Umumiy ma'lumotlar sanitariya-epidemiologiya xizmati
Download 16.29 Kb.
|
UMUMIY MA
UMUMIY MA'LUMOTLAR Sanitariya-epidemiologiya xizmati (OʻzR da) — davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratiii amalga oshiradigan, sanitariyaprofilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish bilan shugʻullanadigan davlat muassasalari tizimi. Oʻzbekistonda sogʻliqni saklash vazirligining davlat sanitariyaepidemiologiya nazorati departamentidan, xududiy sanitariyaepidemiologiya styalaridan, ayrim soha vazirliklari karamovdsagi sanitariyaepidemiologiya xizmatidan tashkil topgan. Xizmatni davlat bosh sanitariya vrachi — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saklash vazirining oʻrinbosari boshkaradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmatix.ni boshqaruvchi shaxslar epidemiyaga qarshi sanitariya tadbirlarini oʻtkazilishini talab qilish, bajarilishi lozim boʻlgan barcha gigiyenik masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish, isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan ozik,ovqat mahsulotlarini yoʻqotish haqida qaror chiqarish va boshqa huquklarga ega. Shuningdek, ular yuqumli kasallik bilan ogʻrigan kishilarni kasalxonaga yotqizishni, dezinfeksiya oʻtkazilishini taʼminlaydi, zarur hollarda karantin eʼlon qiladi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari aholini immunlash masalalari bilan ham shugʻullanadi (yana qarang Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi).[1] O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas'uliyatini belgilaydi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari, shuningdek, uning tarkibiga kiradigan tegishli idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga egalik qilish huquqiga ega. Download 16.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling