Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Pipetkaning sig'imini tekshirish tartibi


Download 483.39 Kb.
bet8/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

Pipetkaning sig'imini tekshirish tartibi. O'lchov pipetkalari 5,10, 15, 20 25, 50 va 100 ml sig'imli bo'lib, ularda hajm va uni oichash temperaturasi (odatda 20 °C) ko'rsatilgan bo'ladi. Bulardan tashqari darajalangan 1,2, 5,10 ml sig'imli pipetkalar ham keng qo'llaniladi. Pipetkaning haqiqiy hajmi ham unda ko'rsatilgandan farq qilishi mumkin. Shuning uchun uning sig'imi tekshiriladi.
Pipetkalar bilan ishlash qoidalari. Pipetkalarning o'rta kengaygan qismiga tegmaslik kerak, chunki uning qo'l issig'i bilan kengayishi natijasida o'lchanadigan suyuqlikning hajmi noto'g'ri bo'ladi. Ish vaqtida pipetkaning yuqorigi qismiga so'rg'ich ulangan shlang kiydirilib, pipetkaning shu qismidan katta va o'rta barmoqlar bilan ushlash kerak. So'rg'ich kaftda ushlanadi, ko'rsatkich barmoq pipetkaga suyuqlik so'rilgandan keyin unga kiydirilgan shlangni qisib berkitish uchun ishlatiladi. Chap qo'l bilan suyuqlik olinadigan idish ushlanib, unga pipetka tushiriladi. Pipetkani suyuqlikka botirishdan oldin so'rg'ich qisilgan bo'lishi kerak. Suyuqlikni pipetkaga tortish uchun kaftdagi qisilgan so'rg'ich sekin qo'yib yuboriladi. Bunda pipetkaga suyuqlik so'riladi. Suyuqlikning sathi pipetkaning chizig'idan sal yuqoriroq ko'tarilganda ko'rsatkich barmoq bilan pipetkaga kiydirilgan rezina shlang pipetkaning og'ziga qisiladi. Bu suyuqlikning pipetkadan oqib tushishiga yo'l qo'ymaydi. Pipetkaning chizig'idan yuqoridagi ortiqchasini ko'rsatkich barmoq bilan qisilgan rezinani sekin bo'shatib to'kiladi. Pipetkaning chizig'i bilan suyuqlik meniskmmg pastki qismi tenglashgach (bunda pipetka chizig'i bilan ko'z bir xil balandlikda bo'lishi kerak), rezina yana qattiq qisiladi va pipetka titrlash kolbasiga o'tkaziladi. Pipetkadagi suyuqlikni titrlash kolbasiga quyish uni vertikal ushlagan holda sekin bajarilishi kerak, aks holda suyuqlikning bir qismi pipetka devorlarida qolib ketadi. Pipetkaning uchida qolgan suyuqlikni titrlash kolbasiga to'liq o'tkazish uchun uning uchini titrlash kolbasining devoriga tegizish kerak. Pipetkani to'ldirish va bo'shatishning boshqa usullarini ham qo'llash mumkin, biroq ish vaqtida faqat bir usulnigina qo'llash kerak. Suyuqlikni pipetkaga bosim ostida ham o'tkazish mumkin. Buning uchun konussimon kolba yo'g'onroq to'g'ri va ingichka naylar kiydirilgan tiqin bilan berkitiladi.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling