Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Download 483.39 Kb.
bet12/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N eritmasini tayyorlash.
Xlorid kislota dastlabki moddalarga qo'yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning uchun odatda uning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib, uning titri buraning standart eritmasi yordamida aniqlanadi. Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N eritmasini tayyorlash uchun laboratoriyada mavjud bo'lgan konsentrlangan kislotaning molyar konsentratsiyasini uning zichligi (ρ) bo'yicha ma'lumotnomadan (Ю.Ю.Лурье Cnpaвочник по аналитической химии. - M.: Xимия, 1979) topamiz va tayyorlanishi mo'ljallangan hajmli (Vk) eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan kislotaning hajmi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Agar ma'lumotnomadan konsentrlangan kislotaning massa ulushi (co) olingan bo'lsa, uni normal konsentratsiyaga aylantirish uchun


NHCl=10.ρ.ω/36,455
ormuladan foydalaniladi. Masalan, 250 ml 0,1 N eritma tayyorlanishi kerak bo'lsa, zichligi 1,19 g/sm3 bo'lgan 38 % li HCI eritmasining normalligi:

bo'ladi va undan

olib, 250 ml hajmli kolbada eritib, eritma hajmini distillangan suv bilan kolbaning belgisigacha yetkazish kerak.
Buraning 0,1000 N birlamchi standart eritmasini tayyorlash.
Buraning (Na2B4O7 .10H2O) molyar massasi 381,37 g/mol ga teng.
Bura HCI bilan quyidagi tenglamaga muvofiq reaksiyaga kirishadi:

Shuning uchun bura ekvivalentining molyar massasi uning molekulyar massasining yarmiga teng:

250 ml 0,1 N bura eritmasini tayyorlashda 4,7671 g bura olish kerak bo'ladi.


Buraning standart eritmasini tayyorlash tartibi.
Qayta kristallanib, namligi quritilgan buradan byuks yoki tigelga 4,8 g atrofida solib, awal texnik tarozida 0,10 g aniqlikda, so'ngra analitik tarozida 0,0001 g aniqlikda tortib olinadi. 250 ml hajmli o'lchov kolbasiga voronka o'rnatib, unga byuksdagi tuz solinadi va byuksda qolgan tuz qoldiqlari (yuqi) bilan yana analitik tarozida tortiladi. Kolbaning 2/3 qismigacha iliq suv solib, tuz to'la eritiladi, so'ngra uy temperaturasigacha sovitilib, yana belgisigacha suv solinadi. Hosil bo'lgan eritma yaxsilab aralashtiriladi.
Tortish natijalari:
Byuksning tuz bilan massasi, g.
Byuksning tuz qoldiqlari (yuqi) bilan massasi, g.
Kolbaga tushgan buraning massasi, g.
Tayyorlangan eritmaning normalligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Bu yerda, a - buraning tortib olingan massasi, g.



Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling