Umumiy ma'lumotlar. Kommutatsiya qonunlari va boshlang'ich shartlar


Download 103.67 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi103.67 Kb.
#1488678
  1   2   3
Bog'liq
4 (3)


Chiziqli elektr zanjirlarda o’tkinchi jarayonlar O’tkinchi jarayon masalasini o’zgarmas koeffistientli chiziqli differenstial tenglamalar echimiga keltirish.
4 – m a’ r u z a
  • Umumiy ma'lumotlar.
  • Kommutatsiya qonunlari va boshlang'ich shartlar.
  • O'tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining xususiyatlari

Reja:
Avvalgi bo'limlarda yig'iq parametrli chiziqli elektr zanjirlarida turg'un, ya'ni kuchlanishi va toki o'zgarmas (o'zgarmas tok zanjirlari) yoki sinusoidal tok va kuchlanishli (sinusoidal tok zanjirlari) jarayonlar o'rganilgan edi.
Misol uchun o'zgarmas kuchlanish manbaiga ketma-ket rezistor va induktiv g'altak ulangan bo'lsin (1 a-rasm).
1-rasm
a)
b)
Nazariy jihatdan bunday zanjirda tok cheksiz katta vaqt davomida - amalda esa cheklangan vaqtda turg'un qiymatga ega bo'ladi (1 b-rasm). Agar zanjirdagi tok turg'un qiymatga ega bo'lganidan so'ng kuchlanish o'zgartirilsa, u holda tok mos ravishda yana o'zgaradi. Bir turg'un rejimdan boshqa turg'un rejimga o'tish ma'lum vaqt davomida sodir bo'ladi.
Umumiy ma'lumotlar
Elektr zanjirlarida bir holatdan ikkinchi holatga o'tishda paydo bo'ladigan elektromagnit jarayon o'tkinchi jarayon deb ataladi. O'tkinchi jarayon tugashi bilan elektr zanjiri holati oldingi holatidan, masalan, sxemaga ta'sir etuvchi EYuK, sxema parametrlarining qiymati, kuchlanish yoki tok amplitudasi, fazasi, shakli yoki chastotasi o'zgarishi bilan farq qiladi. Elektr zanjirlarida o'tkinchi jarayonlar kommutatsiya natijasida sodir bo'ladi. Kommutatsiya - bu elektr zanjirida ulash (2 a-rasm) yoki uzish (2 b-rasm) jarayonidir.
Kommutatsiya oniy vaqt davomida sodir bo'ladi.
2-rasm
a)
b)
Fizik jihatdan o'tkinchi jarayon zanjirning kommutatsiyagacha bo'lgan energetik holatidan kommutatsiyadan keyingi energetik holatiga o'tishdir. Agar zanjirda energiya yig'uvchi elementlar, ya'ni induktiv g'altak va kondensator bo'lsa, o'tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom etadi.
Zanjirning har bir ishchi holatiga uning elektr va magnit maydonlarida ma'lum energiya zahirasi mos keladi. Zanjirning bir holat(rejim)dan ikkinchi holat(rejim)ga o'tishi zanjirda to'plangan energiyalarning o'zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib keladi.
Zanjir induktiv g'altagida to'plangan magnit maydon energiyasi va
kondensatorda to'plangan elektr maydon energiyasi o'z
qiymatlarini sakrab o'zgartira olmaydi, chunki bunday
o'zgartirish uchun manbadan cheksiz katta quvvat iste'mol qilish talab qilinar edi. Bu esa fizika nuqtai nazaridan mumkin emas. Shuning uchun ham induktiv elementga ega bo'lgan shoxobcha uzilganida uzilish joyida elektr yoyi hosil bo'ladi va unda magnit maydoni energiyasi sarf bo'ladi. Xuddi shunga o'xshash zaryadlangan kondensator qismalari o'zaro qisqa tutashsa, shu joyda elektr yoyi hosil bo'ladi va unda ham kondensator elektr maydonida to'plangan energiya sarf bo'ladi. Amalda o'tkinchi jarayon vaqti elektrotexnik zanjirlarda soniyalar ulushini tashkil etsa, nazariy jihatdan o'tkinchi jarayon vaqti gacha davom etadi.

Download 103.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling