Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari
Download 483.39 Kb.
|
Miqdoriy analiz Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: K.f.n., dotsent Abdullayev Sh.H. Kafedra mudiri: K.f.d., professor Asqarov I.R.
- 3-Laboratoriya mashg’uloti. Atsidimеtriya. Xlorid kislotaningning standart eritmasini tayyorlash. Texnik natriy gidroksid tarkibidagi ishqor va sodaning massa ulushini aniqlash.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi Z.M.Bobur nomidagi Andijon Davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz METODLARI BO’YICHA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI (5440400 - Kimyo yo’nalishi uchun o’quv-metodik qo’llanma) Tuzuvchi: K.f.n., dotsent Abdullayev Sh.H. Kafedra mudiri: K.f.d., professor Asqarov I.R. Andijon-2014 Ushbu metodik qo’llanma ”Umumiy kimyo” kafedrasining 2014 yil 29 avgustdagi yig’ilishida muhokama etilib Andijon Davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti ilmiy kengashining 2014 yil 30 avgustdagi 1-son majlisi qaroriga binoan kimyo, biologiya va ekologiya yo’nalishlari talabalariga analitik kimyo laboratoriya mashg’ulotlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan. Taqrizchi: K.f.n., dotsent Isayev Yu.T., Katta o'qituvchi To’lakov N. Андижон Давлат университети 2014 йил MUNDARIJA
KIRISH Miqdoriy analiz modda tarkibidagi ayrim element, atomlar guruhi: ionlar, funksional guruhlar va hokazolarning miqdorlarini aniqlashga moijallangan analiz usulidir. Miqdoriy analiz ham sifat analiz singari kimyoviy, fizikaviy, flzik-kimyoviy va biologik analiz usullari yordamida moddalarni o'rganadi. Mazkur qo’llanmada miqdoriy analizning kimyoviy usullariga doir laboratoriya ishlari keltirilgan.. Kimyoviy usullar gravimetrik, titrimetrik va volyumometrik usullarga bo'linadi. Gravimetrik analiz tekshiriladigan va hosil bo'ladigan moddalarning massalarini aniq o'lchashga asoslangan. Gravimetriya cho'ktirish, haydash va ajratish usullariga bo'linadi. Titrimetrik analizda titri aniq bo'lgan eritmalardan foydalanib, titri noma'lum eritmalarning titrlari aniqlanadi. Titrlash usullari qo'llaniladigan reaksiyalar (protolitometriya, oksredmetriya, kompleksimetriya va cho'ktirish usullari), titrlash amalini bajarish (bevosita, bilvosita, teskari va reversiv) va titrlash uchun namuna olish (pipetkalash va ayrim namunalar) bo'yicha bo'linadi. Mazkur qo’llanmada 5440400 – kimyo yo’nalishi o’quv rejasidagi miqdoriy analiz usullari bo'yicha bajariladigan 13 ta laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun nazariy ma’lumotlar, amaliy yo’riqnomalar, uslubiy tavsiyanoma va ko’rsatmalar bayon qilingan. Download 483.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling