Umumiy ma'lumotlar. Kommutatsiya qonunlari va boshlang'ich shartlar
Kommutatsiya qonunlari va boshlang'ich shartlar
Download 103.67 Kb.
|
4 (3)
Kommutatsiya qonunlari va boshlang'ich shartlar
Yuqorida bayon etilgan elektr yoki magnit maydonining energiyasi o'z qiymatini sakrab o'zgartira olmasligi to'g'risidagi mulohazalar induktivlikdagi ilashish oqimining va sig'imdagi elektr zaryadning uzluksizlik prinsipini ifodalaydi va kommutatsiya qonunlari deb ataladi. Ilashish magnit oqimining sakrab o'zgara olmasligi tenglik bajarilmasligidan kelib chiqadi, chunki aks holda induktivlikda cheksiz katta kuchlanish paydo bo'lishi lozim edi, bu esa fizik ma'noga ega emas. Bu prinsip asosida kommutatsiyaning birinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadi: Tarkibida induktiv g'altak bo'lgan har qanday shoxobchada tok va magnit oqimi kommutatsiya paytida undan bevosita oldingi qiymatlarini saqlaydi va kommutatsiyadan keyin ana shu qiymatlaridan boshlab o'zgaradi yoki boshqacha aytganda induktivlikdagi tok va magnit oqimi o'z qiymatini sakrab o'zgartira olmaydi. Bu qonun matematik jihatdan quyidagicha yoziladi: bu yerda - mos ravishda induktivlikdagi tok va magnit oqimining kommutatsiyadan oldingi va kommutatsiya paytidagi qiymatlari. Xuddi shu kabi elektr zaryadining sakrab o'zgara olmasligi tenglik bajarilmasligidan kelib chiqadi, chunki aks holda kondensatordan cheksiz katta tok o'tishi lozim edi, bu esa fizik ma'noga ega emas. Bu prinsipdan kommutatsiyaning quyidagi ikkinchi qonuni kelib chiqadi: Kondensatorli har qanday shoxobchada kuchlanish va zaryad kommutatsiya paytida undan bevosita oldingi qiymatlarini saqlaydi va kommutatsiyadan keyin ana shu qiymatlaridan boshlab o'zgaradi yoki boshqacha aytganda sig'imdagi kuchlanish va zaryad kommutatsiya paytida o'z qiymatini sakrab o'zgartira olmaydi: bu yerda - kondensatordagi kuchlanish va zaryadning mos ravishda kommutatsiyadan avvalgi va kommutatsiya paytidagi qiymatlari. Shuning bilan birga qayd etib o'tish lozimki, ideal parametrli zanjirlarda qarshilik va sig'imdagi toklar, qarshilik va induktivlikdagi kuchlanishlar qiymatlari sakrab o'zgarishi mumkin. Download 103.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling