Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Oksalat kislotaning 0,1 N birlamchi standart eritmasini tayyorlash


Download 483.39 Kb.
bet17/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

Oksalat kislotaning 0,1 N birlamchi standart eritmasini tayyorlash. Oksalat kislota (H2C2O4.2H2O) ekvivalentining molyar massasi uning molyar massasining yarmiga (63,04 g) teng. 250 ml 0,1 N li eritma tayyorlash uchun 1,5758 g modda tortib olinadi.
Oksalat kislota eritmasini tayyorlash tartibi. Toza, quruq byuks yoki tigelda oldin texnik tarozida -1,60 g, so'ngra analitik tarozida aniq 0,0001 g aniqlik bilan oksalat kislota tortib olinadi. 250 ml li o'lchov kolbasiga toza voronka qo'yib, unga byuksdagi modda solinadi. Byuks oksalat kislota yuqi bilan yana analitik tarozida tortiladi. Kolbaning yarmigacha suv solib, oksalat kislota to'la eritiladi, so'ngra kolbaning belgisigacha suv solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
Tortish natijalari:
Byuksning oksalat bilan massasi, g.
Byuksning oksalat kislota yuqi bilan massasi, g.
Kolbaga solingan oksalat kislota massasi (a), g.
Oksalat kislotaning normalligi quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:



Taxminiy 0,1 N NaOH eritmasini oksalat kislotaning birlamchi standart eritmasi bo'yicha standartlash. Byuretka ishqorning tayyorlangan eritmasi bilan, Мог pipetkasida tayyorlangan oksalat kislota eritmasi bilan 2-3 martadan chayib tashlanadi. So'ngra shu pipetka yordamida konussimon kolbaga oksalat kislota eritmasidan alikvot qism (20-25 ml) solinib, uning ustiga fenolftalein eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi. Konussimon kolbadagi oksalat kislotaning standart eritmasi byuretkadagi NaOH eritmasi bilan kolbani uzluksiz aralashtirib turgan holda, 30 sek mobaynida yo'qolmaydigan och qizg'ish rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Qayta titrlashlarda qo'shilayotgan NaOH eritmasi indikator rangi o'zgarishiga 0,5 ml chamasi qolganda asta-sekin tomchilatib qo'shiladi. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi.
NaOH eritmasining normalligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling