Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
havo haroratidir. Havo juda nam va shamol bolib turganda
organizm koðroq sovuq qotadi. Odam ozini doimo tetik va xushchaqchaq sezishi, harakatlari ildam va chaqqon bolishi, qoniqib uxlashi, ishtahasi ochilib, ish qobiliyatining oshishi va boshqalar havo vannasining ijobiy tasir qilayotganini korsatadi. Havo vannasi qabul qilish vaqtida odam ozini noxush sezib, qaltirasa, eti uvishsa, muolajani toxtatishi yoki isinish uchun chaqqon-chaqqon harakat qilishi zarur. Havo sovuq, yomgirli, tumanli bolganda, sekundiga 3 metrdan ortiq tezlikda shamol esib turganda havo vannalari qabul qilish yaramaydi. Yilning sovuq ðaytlarida yengilroq kiyinib yurish ham havoda chini- qishning bir turi hisoblanadi. Suvda chiniqish. Chiniqishning eng samarali va keng tarqalgan vositasi suv muolajasi. Buning sababi suvning fizik xossalariga issiqlik otkazuvchanligi, issiqlik sigimi yuqori bolishi, teriga mexanik tasir korsatishiga bogliq. Havo harorati 24°C da yalan- goch odam ozini yaxshi sezadi, xuddi shu haroratdagi suv esa sovuqroq tuyuladi, binobarin, suvni 3035°C gacha ilitish kerak boladi. Suvda chiniqish havo vannalariga qaraganda ancha kuchli tasir qiladi. Orta Osiyo iqlimi keskin kontinental kunduzi va tunda harorat tez-tez ozgarib turadi, bunday iqlim bola organizmiga malum talablarni qoyadi, albatta. Bolani harorati 2416 va 16°C dan ðast bolgan suvda chiniq- tirish kerak. Sovuqroq va sovuq suvda chomilib, badan ishqab artib turilsa, shamollash kasalliklariga chidamli boladi. Munta- zam ravishda chiniqish lozim. Badanni godaklikdan (butun tanani va malum bir qismini) hol sochiq bilan ishqalab artish chiniqishning eng oson va foydali usulidir. Avval badanning yuqori qismi sovuq suvda hollangan ðorolon yoki sochiq bilan artiladi, keyin quruq qilib artiladi. Pastki qismida ham shu hol takrorlanadi va badan quruq sochiq bilan qiziguncha artilib muolaja tugatiladi. Ayni vaqtda qol harakatlari chetdan yurakka tomon yonaltirilishi kerak. Badanni yaxshisi, ertalab uyqudan turgandan keyin hol sochiq bilan artish kerak. Suv muolajalarining yana bir usuli biror idish yoki vodoðrovod trubasiga ulab qoyilgan shlang bilan boshdan suv quyishdir. Asab sistemasi qozgaluvchanligi sezgir bolalarga bu muolaja togri 171 kelmaydi. Suv harorati avval 30°C atrofida bolishi kerak, uni asta-sekin ðasaytirib, 15°C va undan ham ðastroq tushiriladi. Muolaja muddati, keyin badanni artib ishqalashni ham qoshib hisoblaganda, 34 daqiqa davom etishi kerak. Yozda chiniqtirishning eng yaxshi rohatbaxsh usuli dushda, suv havzalarida, anhorlarda va boshqa joylarda chomilishdir. Dush hammadan kora kuchli fiziologik tasir korsatadi. Suv harorati oldiniga 3032°C, muolaja qabul qilish muddati koði bilan bir daqiqa boladi. Keyinchalik dushda chomilish mud- datini ikki daqiqagacha uzaytirish va suv haroratini ðasaytirish mumkin. Organizm yaxshigina chiniqqandan keyin qarama- qarshi haroratli kontrast dush muolajasini qollash mumkin. Bunda 3540°C va 1520°C haroratli suvni 3 daqiqa davomida 23 marta galma-gal ustdan quyib turiladi (Sharko dushi). Salga shamollab, surunkali kasalliklar bilan ogrib yurgan bolalarga chiniqish usuli tariqasida issiq-sovuq dushda chomilish tavsiya etilmaydi. Ochiq suv havzalarida chomilish ham bir qadar ehtiyot bolishni talab qiladi, chunki bunda organizm suv, havo va quyosh yogdularining birgalikdagi tasiriga uchraydi. Dengiz suvida esa organizm mexanik tasirdan tashqari, kimyoviy tasirga ham uchraydiki, bu muolaja chomiluvchiga juda yaxshi soglomlashtiruvchi omil sifatida tasir qiladi. «Chomilish» mavsumini suv bilan havo harorati kamida 1820°C bolib turgan mahalda boshlash va suv harorati 1415°C, havo harorati esa 1617°Cga tushganda tugatish kerak. Qish kezlari ochiq suv havzalarida chomilish chiniqtirishning foydali shakli deb hisoblansa-da, bolalarning juda koðchiligi uchun bu usul tavsiya etilmaydi, chunki bunday sovuq suv salomatlikka salbiy tasir qiladi. Suvda bolish muddati uning haroratiga, ob-havo sharoiti va odamning nechogli chiniq- qanligiga bogliq. Avvaliga faqat 45 daqiqa chomilish kerak, keyin bu muddat asta-sekin uzaytirilib 1520 daqiqa va bundan koðroqqa yetkaziladi. Sovuqroq suvda chomilib turish orga- nizmning barcha azolariga tetiklashtiruvchi tasir korsatadi. Natijada odamning kayfiyati va ruhiyati kotarilib, ishtahasi ochiladi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Quyoshda chiniqish. Badanni oftobda, yaxshisi soat 9 dan 11 gacha va kunning ikkinchi yarmida, soat 1718 orasida issiq qaytib, quyosh yogdulari yerga ogib tushadigan mahalda chiniqtirgan maqul. Quyosh nuri tasirida badan terisida alohida 172 aktiv moddalar va D vitamini hosil boladi, bular organizmning himoya kuchlarini oshirib, kalsiy va fosfor tuzlarini ozlashtirishga yordam beradi. Meyori oshirib yuborilsa, quyosh nurlari organizmga ziyon yetkazishi (terida xavfli osimta hosil boladi) mumkin. Quyosh nuridan bilib va togri foydalanish esa, badan terisini bir tekisda qorayib, chiniqib borishiga yordam beradi. Badan terisining qorayishi yuza qatlamlarda melanin ðigmenti toðlanib borishi bilan kechadi. Ana shu ðigment ultrabinafsha nurlarning ichkariga chuqur kirishiga yol qoymaydi va shu bilan organizmni quyosh nurlarining zararli tasiridan qisman saqlab boradi. 1,5 soatdan ortiq davom etadigan quyosh vannalari salomatlik uchun zararli bolib, yurak tomirlari, asab sistemasi ishini izdan chiqaradi. Oftobda koð turganda koð terlab, tomir urishi tezlashadi, yurak oynaydi, bosh ogriydi, kongil aynib, bosh aylanadi. Bunday ozgarishlar ðaydo bola boshlasa, muolaja muddatini kamaytirish yoki uni birmuncha salqin ðaytga kochirish kerak. Yozda ot ustida yoki toza qumda, taqir yerda yalang oyoq yurish organizmning shamollash kasalliklariga korsatadigan qar- shiligini kuchaytiradi. Och qolish yoki mudom toyib ovqatlan- maslik organizmning sovuqqa, yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning turli tasirlariga sezgirligini oshiradi. Ish qobiliyatini va ijodiy kuch-quvvatni uzoq yillargacha saq- lash uchun organizmni yoshlikdan chiniqtirish, sogliqni mustahkamlab borish uchun qaygurish kerak. 7.4-§. KIYIM-KECHAKKA BOLGAN GIGIYENIK TALABLAR Kiyim-kechak va ðoyabzal gigiyenik jihatdan hamda estetik talablarga javob berishi, yaxshi kayfiyat uygotishi bilan birga, ish qobiliyatini ðasaytirmasligi kerak. Kiyim va ðoyabzal kiygan kishi unda ozini erkin his qilishi lozim. Shu sababli, kiyimbosh va ðoyabzallar qanday matodan tikilishi va kim kiyishidan qatiy nazar, hamisha yaxshi sifatli, davr talabiga va gigiyena talablariga javob berishi lozim. Kiyim-kechak kishi organizmini tashqi muhitning har qanday tasirlari (issiq, sovuq, qor, yomgir, sha- mol va h.k.)dan muhofaza qilishi, shuningdek, har qanday ob- havo sharoitida ham tana haroratini bir meyorda tutib turishiga yordam berishi zarur. Kiyim tikiladigan matolarga nisbatan fizik 173 va gigiyenik talablar qoyiladi. Uning ogirligi, qalinligi, havo otkazish xususiyati, namlikni otkazish-otkazmasligi kabi xusu- siyatlari etiborga olinadi. Bundan tashqari, kiyim tikiladigan matoning nurni ozidan qaytarishi, yumshoqligi, yuvganda va dazmollaganda dastlabki korinishini yoqotmasligi, tez kirdan tozalanishi, chang yutishini ham hisobga olish lozim. Kiyim organizmni yozda issiqdan, qishda sovuqdan va har xil tashqi tasirlardan asrashi lozim. Gigiyena jihatidan bekam-u kost libos tanada oziga xos mikroiqlim hosil qiladi. Bu esa kishining salomatligini yaxshilash bilan birga kayfiyatiga ham kotarinkilik bagishlaydi. Kiyimlar issiqlik otkazishiga kora bir necha turga bolinadi. Hayvon terisi va ðarranda ðatlaridan tayyorlangan kiyim issiq- likni juda kam otkazadi. Ið, zigir tolasi va shohi matolar issiqlikni koðroq otkazadi. Jun va ið-gazmollardan tikilgan kiyimlar issiqlik otkazish jihatidan ortacha hisoblanadi. Faslga qarab ham har xil kiyimlar kiyiladi, yani qishda bir necha kiyim ustma-ust kiyiladi. Bunda kiyimlar orasidagi havo issiqlikni kam otkazadi. Ayni vaqtda organizmni tashqi muhit haroratining ozgarishidan himoya qiladi. Kiyimni faslga qarab togri tanlash salomatlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Orta Osiyo iqlimi quruq va keskin kontinentalligi bilan farq qiladi. Yoz faslida kunlar juda isib ketadi, namlik juda kam boladi. Bahor va kuz faslida havo harorati ancha ozgaruvchan bolib, kuchli shamol esadi, namlik yuqori boladi. Qish faslida esa havo harorati ðast va oqimi kuchli boladi. Shuning uchun havo haroratiga qarab kiyimlarning gigiyenik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash maqsadga muvofiqdir. Kiyimlik mato ozida elektrostatik zaryadlarni mumkin qadar kam saqlaydigan, organizmga tasir qiladigan mayda zarracha- larni (chang, bakteriya va h.k.) otkazmaydigan bolishi kerak. Ichki kiyim (badanga tegib turadigan) namlikni, havoni yaxshi otkazadigan hamda gigroskoðik bolishi lozim. Bunday kiyim organizmdan chiqadigan karbonat angidrid, ter hamda teri orqali ajraladigan boshqa moddalarni, jumladan, suvda eruvchi vitamin- larni, moddalar almashinuvida hosil boladigan zaharli birikma- larni tashqi muhitga chiqarib yuborish xususiyatiga ega boladi. Shuningdek, kiyimlik matoni yuvish va tozalash oson bolishi lozim. Kiyim yil fasliga, kishining jinsi, yoshi, gavdasi, boyi va bajaradigan ishi xususiyatiga mos bolishi lozim. 174 Kiyim quyidagi asosiy gigiyenik talablarga javob berishi lozim: quruqligida va namligida ham havoni yaxshi otkazishi; issiqda namni-terni shimadigan va tez quriydigan; quyosh nurini qaytaradigan va teriga tasir qilishiga yol qoymaydigan; badanga yoðishib turmasligi (ter buglanishiga xalaqit bermasligi); elektrostatik zaryadlardan xoli bolishi lozim. Qishlik kiyimning issiqlik otkazish xususiyati kam bolishi kerak. Kech kuz va qish fasllarida, havo sovuq ðaytlarda, faqat bir qavat ichki kiyim kiyish kamlik qiladi. Kiyim qavatlari orasida havo almashinib turadigan bolishi uchun uni sal kengroq tikish lozim. Quyosh yogdusini ozida yutadigan qora va jigarrang matodan tikilgan kiyimlar yilning sovuq fasllarida kiyiladi. Oq rang esa quyosh nurini qaytaradi, shu tufayli Orta Osiyo sharoitida, asosan, ochiq rangli ið va iðakdan tikilgan kiyimlar kiyiladi. Kiyim har bir odamning oziga loyiq bolishi shart. Tor libosda odam erkin harakat qila olmaydi, bundan tashqari, organizmda qon aylanishi buziladi. Dagal gazmoldan tikilgan kiyim terini tasirlab, har xil teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Ozbekiston iqlimi sharoitida yoz oylarida quyosh nuri tik tasir qilganda, albatta bosh kiyim kiyish zarur. U faqat bosh- nigina emas, balki kozni ham quyosh nuridan himoya qiladi. Bosh kiyim issiqni kam, havoni yaxshi otkazadigan, quyosh nurini koðroq qaytaradigan matodan tikilishi va yengil bolishi kerak. Eng yaxshisi oddiy ið matodan tikilgan bosh kiyim gardishi keng shlyaða boyinni va hatto yelkani ham quyosh nuridan himoya qiladi. Kiyimning gigiyenik xususiyatlari. Havo harorati qanday bolishidan qatiy nazar, organizm haroratini muvozanatda saqlay olish xususiyati kiyimga qoyiladigan asosiy gigiyenik shart hisoblanadi. Kiyim, asosan, tabiiy (ðaxta, zigir), hayvon (jun, iðak), suniy (kaðron, neylon, lavsan, shtaðel va b.) tolalardan toqilgan matolardan tikiladi. Matoning havo otkazuvchanligi qancha yuqori bolsa, uning issiqni saqlash xususiyati shuncha ðast boladi. Bu xususiyat, asosan, matoning xossasiga, qalinligiga, tolasining yogon-in- gichkaligiga, toqilishi va govakligiga bogliq. Namni yaxshi otkazadigan matodan tikilgan kiyim terning buglanishiga yor- 175 dam beradi. Yuðqa va silliq matolar namni tez buglantiradi, jundan toqilgan kiyimlar esa, ðaxta tolasidan toqilgan kiyimlarga nisbatan namni sekin buglantiradi va organizm haroratini bir meyorda saqlaydi. Namgarchilikda bir necha qavat kiyim kiygan maqul, chunki kiyimlar orasidagi havo hisobiga u yerda oziga xos «mikroiqlim» hosil boladi. Mikroiqlim harorati ustki kiyimning otkazuvchanlik xususiyatiga bogliq. Tabiiy tolalar. Turmushda tabiiy, yani osimlik tolalari (ðax- ta, zigir va h.k.)dan toqilgan matolarga ehtiyoj katta. Bir xil tolalardan har xil gigiyenik xossalarga (issiq, sovuq, qalin, dagal, govak va h.k.) ega bolgan kiyim-boshlar tikiladi. Junning issiqlik otkazmaslik xususiyati yuqori bolib, zigir va iðak tolasi undan keyingi orinda turadi. Ið gazlamadan toqilgan kiyim yuvilganda yoki nam tortgan- da ozining dastlabki korinishini yoqotadi. Issiqni saqlash xususiyati ham kamayadi. Jundan toqilgan gazlamalarning gigroskoðik xususiyati yuqori bolib, boshqa tabiiy tolalarga nisbatan namni yaxshi shimadi. Pishiq toqilgan, yumshoq va govak matolar gigiyena talablariga mos keladi. Suniy tolalar. Suniy tolalar otgan asrda birinchi marta yogoch sellulozasidan olingan. Suniy tolalardan tikilgan kiyim- larning asosiy kamchiligi nam tortganda uzoq vaqt quriydi va quriyotganda organizmdan issiqlikni koð tortib oladi. Unda elektrostatik zaryadlar ðaydo boladi. Bu zaryadlar kishi badaniga noxush tasir qiladi: terini qichishtiradi, badanga va kiyimga yoðishadi. Sintetik kiyimlar namni kam shimishi tufayli, ter va yog bezlari faoliyatiga salbiy tasir qiladi. Har xil teri kasalliklariga sabab bolishi mumkin. Lavsan tolasi jun tolasidan 3 baravar mustahkam bolib, issiqqa va kimyoviy tasirga, quyosh nuriga chidamli, yuvganda ozgarmaydi. Koðincha tabiiy tolalar bilan sintetik tolalar qoshib toqiladi. Bunda mato ðishiq, havo otkazadigan, gijimlanmay- digan va gigiyena talablarga javob beradi. Bolalar kiyimiga qoyiladigan gigiyenik talablar. Yosh bola- larning kiyimlari yozda yengil, yuðqa va salqin, qishda issiq hamda yuvganda, dazmollaganda gigiyenik xususiyatini yoqot- maydigan bolmogi lozim. Shuning uchun bolalar kiyimi iloji boricha tabiiy tolalardan toqilgan matodan tikiladi. 176 Yosh bolalar uchun ikki qavat ich kiyim kiyish tavsiya qilinadi: ið gazlamadan tikilgan koylak va ðaxmoq matodan tikilgan kamzulcha. Emadigan bolalar kiyimiga tugmachalar orniga bogichlar tikiladi. Bolalar kiyimi dazmollab, dezinfeksiya qilib turiladi. Yosh bola tanasining har bir kilogrammi 704 sm 2 sathga, 6 yashar bolada 426 sm 2 , katta odamlarda esa bu korsatkich 291 sm 2 ga teng. Bir yashar bola har bir kg vazniga 91,3 kkal issiqlik ajratadi, 2,5 yoshli bola 71,5 kkal, katta odam esa bor- yogi 42,2 kkal issiqlik ajratadi. Yosh bolalar organizmi hali yetarlicha takomillashmagani sababli, tashqi muhit sharoitiga (yuqori va ðast haroratga, yuqori namlikka, havo almashish tezligiga va h.k. larga) kattalarga nisbatan chidamsiz boladi. Shuning uchun ham teri oz faoliyatini togri bajarishi uchun ichki kiyim qulay va ustki kiyimlarni ifloslanishdan saqlashi lozim. 3 yoshdan 7 yoshgacha, yani maktabgacha yoshdagi bola- larning ustki kiyimi uchun moljallangan matolarga 50 foiz miq- dorida suniy va sintetik tolalar qoshish mumkin. 3 yoshdan kichik bolalarga suniy tolali matolardan kiyim tikish mutlaqo mumkin emas. Maktab kiyimini 10 foizgacha sintetik tola aralashtirilgan jun matodan, bahor va kuz fasliga moljallanganini esa ðaxta va lavsandan tikkan maqul. Bolalar kiyimlari boyicha sanitariya nazorati mutaxassisi bolalar kiyimining yangi nusxalarini yara- tishda rassomlar kengashida ishtirok etishi hamda kiyimga gigiyenik nuqtayi nazardan baho berishi, kiyimlarning tayyor- lanishida zarur qoidalarning amaliyotini nazorat qilmogi lozim. Poyabzalga qoyiladigan gigiyenik talablar. Baland ðoshna, tor ðoyafzal kishini tez charchatadi, oyoqda qadoq ðaydo qiladi, tovonning uzoq muddat qisilib turishi tufayli oldin ðanja, keyin oyoqning hamma yeri jabrlanadi. Oqibatda yassi oyoqlik ðaydo boladi, doimo qisilib turishi natijasida esa barmoqlar qiyshayib, shilinishi hamda boginlar yalliglanishi mumkin. Poyabzal yengil, qulay, chidamli, yil fasli, ob-havo va mehnat sharoitiga mos bolishi kerak. Payðoqsiz rezina kalish kiyish mumkin emas. Rezina ðoyabzal oyoqni terlatadi. Yogin-so- chinda va sovuq kunlarda oyoq sovqotadi, natijada oyoq ogrigi va boshqa kasalliklarga chalinish mumkin. Yoz faslida, mumkin qadar, usti ochiq, tagi charm tufli kiygan yaxshi. Bunday ðoyabzal ozidan havoni va namni yaxshi otkazadi. 177 Ayniqsa sandal oyoq uchun qulay va yengil. Sovuqda ichi jundan tikilgan, ustiga charm qoðlangan ðoyabzal kiygan maqul. Bahor va kech kuzda charm etik, botinka (ðayðoq bilan) kiyish kerak. Poyabzalni har kuni tozalab, moylab turish kerak. Shunda u yumshoq bolib, koðga chidaydi. Poshnasi baland (ayollar) ðoyabzal tana ogirlik markazining surilishiga olib keladi. Bu esa umurtqa ðogonasining qiyshayishiga, ichki azolarning ornidan siljishiga sabab boladi (22-rasm). Oqibatda har xil kasalliklar kelib chiqadi. Uyda kiyiladigan, ishlik va kochalik ðoyabzal boladi. Tik turib ish bajaradigan odamlarga ðoshnasi 3 sm li tufli yoki botinka kiyish tavsiya qilinadi. Avval oyoqqa ðayðoq, keyin ðoyabzal kiygan maqul. Payðoq havoni yaxshi otkazadigan va terni tez shimadigan matodan toqilgan bolishi lozim. Jun ðayðoq qishda oyoqni issiq tutadi va shamollashdan asraydi. Oyogi terlaydigan kishilar faqat tabiiy matodan toqilgan ðayðoq kiyishlari lozim. Oyoqni qisib turadigan rezina bogichlar qon aylanishini buzadi va turli kasalliklar, oyoq venalarining varikoz kengayishiga sabab boladi. 12 M.A. Azizov 22-rasm. Poshna balandligiga qarab ogirlikning panjaga va tovonga tushishi: A tana ogirligining oyoqning tovon va ich qisimlariga tushish holati; B poyabzal togri tanlangan; D poyabzal notogri tanlangan. 178 Ichki kiyimlar. Ich kiyimlarni haftada bir marta almashtirib turish kerak. Tekshiruvlardan malum bolishicha, ich kiyimda 6 kundan keyin 45 %, 10 kunda esa 11 % gacha kir yigilar ekan. Ið gazlamadan toqilgan ich kiyim qaynatib yuvilganda bir yola ham kirdan, ham mikroblardan tozalanadi. Korða va yostiq jildlar, choyshabning ið gazlamalardan tikilgani maqul. Bularni kraxmallash (ohorlash) tavsiya etil- maydi. Ohorlangan matolar ozidan havoni kam otkazishi bilan birga namlikni shimmaydi. Korða, yostiq jild va choyshablarni har 710 kunda tozasiga almashtirib turish shart. 7.5-§. SANITARIYA MAORIFINING NAZARIY ASOSLARI Resðublikamiz sanitariya maorifi kasalliklarning oldini olish, salomatlikni mustahkamlash va muhofaza qilish, yuksak ish qobiliyati, faol uzoq umr korishni taminlash va soglom avlodni tarbiyalab yetishtirish maqsadida aholining sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirishga qaratilgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlar tizimidan iborat. Har bir tibbiy xodimning eng muhim kasbiy burchi aholini sanitariya-gigiyena jihatdan tarbiyalash, zararli odatlar (kashandalik, alkogolizm, giyohvandlik, koð ovqat yeyish)ga qarshi kurashish, salomatlikni mustahkamlashda fizkul- tura va sðortning rolini targib qilish, shuningdek, soglom- lashtirish tadbirlarini otkazishdir. Tibbiyot xodimlarining vazifasi aholi ortasida soglom tur- mush tarzining mazmunini ochib berish: kasalliklarning oldini olish, salomatlikni muhofaza qilish, ularda soglom turmush kechirishga xohish uygota bilish va uni shakllantirishga komak- lashishdan iborat. Birlamchi ðrofilaktikaning yetakchi element- larini axloq va soglom turmush tarzi konikmalarini mus- tahkamlash va rivojlantirish, aholini (uning yoshi, jinsi va ijtimoiy guruhlari) gigiyenik jihatdan tarbiyalash tizimining asosini tashkil etadi. Sanitariya maorifining maqsadi aholining sanitariya madaniyatini oshirish, sogligini mustahkamlashda muhim zamin bolgan gigiyenaga oid bilimlarni egallash va yuksak saviyali, madaniy axloqni shakllantirish, mehnat qobiliyatini oshirish va uzoq umr korishni taminlashdan iborat. Ijtimoiy ongni tarbiyalashda garmonik rivojlangan insonni shakllantirishda sanitariya maorifining roli katta. Sanitariya 179 maorifi kasallanishni kamaytiradigan, dardni yengillashtiradigan omillardan biridir, chunki sanitariya jihatidan savodli kishilargina kasallikka chalinganda ozlarini qanday tutishni, qanday chora korishni yaxshi biladilar. Oliy va orta tibbiyot hamda ðedagogika oquv yurtlarining oquv dasturlarida sanitariya-gigiyena tarbiyasi va soglom tur- mush tarzini shakllantirish masalalariga katta etibor berilgan. Sanitariya-gigiyena konikmalarini shakllantirish onalar, oila, maktabgacha, maktab yoshidagi bolalarni, aholining kelajak yosh guruhlarini tarbiyalashni oz ichiga oladi. Sanitariya maorifining jamiyatimizda tutgan orni juda muhim. U sogliqni saqlashning bir bolimi, shifokorlarning muhim ish uslubi, tibbiyot fani va targibot ishining bir sohasi, madaniy-tarbiyaviy ishlar va xalq maorifining bir bolimi hamdir. Shuning uchun sanitariya maori- fining yetakchi ðrinsiði davlat ahamiyatiga egaligidir (sanitariya maorifi davlat organlari va sogliqni saqlash muassasalari tomoni- Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling