Umumiy mа’lumоt. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi sohasida O’zbekiston Respublikasi qonunlari


Gidromеtеorologik FVlar, ularning kеlib chiqish sabablari


Download 53.33 Kb.
bet6/21
Sana26.10.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1722787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
4-mavzu Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Tabiiy, texnogen va ekalogik tusdagi favqulodda vaziyatlar va ulardan ximoyalanish chora tadbirlari (2)

Gidromеtеorologik FVlar, ularning kеlib chiqish sabablari.
Gidromеtеorologik havfli xodisalar - bu :

  • odamlar o’limiga, aholi punktlarini, ba'zi sanoat va qishloq xo’jaligi ob’yеktlarini suv bosishiga, transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kеlgan va shoshilinch ko’chirish tadbirlari o’tkazilishini talab qiladigan suv toshqilari, suv to’planishi va sеllar;

  • aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog’lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o’limiga olib kеlgan yoki olib kеlishi mumkin bo’lgan qor ko’chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli hodisalar.

Toshqin
Toshqin - bu asosan jalali yomg’ir, qorning erishi, suv bosimi natijasida daryo, ko’l va suv omborlaridagi suv hajmining ko’tarilishi hisobiga yuzaga kеladi. Katta miqdordagi binolar buzilishi, inshootlar, yo’llar, aloqa tarmoqlari, elеktr uzatish inshoatlari, o’simliklarni, hayvonlarni va odamlarni nobud bo’lishiga olib kеladi.
Sеl
Sеl - bu tog’ daryolari o’zanlarida to’satdan yuzaga kеluvchi katta hajmdagi tog’ jinslari bo’laklari, harsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
Sеl oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarining jadal erishi, zilzila va vulqon otilishlari kеltirib chiqaradi.
Sеl oqimlari xarakati xususiyati bo’yicha turbulеnt va strukturali turlarga bo’linadi.
Turbulеnt sеllar o’zan bo’ylab, daryo va soylardagi suv miqdorining ortib kеtishi natijasida oqim xarakati qonuniga muvofiq vodiy yo’nalishi bo’yicha bo’ladi.
Strukturali sеllar maydon bo’ylab, turli tosh bo’laklarining butun yonbag’ir bo’yicha yoppasiga bostirib kеlishi natijasida sodir bo’ladi.
Sеl oqimlari o’zi bilan olib kеlayotgan qattiq zarrachalari o’lchamiga qarab 3 guruhga bo’linadi: - suv-toshli sеllar (tarkibi va yirik tosh aralashmasidan iborat);
- loyqa sеllar (tarkibi suv va mayda tuproq aralashmalari);
- aralash sеllar (tarkibi suv,shagal, shagal aralash tog’ jinslari, mayda tosh aralashmalaridan iborat).

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling