Umumiy ma'lumotlar. Kommutatsiya qonunlari va boshlang'ich shartlar


O'tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining xususiyatlari


Download 103.67 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi103.67 Kb.
#1488678
1   2   3
Bog'liq
4 (3)

O'tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining xususiyatlari
Elektr zanjirlardagi o'tkinchi jarayonlarni hisoblash uchun klassik, operator, chastotaviy va Dyuamel integrali usullaridan foydalaniladi.
Klassik usulning mohiyati - tok va kuchlanishlarning oniy qiymatlari uchun Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlari asosida tuzilgan differensial tenglamalarni yechishdan iborat. Masalani yechish xarakteristik tenglamalar ildizlarini, o'tkinchi jarayon erkin va turg'un tashkil etuvchilarini, integrallash doimiylarini va nihoyat o'tkinchi tok va kuchlanishlarni aniqlashdan iborat. Klassik usulning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, yechimda real vaqtdagi real kattaliklardan foydalaniladi. Hisoblash natijalari odatda grafiklar bilan tasvirlanadi, lekin bu hisoblashlar murakkab va mashaqqatli bo'lganligi sababli ko'pincha hisoblash texnikasini qo'llashni talab etadi.
Operator usulida original deb nomlanadigan vaqtning real funksiyasi uning kompleks tekislikdagi tasviri bilan almashtiriladi. Bunday almashtirish Laplasning to'g'ri o'zgartirish funksiyasi yordamida matematik yo'l bilan bajariladi. Bunda tasvir vaqt funksiyasi emas, kompleks o'zgaruvchi funksiya bo'ladi.
Uni grafik usulda tasvirlab bo'lmaydi. Lekin klassik usulga nisbatan bo'lgan bu kamchilik vaqt bo'yicha differensiallash va integrallash operatsiyalarini ko'paytirish va bo'lish kabi algebraik operatsiyalar bilan almashtirish afzalligi bilan kompensatsiyalanadi. Algebraik tenglamalar sistemasini yechish natijasida izlanayotgan funksiyaning tasviri topiladi va uning originaliga o'tiladi. Bu afzalliklari sababli operator usul muhandislik amaliyotida keng qo'llanadi.
Chastotaviy usul operator usulga juda o'xshash. Farqi shundaki, taqribiy hisoblashlarda zanjirning kirish qarshiliklari yoki o'tkazuvchanliklarining eksperimental xarakteristikalaridan foydalanish mumkin. Bu usul chiziqli avtomatik rostlash sistemalarining analizi va sintezida, xususan, sistemadagi o'tkinchi jarayonlar sifatini baholashda keng foydalaniladi.
Dyuamel integrali usuli passiv ikkiqutblikning kirish qismlariga berilayotgan kuchlanish vaqtga nisbatan murakkab qonun bilan o'zgarayotganda qo'llaniladi. Bundan tashqari, o'zgaruvchan holat usuli, avtomatikada keng qo'llanadigan trapesiya ko'rinishidagi chastotaviy xarakteristika usuli va boshqa usullar mavjud.
Download 103.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling