagi qazilma harorati bilan tashqaridagi havo harorati ortasidagi katta farq, yuqori namlik, shuningdek, qazilma tashiladigan joylardagi havo oqimining tezligi organizmning issiqlik almashinuviga salbiy tasir qiladi, u shamollash kasal- liklarining kelib chiqishiga sabab boladi. Ayniqsa, yilning sovuq fasllarida shamollash kasalliklari birmuncha koðayadi. Har bir ishchining mehnatni muhofaza qilish qonuni talablariga muvofiq qollangan tadbirlarga va ishlab chiqarishda ornatilgan sanitariya qoidalariga, gigiyena ta- lablariga amal qilishlari shaxtalarda shamollash kasalliklariga qarshi kurashishning oqilona yolidir. Shaxta havosining zararli gazlar bilan ifloslanishi. Kon havosi tarkibidagi gazlar ichida eng xavflisi (azot oksid va uglerod oksid) ðortlovchi gazlardir. Bu gazlar miqdori qollaniladigan ðortlovchi modda tarkibiga va uning har bir ðortlashda qancha sarflanishiga bogliq. Qoðorishdan keyin qazilmalarni ishlashga kirishish mutlaqo mumkin emas. Portlovchi gazlardan tashqari, konlar havosida joyiga qarab metan, vodorod sulfid va oltingugurt sulfidli gazlar bolishi mumkin. Gazlar bilan zaharlanish xavfi yaxshi sha- mollatilmagan (ayniqsa, burgilash oxirida) joylarda kuchli boladi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarishda shovqin va tebranish. Kon ishlarida turli mashinalar va mexanizmlar (ðnevmatik burgilovchi mashinalar, nasoslar, ventilatorlar va b.), asboblar (burgilovchi va otboy bolgalari), transðort vositalari va boshqalar shovqinining uzoq vaqt (bir necha yillar) davomida tasir etishi natijasida eshitish ðardalarining doimiy qattiq tebranib turishi karlikka olib kelishi mumkin. Shuningdek, shovqin eshitish azolari faoliyatini susaytirishdan tashqari, asab sistemasini qis- man ishdan chiqarishi ham mumkin (serjahllik, tez charchab qolish). Mashina va asboblardan chiqadigan shovqin xavfsiz darajada bolishi shart, shu jarayonni uzoqdan turib boshqaradigan bolish lozim. Koðgina mexanizm va asboblar (ðnevmatik burgilovchi mashinalar, otboy (qoðoruvchi) bolgalar) uchun maxsus shovqin ðasaytirgichlardan foydalaniladi. Mexanizmlar turli asboblarning texnik buzuq joylarini oz vaqtida tuzatish, moylash, shovqin tasirida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olishda muhim orin tutadi. 204 Ish jarayonidagi tebranish yoki silkinish kishi organizmiga yomon tasir qilishi natijasida tebranish kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bu kasallikni birinchi marta E.S. Andreyeva-Galanina batafsil organgan va uni tebranish kasalligi deb atagan, bu kasallik uning nomi bilan bogliq. Oyoq-qollarda ogriq turishi, teri sezgisining ðasayib ketishi, shuningdek, vaqt-vaqti bilan rang ochishi, qollarning uvishib, muzlab qolishi, boshqacha aytganda, barmoqlar bukilishining qiyinligi, qolning ishlamay qolishi kasallikning asosiy belgilaridir. Bularning hammasi qon aylanishining buzilishi natijasida roy beradi. Ish jarayonida avtomatik ravishda otadigan tebranishni qabul qiluvchi moslamalar va murakkab ishlarni bajaruvchi asboblardan foydalanish vibratsiya kasalligi oldini olishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bunda tebratuvchi kuch burgilovchiga tasir qilmaydi, chunki uning vazifasi mashina va moslamalarni ornatish, burgilash asboblarini almashtirish va ishini kuzatib turishdan iborat boladi. Maxsus ushlab turgich va ayiradigan ustunlarning qollanilishi orqali burgilovchilarning ishi ancha yengillashadi va ishning xavflilik darajasi kamayadi, shu bilan birga ish unumi ortadi. Maxsus tirgovichning qollanilishi burgilarni kuch sarf qilmagan holda zarur vaziyatda ushlab turishga imkon beradi. Titrash kasalligining oldini olish uchun ishga kiruvchilar mehnat xavfsizligiga doir dastlabki malumotlarni (tavsiyano- mani) va ish qoidasini yaxshi bilib olishlari zarur. Ishchilarni dastlab va vaqt-vaqti bilan tibbiy korikdan otka- zish titrash kasalligining oldini olish tadbirlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Lekin kasallikning ilk belgilari ðaydo bolishi bilanoq, navbatdagi korikni kutib otirmasdan, darhol vrachga murojaat qilish kerak. Bemor vrachga qancha erta uchrasa, tuzalishi ham shuncha oson boladi. 8.9-§. CHANG VA UNING KISHI ORGANIZMIGA TASIRI Har qanday chang ham kishi organizmiga zararli tasir qiladi. Changning kishi organizmiga zararli tasiri darajasi, uning tarkibi, solishtirma ogirligi, zarrachalarning katta-kichikligi, shakli, havo hajmi birligidagi chang zarrachalarining miqdori va kishining changli havodan nafas olish muddatiga qarab 205 aniqlanadi. Foydali qazilmalarni qazish ðaytida chiqadigan chang havo bilan kishi terisiga, koz shilliq ðardasiga tushadi, nafas yollariga kiradi, chang teriga tushganda ter bezlari chiqish yollarining berkilib qolishi oqibatida terining yog chiqarish faoliyati buziladi, organizmning isib ketishiga sabab boladi, bu esa ob-havo noqulay bolgan sharoitlarda juda ham xavflidir. Yog bezlari berkilib qolganda badanda toshma toshib, keyin yiringli yarachalar ðaydo boladi. Chang yuqori nafas yollariga tasir qilib, burunning shilliq ðardasini yalliglantiradi, u shishib ketadi. Bunday hollarda shilliq koð ajraladi. Changning uzoq vaqt tasir etishi oqibatida shilliq qavat atrofiyaga uchrab juda yuðqalashadi. Unda qobiq ðaydo boladi, burun ichi qurib qoladi. Bunday holat uzoq chozilganda chang nafas yollariga chuqurroq kiradi. Bronx- larning shilliq ðardasi changga tasirchan boladi va shu bois chang bronxiti ðaydo bolishi mumkin. Konning changli bolimlarida uzoq yillar davomida ishla- ganda oðkaning surunkali kasalligi ðnevmokonioz kelib chiqa- di. Kon changi tarkibidagi erkin kremniy (II) oksid ðnevmo- koniozning bir turi silikoz kasalligining kelib chiqishiga sabab boladi. Tog jinslarini suv bilan burgilash, ortishdan oldin qoðo- rilgan tog jinslariga suv seðish va yetarlicha shamollatishni tashkil qilish natijasida kon havosidagi chang miqdori, asosan, yirik chang zarrachalari hisobiga kamayadi. Yerosti konlarini suniy ravishda shamollatib turish konlarda changga qarshi kurashish shartlaridan biri hisoblanadi. Tog jinsini qazish chuqurlashgan sari qoshimcha ravishda mahalliy mexanik tarzda shamollatishdan foydalanish kerak. Changlanishga qarshi kurash olib borishning umumiy tad- birlari bilan bir qatorda, shaxsiy gigiyena va shaxsiy himoya tadbirlarining qollanilishi, jumladan, changga qarshi resðirator taqish muhim ahamiyatga ega. 8.10-§. CHANGDAN SAQLANISH TADBIRLARI Yerostida ishlaydigan ishchilarni zarur shaxsiy muhofaza asbob-anjomlari, korjomalar, yerostida qaziladigan joylarni yetarli darajada suniy yoritish qurilmalari bilan taminlash tavsiya etiladi. 206 Birinchi navbatda, changli ish joyida ishlaydigan shaxslarning ish kunini qisqartirish, qoshimcha mehnat tatili berish, ovqatlanishini yaxshilash, dam olish uylari, ðrofilaktoriyalar va sanatoriy-kurortlarga davolanish uchun yollanmalar berish bi- lan ularning sogligini mustahkamlash tadbirlarining hammasi hukumatning kon sanoati sohasida kasalliklarga qarshi kurash haqidagi qarorida kozda tutilgan. Korxonadagi chang, chang tasirida kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oldini olish. Korxonada changga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega, chunki deyarli har bir korxonada ish jarayonida chang boladi. Qurilish sanoatida (olovga chidamli mahsulotlar tayyorlashda, gisht, sement olishda va b.), chinni, soðol idishlar ishlab chiqarishda, un tortish, ðaxta tozalash va qayta ishlash korxonalarida, mashinasozlik, metallurgiya sanoati, toqimachilik sanoatining xomashyo tayyorlash va yigiruv sex- larida, qishloq xojaligida va shunga oxshash juda koð kor- xonalarda chang chiqadi. Korxona changi tasirida oziga xos kasalliklar (ðnevmoko- nioz, surunkali bronxit) hamda laringit, traxeit, teri kasalliklari ðaydo bolishi mumkin. Changga qarshi kurash sanitariya va gigiyena muassasalari xodimlarininggina ishi bolib qolmay, bu ish iqtisodchilar hamda sanoat xodimlarining ishi hamdir. Bundan tashqari, changga qarshi kurashish sogliqni saq- lashgina bolib qolmay, qimmatli mahsulotlarni havoga chiqib ketishidan saqlash ham demakdir. Chang umrni qisqartiradi, yaroqsiz mahsulotlarni koðaytiradi, oynalarning ifloslanishi tufayli ish joylariga quyosh nuri tushishi kamayadi, malum sharoitda qoðorish, yongin chiqarish xususiyatlariga ham ega. 8.11-§. SHOVQINNING ORGANIZMGA TASIRI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI Shovqin deb vaqt davomida takrorlanmaydigan, murakkab munosabatlari bilan ajralib turadigan tovushga aytiladi. Shovqin balandligi deb davriy jarayondan iborat shovqinga ayti- ladi. Bu jarayon uygun bolsa, shovqin balandligi oddiy yoki sof boladi. Sof shovqin balandligining asosiy fizik xarakteristikasi uning tezligi hisoblanadi. Nouygun tebranishlarga murakkab shovqin balandligi deyiladi. Tebranishlarning elastik muhitdagi 207 tezligi odam qulogiga eshitiladigan chegarada, yani 16 dan 20000 Hz orasida boladi. Boylama tolqinlar tarzida tarqaladigan tebranishlar tovush tebranishlari deb ataladi. Tolqin tezligi 16 Hz dan kichik bolmasa infratovush va 20000 Hz dan yuqori bolsa ultratovush deb ataladi. Infratovush va ultratovush eshituv azolari orqali qabul qilinmaydi. Shovqinning organizmiga tasiri. Kuchli shovqin tasirida eshitish analizatorlarida ozgarishlar ðaydo boladi. Eshitish azolari shovqinga nisbatan hosil boladigan adaðtatsiyaning vaqtincha ðasayishida kuzatiladi. Uzoq muddatli akustik tasirda shovqinga nisbatan sezgirlik oshadi. Oldin sekin-asta oz holiga keladigan (eshitish charchashi), keyinchalik shovqin tasir korsatguncha bir meyorda sezuv- chanlikni saqlashi kuzatiladi. Shovqin kishi organizmiga umumbiologik qozgatuvchi sifatida tasir korsatadi. Faqat eshitish azolariga tasir qilib qolmay, bosh miya strukturasiga ham tasir korsatadi, oqibatda har xil funksional ozgarishlar yuz beradi. Jumladan, shovqin tasirida kaðillarlarning qisqarishi natijasida ðeriferik qon ayla- nishi buzilishi, qon bosimi kotarilishi mumkin. Shovqinning salbiy tasirida odamning gaðlari noaniq bolib qoladi, ozini yomon sezadi, toliqadi, ish unumi ðasayadi, oqi- batda shovqin kasalligi kelib chiqadi. Bunda shovqin xarakteri, balandligi, tezligi va tasir etish davomiyligi hamda organizmning shovqinga qarshi shaxsiy sezuvchanligi muhim ahamiyatga ega. Ish joyida shovqin uzoq vaqt davomida baland bolsa, eshitish qobiliyati koxlear nevritiga xos ravishda sekin-asta ðasaya boradi, bora-bora odam garang bolib qolishi mumkin. Bazi bir odamlarda eshitish azolari deyarli bir oy ichida shovqin tasirida ozgarishga uchrasa, boshqa odamlarda sekin-asta rivojlanuvchi ozgarishlar uzoq yillardan keyin yuzaga chiqishi mumkin. Eshitish qobiliyatini yoqotish muhim fiziologik kamchilik bolib, ish qobiliyati tushib ketishining asosiy sababchisi hisobla- nadi. Shovqin tasirida nevrasteniya alomatlari, bazi hollarda qon-tomir vegetodisfunksiyasi sindromi, koðincha giðertoniya tiðidagi neyrosirkulator disfunksiya uchraydi. Kuchli shovqin tasirida asab sistemasidagi ozgarishlar, asosan, eshitish azo- lariga taalluqli boladi. Ishchilar, asosan, bosh ogrishi, bosh aylanishi, xotiraning susayishi, ish qobiliyatining ðasayishi, uyqu- Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling