Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


O'lchov kolbasini darajalash natijalarini hisoblash


Download 483.39 Kb.
bet7/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

O'lchov kolbasini darajalash natijalarini hisoblash:

  1. Kolbadagi suvning massasi, g. Suvning temperaturasi, °C.

  1. O'lchangan temperaturada aniq hajmli kolbadagi suvning massasi, g. (Maiumotnomadan olinadi).

  2. Suvning tajribada o'lchangan massasi va ma'lumotnomadan olingan suv zichligi asosida hisoblangan massalarining farqi, g.

Pipetkaning haqiqiy sig'imini tekshirish. Kichik kolba (50 yoki 100 ml hajmli) analitik tarozida 0,001 g aniqlikda tortiladi. Boshqa idishdan pipetka bilan distillangan suv olinadi. Suv sathi pipetka belgisidan yuqorida bo'lishi kerak, pipetkaning pastki qismi filtr qog'oz bilan quritilib, undan so'ng belgisiga keltiriladi va analitik tarozida tortilgan bo'sh kolbaga quyiladi. Kolbaning bo'g'zi tiqin bilan berkitilib, yana analitik tarozida 0,001 g aniqlikda tortiladi. Suvning massasi massalar farqidan topiladi. Tajriba bir necha marta takrorlanadi va o'rtachasi olinadi. Natijalar orasidagi farq 0,005 g dan ortiq bo'lmasligi kerak. Pipetkaning sig'imi xuddi o'lchov kolbasining sig'imini oichashdagi kabi hisoblanadi.
Tortish natijalari:
Kolbaning suv bilan massasi, g. Bo'sh kolbaning massasi, g.
Suvning massasi, g. Suvning ortiqcha massasi, g. Suvning temperaturasi, "C.
Hajmi aniq pipetkadan quyilgan suvning massasi, g.
Hajmi aniqlanayotgan pipetkadan quyilgan suvning haqiqiy hajmi, ml.
Alikvot ko'paytuvchi kolba hajmining pipetka hajmiga nisbati, ml.
Kolba bilan ishlaganda bo'g'zining yuqori qismidan ushlash kerak. Kolbaning pastki qismlaridan ushlaganda uning sig'imi va o'lchanayotgan suyuqlikning hajmi ortadi. Kolbani suv yoki eritma bilan to'ldirishdan avval stolning yorug' va tekis joyiga qo'yish kerak. Agar kolbada modda eritilmoqchi bo'lsa, modda kolbaga joylangandan so'ng uning 2/3 qismigacha erituvchi solinishi mumkin. Modda va erituvchi solingan kolba sekin chayqatilib, undagi modda eritiladi. Ayrim hollarda yomon eriydigan moddalarni eritish uchun qizdirishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda eritiladigan modda boshqa issiqlikka chidamli idishda eritilib, sovitilgandan keyin o'lchov kolbasiga o'tkaziladi. Shundan so'ng kolbadagi eritma erituvchining yangi ulushi bilan suyultiriladi, oxirgi 1-2 ml erituvchi tomchilab qo'shiladi. Bunda ko'z va kolba chizig'i bir tekislikda bo'lishi kerak. Kolba chizig'i va suyuqlik meniskining pastki qismi (rangli eritmalar uchun yuqorigi qismi) to'g'ri kelishi kerak. Kolbaning bo'g'zida qolgan erituvchi tomchilari o'ralgan filtr qog'ozi yordamida olib tashlanadi. So'ngra kolbaning qopqog'ini yopib, yaxshilab aralashtiriladi. O'lchov kolbalarini qizdirish, ularda eritmalarni uzoq muddat saqlash va qiyin eriydigan moddalar eritmalarini ularga quyish va saqlash qat'iyan man qilinadi. Ishlatishdan oldin kolba tozalanishi kerak. Kolba va boshqa idishlarni tozalash uchun xromli aralashma {to'yingan kaliy dixromatning sovuq eritmasi va konsentrlangan sulfat kislotani teng hajmlarda aralashtirib tayyorlanadi. Xromli aralashma teri yoki kiyimga tushsa kuydiradi, shuning uchun и bilan ehtiyot bo 'lib ishlash, qoldiqlarini yana о 'z idishiga solib qo 'yish kerak) ishlatiladi. Ayrim hollarda tozalashning boshqa usullaridan foydalaniladi. Yuvilgan idishdagi suv to'kilganda, idish devorlarida tomchi qolmasa, u toza hisoblanadi.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling